16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Siyosat 👁 243

Beshtom mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi va sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Beshtom mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi va sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

11-may kuni Beshtom mahalla fuqarolar yigʻini binosida tuman hokimining sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov hamda mahalla faollari, yoshlar vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 18 nafari tuman hokimiga biriktirilgan yoshlar boʻlib, sayyor qabulda ular oʻz muammo va takliflari bilan masʼullarga murojaat qildilar.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok etishayotganini, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yoʻlida oʻz gʻoya va takliflari bilan maydonga chiqayotganligini, shu boisdan yoshlarning intilishlari va hayotiy maqsadlari har qanday soha rivojida katta asos boʻlib xizmat qilishini aytib oʻtdi.

Darhaqiqat, yoshlar muammolarini oʻrganish har bir davrning eng muhim masalasi sifatida qaralib kelingan va bu jarayon bugun oʻzining yangi rivojlanish davrini boshidan oʻtkazmoqda.

Ayniqsa, yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini taʼminlash borasida soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan qator amaliy choralar olib borilmoqda. Ammo, bu borada talay muammolar ham borki, ularni hal etish boʻyicha masʼul idora vakillarining jonbozligi va vatanparvarligi bugun har qachongidanda muhimdir.

Uchrashuv davomida mahallada yashovchi yoshlardan biri – Maʼmurjon Matrizayev subsidiya asosida chilangarlik asbob-uskunalarini olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Uning murojaati shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi. Faol yoshlardan yana biri Temur Shomuradov esa safarbarlik chaqiruv rezerviga borish istagi borligini, ammo oilaviy sharoiti tufayli badal pullarini toʻlashga imkoni boʻlmayotganligini aytib murojaat qildi. Uning murojaati ham shu yerning oʻzida oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etiladigan boʻldi.

Undan tashqari, uchrashuvda mahalla hududida istiqomat qiluvchi faol fuqarolar mahalla infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha oʻz takliflarini bildirib oʻtishdi.

Taʼkidlash lozimki, jamiyatimizning eng muhim boʻgʻini hisoblanadigan mahalla bugun hayotimizga daxldor barcha masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etuvchi, xalq va davlatni bir-biriga yaqinlashtirib, ular oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim tuzilmaga aylanib bormoqda.

Aniqroq aytganda, davlatimizning barqaror rivojlanishi, xalq farovonligining oshishi, fuqarolarimizning oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan yashashlarini taʼminlash boʻyicha qoʻyilgan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.

Shu maʼnoda, bugun mahallalarda yuzaga kelayotgan muammolarni shu yerning oʻzida, mahalla ichida ijobiy hal etish har qachongidanda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada esa masʼullarning joylarga chiqib, aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazayotgani davlat va xalq oʻrtasida vosita boʻlmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019