16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Fan va taʼlim 👁 248

84-SONLI MAKTABDA MENDELEYeVNING 189 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

84-SONLI MAKTABDA MENDELEYeVNING 189 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Kimyogar olim Dmitriy Mendeleyevning 1869-yilda yaratgan kimyoviy elementlar davriy jadvali olamshumul kashfiyotlardan biri sifatida tarix sahifalariga muhrlangan. Hozirga qadar butun dunyoda kimyo fani ushbu jadval asosida oʻrganiladi. Serqirra olim boʻlgan bu inson butun jahonda kimyogarlar otasi deb tan olingan.

Amudaryo tumanidagi 84-sonli maktabning “Yosh kimyogarlar” toʻgaragi aʼzolari ishtirokida buyuk rus olimi Dmitriy Mendeleyev tavalludining 189 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Oʻquvchilarning kimyo faniga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Shahnoza Jumaniyozova tomonidan tashkil etildi.

Tadbirni maktab direktori Erkin Qurbonboyev ochib berdi va toʻgarak faoliyati, kimyo-biologiya fani boʻyicha oʻtkazilayotgan dars mashgʻulotlari, laboratoriya xonalaridagi sharoitlar toʻgʻrisida soʻzladi. Shuningdek, “Yosh kimyogarlar” toʻgaragi aʼzosi, maktabning 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Nurjonovning Nukus davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun kimyo fanidan oʻtkazilgan olimpiadada faxrli 3-oʻrinni olgani, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan diplom bilan taqdirlanganini eʼtirof etib oʻtdi. Kimyo ham keng tarmoqli fan ekanligini aytdi va oʻquvchilarni ushbu fanni bilimdon oʻqituvchi Shahnoza Jumaniyozovadan yanada chuqurroq oʻrganishga chaqirib, jamiyat uchun kerakli insonlar boʻlib ulgʻayishga daʼvat etdi.

Shundan soʻng, kimyo fani oʻqituvchisi Shahnoza Jumaniyozova kimyogar olim Dmitriy Mendeleyev toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, rus kimyogar olimi va pedagog Dmitriy Mendeleyev 1834-yilning 8-fevralida dunyoga kelgan. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf etilishi – Mendeleyevning buyuk xizmatidir. Oilada kenja farzand boʻlgan Mendeleyev Peterburgdagi Bosh pedagogika instituti fizika-matematika fakultetining tabiiyot fanlar boʻlimini tugatgan va Peterburg universitetida magistrlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Mendeleyevning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyo texnologiya, fizika, metrologiya, mateorologiya, iqtisod va boshqalarga oid. Mendeleyev eritmalarning kimyoviy nazariyasini ishlab chiqdi, kritik temperaturani kashf qilgan. Koʻmirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surgan. Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.

Oʻquvchilar va tomoshabinlar shu kabi maʼlumotlar bilan tanishtirilganidan soʻng, toʻgarak aʼzolari “Elementlar” qoʻshigʻini ijro qilib, tadbir ishtirokchilariga va tomoshabinlarga xushnudlik baxsh etishdi.

Tadbir laboratoriya tajribalari bilan davom ettirildi. Tajribada kundalik roʻzgʻorda ishlatiladigan mahsulotlardan foydalanildi. Sirka kislotasi va isteʼmol sodasidan karbonat angidrid gazi ajratib olindi va ushbu gaz bilan rezina pufakka toʻldirib koʻrsatildi.

Tadbirni yanada qiziqarli oʻtkazish maqsadida toʻgarak aʼzolari va tomoshabinlar oʻrtasida ham savol-javob, kimyoviy formulalarni toʻgʻri yozib koʻrsatish boʻyicha bahs oʻtkazildi. Toʻgarak aʼzolari va oʻquvchilar barcha formulalarni toʻgʻri topib, oʻzlarining kimyo fanidan olgan bilim darajalarini, ushbu fanga boʻlgan qiziqishlari yuqoriligini koʻrsatishdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan toʻgarak aʼzolari va tomoshabinlarga sovgʻalar berib ragʻbatlantirildi. Qiziqarli oʻtgan tadbir davomida oʻquvchilarning kimyo faniga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi va kerakli maʼlumotlarga ega boʻlib, bilimlarini mustahkamlab olishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019