16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:55
Fan va taʼlim 👁 294

BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQUVChILARIGA BERILAYoTGAN YeNGIL NONUShTA TAYYoRLANIShI VA TARQATILIShINI OMMALAShTIRIShGA OID SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQUVChILARIGA BERILAYoTGAN YeNGIL NONUShTA TAYYoRLANIShI VA TARQATILIShINI OMMALAShTIRIShGA OID SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi 2022-yil 28-yanvardagi Farmoniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish belgilangan edi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustda 472-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan tumanimizda muayyan ishlar qilinmoqda. Mavjud 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-4-sinflari oʻquvchilarini bepul ovqatlantirish tashkil etilgan va hozirgi kunga qadar davom ettirilmoqda.

Amudaryo tumanidagi 85 ta maktablarning jami boshlangʻich sinflarining14 ming 769 nafar oʻquvchilariga 4 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan yengil nonushta yetkazlib berilmoqda, “Shoxnur Azatovich”, “Navroʻz”, “Mangʻit milk”, “Tabassum” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan maktablar kesimida yengil nonushta yetkazalib berilmoqda.

Shuni eʼtirof etish kerakki, oʻquvchilarga sifatli yengil nonushta tayyorlash va yetkazib berishda “Navroʻz” masʼuliyati cheklangan jamiyati bazasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida eng namunali baza deb topildi. Bu yerda tumanimizdagi 30 ta maktabning 4983 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchilariga keytering usulida yengil nonushta tarqatib kelinmoqda. Taomnomadagi oziq-ovqat mahsulotlarining 60 foizi jamiyatning oʻzida ishlab chiqariladi va shu kunning oʻzida qadoqlanib, 30 ta maktabga yetkazib berilmoqda. Oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida ishchi guruh aʼzolari 1-4-sinflar oʻquvchilariga berilayotgan yengil nonushta mahsulotlarining tayyorlanishi va tarqatilishini koʻzdan kechirib, jarayon namunali yoʻlga qoʻyilganligini qayd etishmoqda.

“Navroʻz” masʼuliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarga yengil nonushta tayyorlanishi va yetkazilib berilishi borasidagi saʼy-harakatlar nafaqat tumanimizda, balki, respublika miqyosida ham ibratga loyiq. Shuning uchun ularning tajribalarini ommalashtirish, kelgusi 2023-2024 oʻquv yilidan barcha viloyatlarda tatbiq etish maqsadida yaqinda amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

“Navroʻz” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib oʻtgan amaliy seminarda Qoraqalpogʻiston respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari, barcha viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining sogʻlom ovqatlantirish boʻlimi boshliqlari, viloyat sanitoriya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi boshliqlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari ishtirok etdilar.

Aytish kerakki, maktablarda 1-4-sinflar oʻquvchilarini sogʻlom ovqatlantirish maktablarning oshxonalarida va sinf xonalarida sanitariya va gigiyena qoidalari, normalari talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etilmoqda. Bu borada maktablarda maxsus komissiyalar tashkil qilingan boʻlib, komissiya tarkibiga maktabning direktori, hamshira, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, maktabning amaliyotchi psixologi va sinf rahbarlari va ota-onalar vakillari kiritilgan. Ular kunlik hisobotlarini, 1-4-sinf oʻquvchilar davomatini tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga har kuni berib boradi va hisobotlar umumlashtirilib, kundalik.com tizimi bilan solishtirilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yetkaziladi.

Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarini keytering usulida bepul ovqatlantirishning standart talablariga mosligini kundalikli koʻrikdan oʻtkazib borishi boʻyicha tuman hokimligining bayoni asosida ishchi guruh tuzildi va ushbu guruh ham oʻquvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan talablarga mosligini, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini, oziq-ovqat mahsulotlarining taomnomaga mosligi va miqdorlarini koʻrikdan oʻtkazib turadi.

Seminarda ishtirokchilar boshlangʻich sinflar oʻquvchilariga menyu boʻyicha yengil nonushta, yaʼni qumoq xamirli pechene, yongʻoqli keks tayyorlanish jarayoni koʻrsatib berildi. Bu ishlarda sanitariya qoidalari va normalariga toʻliq rioya qilinishiga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mevalarning maxsus sovutgichda saqlanishi, tayyor mahsulotlarning konteynerlarga joylashtirilish jarayoni va maxsus avtomashinalarda belgilangan maktablarga yetkazilish amaliyoti ham koʻrsatib berildi.

Seminar ishtirokchilari “Navroʻz” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Ozod Qurbonboyevdan oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019