16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 304

69-SONLI MAKTABDA BOShLANGʻICh SINF OʻQUVChILARINING “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” TADBIRI OʻTKAZILDI

69-SONLI MAKTABDA BOShLANGʻICh SINF OʻQUVChILARINING “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” TADBIRI OʻTKAZILDI

25-may kuni barcha umumtaʼlim maktablarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maktabga kelgan ilk kunidan kutib olgan va qoʻllariga qalam tutishni oʻrgatgan, alifbeni tanitgan birinchi ustozlari bilan xayrlashishga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi. Oʻquvchilar oʻzlariga 4-yil mobaynida taʼlim va tarbiya bergan birinchi ustozga samimiy minnatdorchilik bildirib, katta ehtirom koʻrsatishmoqda.

Ayoqchi mahallasidagi 69-sonli maktabning 4-“A” sinf oʻquvchilari ham boʻlib oʻtgan “Xayr, birinchi ustozim!” tadbirida taʼlim bergan birinchi ustozi sinf rahbari Jumagul Boltayevadan olgan bilimlarini namoyish etishdi. Tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Joʻrabek Tajimurodov, ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Sanamjon Matyakubova, Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Allayor Qalandarov, xotin-qizlar faoli Nigora Polvonovalar ham qatnashishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar dastlab oʻquvchilarini boshlangʻich taʼlimni puxta egallaganliklari va yuqori sinfga oʻtishayotgani bilan tabriklashdi. Shuningdek, ushbu bilim maskanida yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilarga taʼlim berayotgan bilimli va salohiyatli oʻqituvchilar, tashkil etilgan turli toʻgaraklar, har xil tanlovlarda iqtidorini yuzaga chiqarayotgan va yutuqlarga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu maktabda pedagoglar jamoasi oʻzaro hamjihatlikda, ahillikda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda. Oʻtgan davrlar mobaynida maktabda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Natijada Fanlar olimpiadasida maktab oʻquvchilari turli fanlardan tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida faol qatnashib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Oʻtkazilayogan turli sport musobaqalarida ham maktab oʻquvchilari faol qatnashib, epchillik hamda uddaburonlik qobiliyatlarini namoyon qilib, respublika miqyosidagi sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishmoqda. Maktabdagi oʻquvchilar tarbiyasi, ularga berilayotgan bilim va koʻnikmalar doimiy eʼtiborda boʻlgani sababli 69-maktab tumanimizdagi namunali maktablar safidan joy olgan.

Tadbir bayramona bezatilgan sahnada oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Oʻquvchilar Vatan va tinchlik haqidagi, ustozlarga bagʻishlangan sheʼrlarni aytishdi. Jozibali milliy raqslar, xushnavo qoʻshiqlar kuylab, tadbirga yanada fayz kiritishdi. Oʻquvchilar ijrosidagi sahna koʻrinishidagi ertak ham tomoshabinlarga juda manzur boʻldi. Ular ertak qahramonlari obrazini mohirona ijro etishga harakat qildilar va olqishlarga sazovor boʻldilar.

Tadbirda boshlangʻich sinfda aʼlo baholarga oʻqigan oʻquvchilarga maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar ham topshirildi. Ushbu marosimda soʻzga chiqqan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, bolalarning birinchi ustozi Jumagul Boltayeva 4-sinfni muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilariga eng ezgu tilaklarni tilab, kelgusida maktabni aʼlo baholarga tugatishlarini, jamiyat kelajagagiga munosib, komil insonlar boʻlib voyaga yetishlarini, oʻzlari sevgan kasbi, hunarining mohir egalari boʻlib yetishishlarini tiladi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar ham farzandlariga 4-yil mobaynida taʼlim-tarbiya bergan birinchi ustozga, oʻqituvchilarga katta minnatdorchilik bildirdilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019