16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:16
Fan va taʼlim 👁 260

56-sonli maktabda “Yosh kitobxonlar” tanlovi boʻlib oʻtdi

56-sonli maktabda “Yosh kitobxonlar” tanlovi boʻlib oʻtdi

Qadimdan kitob mutolaasi shaxsni tarbiyalashda uning individual xususiyatlarini ochib berishda muhim va ajralmas rol oʻynagan, shuningdek uning shakllanishida muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy dunyoda kitob mutolaasi birinchi navbatda uzluksiz taʼlim tizimida, shu jumladan, har kimning kundalik faoliyatida alohida oʻrin tutishi lozim. Mamlakatimizda bu masalaga jiddiy eʼtibor berilib davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

Amudaryo tumanida ham yosh avlodni yuksak manaviyatli yoshlar etib tarbiyalash, kitobga boʻlgan mehr-muhabbatini oshirish borasida keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadigan “Yosh kitobxonlar” tanlovi alohida ahamiyatga ega.

24-may kuni Durunki mahallasi hududida joylashgan 56-sonli maktabda “Yosh kitobxonlar” tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda 6-, 7-, 8-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

Tanlov 3 ta shart asosida olib borildi. Birinchi shartda oʻquvchilar biletlar ostiga yashiringan badiiy asar haqida maʼlumot berib, oʻz shaxsiy fikrlarini ifoda etishdi. Ikkinchi shartda qatnashchilar suratdagi shoir yoki yozuvchinining kim ekanligini topib, uning hayoti ijodi haqida batafsil maʼlumot berishdi. Uchinchi shartda esa biletda keltirilgan shoirning sheʼrini ifodali tarzda oʻqib, oʻzlarining shaxsiy fikrlarini bayon etishdi.

Hakamlar hayʼati aʼzolari – Allambergan Jumaniyozov, Madina Rajabova, Fotima Eshimbetova, Nafosat Tilovbayevalar barcha ishtirokchilarning chiqishlarini diqqat bilan kuzatib odilona baholab borishdi.

Tanlov yakunida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar Durunki mahallasining yoshlar yetakchisi Xurrambek Qalandarov homiyligida tayyorlangan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni 84 ball bilan 6-“B” sinf oʻquvchisi Feruza Karimova, 2-oʻrnni 73 ball bilan 7 -“A” sinf oʻquvchisi Rayhona Toʻraboyeva, 3-oʻrinni 62 ball bilan 7-“B” sinf oʻquvchisi Charos Tangirbergenovalar egalladi.

Birinchi oʻrin sohibasiga 300 ming soʻm, ikkinchi oʻrin sohibasiga 200 ming soʻm, uchinchi oʻrin sohibasiga 100 ming soʻm pul mukofotlari tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, tanlov gʻoliblari qadimiy va navqiron Xiva shahriga sayohatga olib boriladigan boʻldi.

Oʻquvchilar oʻzlariga koʻrsatilgan bu kabi eʼtibordan mamnun boʻlib, yanada olgʻa intilishga, bundanda koʻp badiiy kitoblar oʻqishga harakat qilishlarini aytib oʻtishdi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda shu maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Allambergan Jumaniyozovning xizmatlari katta boʻldi. Ijodiy madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchining oʻquvchilar bilan dars mashgʻulotlaridan boʻsh paytda kitobxonlik toʻgaraklarini tashkil etib, ular bilan doimiy ravishda shugʻullanishlari tufayli boʻlib oʻtgan tanlov ular uchun aslo qiyinchilik tugʻdirmadi.

Oʻquvchilar oʻqigan badiy asarlarini ravon tilda ifoda etib berishdi. Umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilib kelinayotgan kitobxonlik tadbirlari oʻquvchilarning dunyoqarashi kengayishida va shaxsiy fikri rivojlanishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026