16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Siyosat 👁 278

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 61-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 61-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 26-may kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 61-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 1-Navoiy saylov okrugidan deputat Gulshod Yusupova saylandi.

Sessiyada dastlab joylarda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburovaning hisoboti tinglandi.

Axborotda keltirib oʻtilganidek, shu kungacha 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 ming 398 nafar xotin-qizlarning 2 ming 974 nafariga turli yordamlar koʻrsatilgan. Shuningdek, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan 122 ta oila yarashtirilib, ajrim holatlari oʻtgan yildagiga nisbatan 21 taga kamaygan.

Shundan soʻng, Amudaryo tumani mahalliy byudjeti mablagʻlarining 2023-yil 1-chorak davomida sarflanishi yuzasidan tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-chorak davomida byudjet mablagʻlari hisobidan jami 77 mlrd. 991 mln. 325 ming soʻm mablagʻlar sarflangan.

Sessiya ishida 2023-yil 1-aprel holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev hisobot berdi. Hisobotda erkin qoldiq mablagʻlarining sarflash yoʻnalishlari boʻyicha taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailovning hisoboti tinglandi. Hisobotda “Yoshlar balansi” asosida ijtimoiy ahvoli, qobiliyati hamda qiziqishlariga qarab yoshlar “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratilgani maʼlum qilinib, “qizil” toifaga kiritilgan 1 316 nafar yoshlarning roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya ishida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetovaning axboroti tinglandi. Axborotda hokimlik veb-saytining ochiq maʼlumotlar boʻlimiga joylashtirlgan maʼlumotlar, media tadbirlarning vaqtida bajarilishi, hukumat qarorlari va farmonlarining tumandagi ijrosi va uni yoritib borish masalalari xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan quyosh fotoelektrik stantsiyalari hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 2023-yil yakuniga qadar oʻrnatish boʻyicha rejalarning bajarilishi haqida tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolovning hisoboti tinglandi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, ijtimoiy soha obʼektlari, korxonalar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga quyosh fotoelektrik stantsiyalari hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 2023-yilning yakuniga qadar oʻrnatish boʻyicha reja-jadval dasturi ishlab chiqilgan va bu borada aholi hamda tadbirkorlarga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

Sessiya ishida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini aniqlash yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi yetakchi mutaxassisi Sanʼat Avezovning axboroti tinglandi. Axborotda taʼkidlanganidek, tumandagi hokim yordamchilari tomonidan shu kungacha jami 272 ta tadbirkorlik subʼektlari yangidan tashkil etilgan boʻlib, shundan 138 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 134 tasi yuridik maqomdagi tadbirkorlardir.

Sessiya kun tartibida Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tuman filiali boshligʻi Sherzod Sultanovning ham hisoboti tinglandi. Hisobotda tumandagi shahar va shaharchalarning, ovullarning chegaralari maxsus komissiya tomonidan amaldagi tartib-qoidalar asosida qayta belgilangani maʼlum qilinib, deputatlar eʼtiboriga havola qilindi. Tumandagi shahar va shaharchalar, ovullarning chegaralari deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya ishida Kengash vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar ham atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019