16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:52
Iqtisodiyot 👁 320

Tuman hokimining tadbirkorlar va hokim yordamchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Tuman hokimining tadbirkorlar va hokim yordamchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, shu yilning 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash ishlarini yangi pogʻonaga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.

Videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarning tumandagi ijrosini taʼminlash maqsadida 17-may kuni Amudaryo tumanining Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini binosida tuman hokimining tadbirkorlar va hokim yordamchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasining tuman filiali boshligʻi Maqsud Rajabov, amudaryolik tadbirkorlar va ovul hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tadbirkorlar bilan yoʻlga qoʻyilgan manfaatli hamkorlik orqali mahallalardagi bandlik masalalari ijobiy yechim topayotganligini aytib oʻtdi. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi bandligi taʼminlanmagan aholi va kam taʼminlangan ishsiz yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini taʼkidladi.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston boʻylab dastur uchun 2023-2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablagʻlar hisobidan kambagʻal oilalar aʼzosi kasbga oʻqitilib, ishli qilish boʻyicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. Shuningdek, dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi.

Jumladan, tadbirkor kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi, kambagʻal oila aʼzosi esa daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ushbu tizim bir martalik ish emas, davomli jarayon boʻlishini va buning natijasida kam taʼminlangan oilalar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, yigʻilishda kambagʻallikni qisqartirish sohasida Xitoy tajribasini oʻrganish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qoʻllab-quvvatlandi.

Taʼkidlanganidek, endlikda Xitoy tajribasi asosida Oʻzbekiston boʻylab kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi. Bunda kambagʻallik yuqori boʻlgan tumanlarda yoʻl-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va oʻrta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga eʼtibor qaratiladi.

Undan tashqari, Xitoy markazlari bilan hamkorlikda mahallalardagi hokim yordamchilarini oʻqitish, yaxshi natijaga erishgan kamida 200 nafar salohiyatli hokim yordamchilarining Xitoyga amaliyot oʻtashga yuborilishi hokim yordamchilari uchun katta tajriba maktabi boʻladi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan hokim yordamchilari tumanda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini, bunda ayniqsa tumandagi tadbirkorlar bilan samarali tarzda hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini aytib oʻtishdi.

Yigʻilish yakunida Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻiishida berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019