16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:33
Adabiyot 👁 251

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN “KOʻChMA KUTUBXONA” TADBIRI YoShLARDA KATTA QIZIQISh UYGʻOTDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA OʻTKAZILGAN “KOʻChMA KUTUBXONA” TADBIRI YoShLARDA KATTA QIZIQISh UYGʻOTDI

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini yanada kuchaytirish, aholining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida Amudaryo tumanining chekka hududlaridagi ovul va mahallalarda turli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor tufayli kitobxonlar safi ortmoqda. Bu tuman va respublika miqyosida oʻtkazilayotgan kitobxonlik tanlovlarida gʻolib boʻlayotgan koʻplab yoshlar misolida yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham yoshlarni kitobxonlikka jalb etuvchi turli tadbirlar, tanlovlar tashkil etilib, tumanning chekka hududlaridagi yoshlar ham qamrab olinmoqda. Ushbu grant loyihasi doirasida navbatdagi “Koʻchma kutubxona” tadbiri Qangli ovulidagi 67-sonli maktabda tashkil etildi.

Tadbirda maktab oʻquvchi-yoshlari bilan birgalikda oʻqituvchilari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Amudaryo televideniyesi tahririyati xodimlari hamda maktabning ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Zulayho Bobojonovalar soʻzga chiqib, bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz orasida kitob mutolaasini ommalashtirish, ularning maʼnaviyatini yuksaltirishda maʼrifat maskanlari – kutubxonalarning oʻrni kattaligi, shu bois ularning faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilayotganini tilga olib oʻtishdi. Bu maʼrifat maskanlarining, hozirga kelib zamonaviylashayotgani, kitoblarning elektron shakllari, eshitish, koʻrish, audio-video multimediyali turlari ham mavjudligi, koʻchma kutubxonalar, kitoblar koʻrgazmalari tashkil etilayotgani toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berishdi.

Taʼkidlash joizki, aholining axborot olishga, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatidan erkin, tez va sifatli foydalanishga boʻlgan imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Kutubxona fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, kitobxonlarga xizmat koʻrsatishda turli yoshdagi aholi qatlamlarining talab va ehtiyojlari, qiziqishlarini eʼtiborga olish, koʻrsatilayotgan qoʻshimcha xizmatlar turlarini yanada kengaytirish va sifatini oshirish mamlakatimizdagi har bir kutubxona oldida turgan muhim vazifadir. Inson yaralibdiki, komillikka intilib yashaydi. Bunga kitobsiz, kitob mutolaasisiz erishib boʻlmaydi. Bu xazinani oʻzida saqlab kelayotgan kutubxonalar esa eng boy ziyo maskanidir.

Grant loyihasi doirasida tashkil etilgan “Koʻchma kutubxona” tadbirida ana shunday  ziyo maskanlaridan unumli foydalanish kerakligi, kitob muotlaasiga koʻproq vaqt ajratish lozimligi, kitoblar yoshlarning yuksak siyosiy bilimli, yetuk intellektual bilim va salohiyatga ega, erkin fikrlovchi insonlar boʻlib voyaga yetishlarida muhim oʻrin tutishi koʻp bora taʼkidlandi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar “Taraqqiyot koʻzgusi” tahririyati qoshida tashkil etilgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti kutubxonasidan keltirilgan kitoblar bilan tanishishdi. Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” va boshqa koʻplab adiblarning qiziqarli asarlari va ulardagi qahramonlar haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan yoshlar, ushbu kutubxonadagi boshqa kitoblarga juda qiziqishdi va aʼzo boʻlish istagini bildirishdi. Tahririyat xodimlari kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, ularning turlari, barcha yoshdagi kitobxonlarga mosligi, yangi keltirilgan kitoblar, kutubxonaning chekka hududlardagi filiallari xususida ham maʼlumotlar berishdi va ularning qiziqishlarini yanada oshirishdi.

Kitoblar insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbir ham yoshlarning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, kitobxonlar safi ortishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019