16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:41
Fan va taʼlim 👁 277

NUKUS ShAHRIDAGI IXTISOSLAShTIRILGAN SANʼAT MAKTAB-INTERNATINING KOʻRGAZMALI TADBIRI OʻTKAZILDI

NUKUS ShAHRIDAGI IXTISOSLAShTIRILGAN SANʼAT MAKTAB-INTERNATINING KOʻRGAZMALI TADBIRI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati tomonidan oʻquvchilarni oʻqishga jalb etishga qaratilgan koʻrgazmali tadbir oʻtkazildi.

12-may kuni boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda mazkur maktab-internat oʻqituvchilari Bayram Nurimbetov, Bahodir Turkmenboyevlar, tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabovalar ishtirok etishdi. Shuningdek, tumandagi umutaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ham tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida maktab-internat oʻqituvchilari oʻquv maskanida kelasi oʻquv yilida tashkil etiladigan yoʻnalishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdi. Taʼlim dargohida koʻp asrlik tarixga ega xalqimizning milliy qadriyatlari, sanʼatini davom ettirish va yangilash, shuningdek, iqtidorlarini yuzaga chiqarishlariga imkoniyat va sharoitlar yaratilganini aytib oʻtishdi.

Taʼkidlanganidek, mazkur maktab-internatda taʼlim olib kelayotgan oʻquvchi-yoshlar Respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilib kelinayotgan turli tanlovlarda faol qatnashib kelmoqda va oʻz iqtidorlarini namoyish etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelishmoqda.

Oʻtgan yili iqtidorli yoshlar koʻrik-tanlovida maktab-internat oʻquvchisi Rayhon Navroʻzboyeva gʻolib boʻldi va oliy oʻquv yurtiga kirish imtiyozini beruvchi sertifikatga ega boʻldi. Ikki nafar oʻquvchi esa chet tili fanidan V2 darajali sertifikatni olishga muyassar boʻlishdi.

Joriy yilda oʻtkazilgan anʼanaviy xalqaro rassomlik va sanʼat festivalida maktab-internat oʻquvchilari 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallab, oltin, kumush, bronza medallar va 100 nafardan ziyod oʻquvchi diplom hamda sertifikatlarga ega boʻlishdi.

Maktab-internatda olis hududlar va tumanlardan keladigan bolalar uchun yotoqxona, 4 mahal ovqat berilishini, shuningdek oʻquv xonalarida ham zamonaviy axborot-texnologiyalarida mashgʻulotlar oʻtish uchun sharoitlar yaratilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Maktab-internatda rangtasvir, liboslar dizayneri, interer dizayneri, kulolchilik, gilam toʻquvchisi, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi ustasi kabi yoʻnalishlarda oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilgani va maktabni tugatgan 11-sinf oʻquvchilariga tugatgan yoʻnalishlari boʻyicha davlat namunasidagi oʻrta-maxsus maʼlumotli mutaxassislik diplomi berilishini ham aytib oʻtildi.

Tadbirda maktab-internat oʻqituvchilari Bayram Nurimbetov, Bahodir Turkmenboyevlar tasviriy sanʼat boʻyicha mahorat darsini oʻtishdi. Mashgʻulot davomida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish samarasi, dars samaradorligini oshirish kabilar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar oʻrtasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda “Barkamol avlod” bolalar maktabi va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari faol ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini, ranglardan mohirona foydalana bilishlarini, ustozlaridan oʻrgangan mahoratlarini koʻrsatishdi.

Tanlov yakunida “Barkamol avlod” bolalar maktabining 1-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Tasviriy sanʼat” toʻgaragi oʻquvchisi Maftuna Nurimbetova 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga imtihonsiz qabul qilinish imkoniyatiga ega boʻldi. Tanlovning barcha gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar topshirildi.

Tadbir yakunida maktab-internat oʻqituvchilari tumandagi maktablar oʻqituvchi va oʻquvchilarini oʻquv dargohida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yanada yaqinroq tanishish uchun shu oyda boʻlib oʻtadigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga taklif etishdi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019