16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Fan va taʼlim 👁 336

56-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” TADBIRI OʻTKAZILDI

56-SONLI MAKTABDA “XAYR, BIRINChI USTOZIM!” TADBIRI OʻTKAZILDI

Bolalarning jajji qalblariga ilk bor katta orzular, yuksak maqsadlar, intilishlar olib kiradigan muqaddas dargoh bu – maktab hisoblanadi. Mana shu dargohga qadam  qoʻygan har bir bola birinchi ustozi – mehribon oʻqituvchisi yordamida hayot zinapoyalaridan koʻtarila boshlaydi.

Birinchi oʻqituvchi bolalarda oʻqish, yozish, hisoblash, malaka va koʻnikmalarini hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulq-odobga oʻrgatish kabi vazifalarni amalga oshirish chogʻida ularga oʻz farzandlari kabi bogʻlanib qoladi.

Toʻrt yillik davrni oʻz ichiga olgan boshlangʻich taʼlim jarayoni bir zumda oʻtib ketgandek boʻladi, xayolimizda. Ammo shu qisqagina davr mobaynida bolaga berilgan bilim unda hayotiy tushunchalarni shakllantirgan boʻladi.

Boshlangʻich taʼlim bosqichi nihoyasiga yetganidan keyin, albatta birinchi ustozning qadrdon oʻquvchilari bilan xayrlashishiga toʻgʻri keladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha umumtaʼlim maktablarida ustoz va shogirdlarning xayrlashuv onlarini bayram shaklida oʻtkazish anʼanaga aylanib borayapti.

Oʻquv yili yakunida barcha maktablarda oʻtkazilayotgan “Xayr, birinchi ustozim!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy  tadbirlarda aziz muallimlar – ustozlarga katta hurmat-ehtirom koʻrsatilmoqda.

Yaqinda tumanimizdagi 56-sonli maktabda  oʻtkazilgan “Xayr, birinchi ustozim!” deb nomlangan badiiy kecha unda ishtirok etgan 4-sinf bitiruvchilarining ham, oʻqituvchi – ustozlarning ham, ota-onalarning ham qalblarida uzoq saqlanadigan unutilmas tadbirga aylandi, desak mubolagʻa  boʻlmaydi. Chunki bu tadbirda ustozlarning oʻz shogirdlariga boʻlgan mehr-muhabbati, shogirdlarning oʻz ustozlariga boʻlgan cheksiz hurmat-u ehtiromlari tadbir ishtirokchilarining qalblariga aʼlo kayfiyat olib kirdi.

Kechani maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sayyora Yunusova kirish soʻz bilan ochib, 4-sinf bitiruvchilariga kelgusi oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va bu sinf oʻqituvchilari Rohatoy Rahimova va Muborak Ahmedovalarga bolalarga taʼlim-tarbiya berishdagi namunali ishlari uchun maktab maʼmuriyatining minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan keyin 4-A sinf oʻqituvchisi Rohatoy Rahimova va 4-B sinf oʻqituvchisi Muborak Ahmedovalar soʻzga chiqishib, shogirdlarining maktabni aʼlo baholarga tugatib, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlariga, yaxshi kasblarni egallab, Vatanimizga sodiq farzandlar boʻlib yetishishlariga oʻz tilaklarini bildirdilar.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar oʻz farzandlariga taʼlim-tarbiya berayotgan oʻqituvchilardan cheksiz minnatdor ekanliklarini aytishib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar, oʻzlariga esa sogʻlik-salomatlik tiladilar.

Kechada 4-A va 4-B sinflar oʻquvchilari ona Vatan, maktab va ustozlariga bagʻishlangan sheʼr va qoʻshiqlar aytishib, raqsga tushdilar.

Tadbir yakunida 4-sinf oʻquvchilaridan bir guruhiga aʼlo oʻqigani va yaxshi xulqi uchun maktab maʼmuriyatining “Faxriy yorliq”lari topshirildi. 

Allambergan JUMANIYoZOV, 56-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026