16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Fan va taʼlim 👁 255

16-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” NOMLI TADBIR OʻTKAZILDI

16-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” NOMLI TADBIR OʻTKAZILDI

Yurtimizda murabbiylik, ustozlik ulugʻ maqom sanaladi. Ustozlarni chor-atrofni oʻz nurlari ila chorogʻon etuvchi quyoshga oʻxshatishadi. Chindan-da, quyosh olamni yoritsa, ustoz-muallimlar yosh avlod koʻnglini ilm nuri ila yoritadilar, maʼrifat, maʼnaviyat ulashadilar. Hazrat Abdurahmon jomiy aytganlariday:

Ustoz, murabbiysiz qolganda zamon,

Zulumotdan qora boʻlardi jahon.

Muallim soʻzi “ilm beruvchi”, “oʻrgatuvchi” degan maʼnolarni anglatishi ham bejiz emas. Shu boisdan ham ular doimo barchaning eʼzozida, ardogʻida. Ayniqsa maktabga ilk qadam qoʻygan bola qoʻlidan tutib, harflarni yozishni, oʻqishni oʻrgatgan ilk ustozini hech qachon unutmaydi.

Mustaqil yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarga bundan toʻrt yil oldin olamcha hayrat bilan 1-sinfga oʻqishga qabul qilingan jajji bolakaylar ayni kunlarda 4-sinfni yakunlamoqdalar, boshlangʻich taʼlimni tugatmoqdalar.

16-sonli umumtaʼlim maktabining 4-A sinf oʻquvchilari ham boshlangʻich taʼlimni yakunlab, birinchi oʻqituvchisi bilan xayrlashib, katta sinflarga qadam qoʻyish arafasida turishibdi. Ularga boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Barno Yoʻldoshova 4-yil davomida taʼlim tarbiya berib kelgan va oʻz farzandiday qadrdon boʻlib qolgan oʻquvchilari bilan xayrlashdi va shu munosabat bilan “Xayr, birinchi ustozim!” nomli adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Darhaqiqat, har bir inson qayerda ishlamasin, qanday kasb egasi boʻlmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yoʻllagan ustozlarini hurmat bilan esga oladi. Bugun mana shu sinfxonada oʻtirgan jajji oʻquvchilar qoʻliga qalam tutqazgan, ularga yozishni-oʻqishni oʻrgatgan birinchi ustozi Barno Yoʻldoshovadan bir umr minnatdor boʻlib yashasalar ajab emas.

Tadbirda ular ustoziga minnatdorchiligi sifatida yod olgan sheʼrlarini ifodali oʻqib berdilar.

Tadbirda 4-“A” sinf oʻquvchilari 20 yillik pedagogik ish tajribasiga ega Barno Yoʻldoshovadan 4-yil davomida oʻrgangan bilimlarini, ona Vatan, maktab va ustozlariga atab sheʼr va qoʻshiqlar aytib, tarbiyaviy mazmunga ega sahna koʻrinishlarini hamda milliy raqslarni namoyish qildilar. Ushbu tadbirda ishtirok qilayotgan ota-onalar farzandlariga ilk saboq bergan sinf rahbari ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, oʻz minnatdorchiliklarini bildirib oʻtishdi.

Tadbirda jajji bitiruvchilar tilidan ajoyib qoʻshiqlar yangradi. Ayniqsa ular tayyorlagan raqslarni maktab pedagoglar jamoasi va oʻquvchilarning ota-onalari olqishlar bilan kuzatdilar. Bir soʻz bilan aytganda, maktablarda 4-sinflar uchun oʻtkaziladigan bunday tadbirlar kelajak sari dadil qadam tashlayotgan, ertamiz egalarini ajdodlarimizga munosib farzand boʻlib voyaga yetishga ruhlantiradi.

Sahnada tizilishib turib “Xayr, birinchi ustozim” deya qalb harorati ila kuylayotgan bolajonlarning yuz-koʻzlarida ustoziga cheksiz mehr, minnatdorlik aks etadi. Endi bu oʻquvchilar kelgusi 2023-2024 oʻquv yilini yangi sharoitlarda, yangi ustozlar bilan davom ettirishadi. Boshlangʻich taʼlim ular uchun bunda muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi. Shu boisdan ham ular kelgusida ham aʼlo baholarga oʻqishga, ilk ustozi ishonchini oqlashga intilishadi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019