16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:16
Jamiyat 👁 353

18-may – xalqaro muzeylar kuni: AMUDARYo TARIXIY-OʻLKAShUNOSLIK MUZEYI – XALQIMIZ JONLI TARIXINING BIR BOʻLAGI

18-may – xalqaro muzeylar kuni: AMUDARYo TARIXIY-OʻLKAShUNOSLIK MUZEYI – XALQIMIZ JONLI TARIXINING BIR BOʻLAGI

Mamlakatimizda muzeylar, hatto ochiq osmon ostidagi muzey-shaharlar koʻp. Albatta, har bir muzey xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotining, jonli tarixining bir boʻlagi. Amudaryo tumanining tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi bilan tanishgan har bir inson buni dildan his etishi tabiiy. Chunki muzey nafaqat Amudaryo tumanining qadim oʻtmishi, balki bugungi buyuk oʻzgarishlar, tuman hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi eksponatlarga boyligi bilan har bir qalbda katta taassurotlar uygʻotadi.

Tashkil etilganiga endi 2-yil boʻlgan muzey bugungi kunda tumanga tashrif buyuruvchi mehmonlar va yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Salkam 500 eksponatga ega muzey 2021-yilning 8-may kuni, yaʼni 18-may – Xalqaro muzeylar kuni arafasida tantanali ravishda ochildi.

Muzey eksponatlarining har birining oʻz tarixi, xalqimizning bugungi kunida tutguvchi maʼnaviy oʻrni bor. Xalq ana shu maʼnaviy uzviylikdan kuch oladi. XVI-XVII asrdan to bugungi kungacha boʻlgan amudaryoliklar tarixi aks etgan toshga aylangan daraxt, XVI-XVII asrlarda Xiva va Buxoro xonliklari tomonidan zarb etilgan mis tangalar, toshday qotgan choy, bundan 200-yillar avval ajdodlarimiz foydalangan dazmol, toshchiroq, kuvi, chigʻir, keli-kelisop, oʻgʻir, sopol idishlar, baliqchi bobolar foydalangan qayiq, jahonga mashhur mangʻitlik fizik-kibernetik olimlar, aka-uka Muxtor va Amin Saidovlarni ulgʻaytirgan halinchak, ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, choykoʻllik Qodir bobo kiygan “poʻstin”, mashhur turkman gilamlari, Amuboʻyi ayollarining noyob taqinchoqlari, mursaklari, musiqa asboblari, ayniqsa, XVIII asrda yashagan mangʻitlik meʼmor Eshmuhammad naqqosh tomonidan ishlangan oʻymakor eshiklar muzey eksponatlariga alohida joziba bagʻishlagan.

Shuningdek, muzey eksponatlari ichidan joy olgan amudaryolik ijodkorlar qalamiga mansub kitoblar, Amudaryo tuman matbuotining taraqqiyot bosqichlari haqida hikoya qiluvchi 1934-yildan 2023-yilgacha boʻlgan davrdagi gazetalarning nodir nusxalari har bir kelguvchining eʼtiborini tortadi.

Darvoqe, buyuk meʼmor Eshmuhammad naqqosh XVIII asrda yashab, oʻzining mustahkam sharqona meʼmoriy yechimga ega loyihalari bilan nafaqat Mangʻit va Gurlan bekliklarida, balki Xiva xonligining barcha hududlarida yaxshi tanilgan. Elparvar, oʻzi tugʻilgan makonni obodon koʻrishni istagan Eshmuhammad naqqosh Mangʻit qalʼasining yangi meʼmoriy loyihasini ishlab chiqadi. Loyiha shu qadar puxta ishlanadiki, unda qalʼadagi har bir inshoot, koʻcha va guzar, agar qurilgan taqdirda, Xiva shahridan kam boʻlmasligi, hatto minoralari balandligi Xiva minoralaridan ham balandroq boʻlishi nazarda tutilgan Eshmuhammad naqqoshning loyihasi bilan tanishgan xon Mangʻit qalʼasi Xiva xonligining shimoldagi mustahkam qoʻrgʻonlaridan biriga aylanishini istab, loyihani maʼqullasa-da, xonning atrofidagi ayrim gʻalamis mulozimlar Mangʻit qalʼasining bu darajada bekam-u koʻst boʻlishini yoqlashmaydi va Eshmuhammad naqqoshni yoʻq qilish payiga tushadilar. Nihoyat, ular maqsadiga yetishadilar. Xoʻjayli shahridan muhim yumush bilan qaytayotgan Eshmuhammad naqqoshni Mangʻit qalʼasining shimoliy-gʻarbidagi “Qaysar yop” boʻyida bugʻizlab, yopga tashlab yuboradilar.

Hamma zamonlarda ham xalq ichidan chiqqan manqurtlar ezgulik yoʻliga toʻsiq boʻlishgan. Agar shunday boʻlmaganida bu jafokash xalq yuz yillab moʻgʻullar asoratida yashamasdi, Temur Malik bilan Jaloliddin Manguberdilar fojeali oʻlim topmasdi. Agar ana shunday manqurtlar oʻz vatandoshlari koʻzini choʻqimaganlarida Hindistondagi afsonaviy Tojmahal Oʻzbekiston bagʻrida qurilgan boʻlardi. Eshmuhammad bobomizga ham bu qadar torlik, dushmanlik qilishmaganida edi, ona shahrimiz Mangʻitning qiyofasi tamoman boshqacha boʻlardi. Yaxshiyam mustaqil boʻldik, mana, tarixiy ildizlarimizdan kuch olayotirmiz.

Tarixni ortga qaytarib boʻlmagani kabi insoniyat qilgan xatolarni ham toʻgʻrilashning aslo iloji yoʻq. Muzey eksponatlari esa oʻz tarixi bilan insonlarni ogohlikka, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat bilan yashashga undab turadi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019