16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 18:58
Fan va taʼlim 👁 366

“QALDIRGʻOCh” BOLALAR YoZGI OROMGOHINING OChILIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLDI

“QALDIRGʻOCh” BOLALAR YoZGI OROMGOHINING OChILIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLDI

Maktablarda oʻquv yili poyoniga yetib, bolajonlar yozgi taʼtilga chiqishdi. Bunday damlarda ularni soʻlim oromgohlar oʻz bagʻriga chorlaydi. Oromgohlarda bolalar koʻngilli dam olib, yangi doʻstlar orttirib, turli sport, ijodiy toʻgaraklarda iqtidorlarini yuksaltiradilar. Qatʼiy reja asosida olib boriladigan chiniqish mashqlari, turli tanlovlar va madaniy dam olish tadbirlari oʻquvchilar qalbida oʻchmas taassurotlar qoldiradi.

Doʻrman ovuli Amudaryo tumanining eng havosi musaffo, fayzli goʻshalaridan biri sanaladi. Ovulda faoliyat koʻrsatayotgan, atrofini koʻp yillik muhtasham chinorlar, archalar oʻrab turgan 84-sonli maktab binosida har yili tashkil qilinadigan "Qaldirgʻoch" bolalar yozgi dam olish oromgohi bolalarning eng sevimli maskaniga aylangan.

Joriy yilning 2-iyun kunidan ish faoliyatini boshlagan mazkur oromgohda bu yilgi yoz mavsumida 5 ta bosqichda, har bosqichda 100 nafardan jami 500 nafar bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan. Oromgoh joriy yilgi ilk faoliyatini boshlagan birinchi bosqichda Mangʻit shahri va shahar atrofidagi 1-, 16-, 30-, 31-, 36-, 38-, 40-, 55-, 56-, 57-, 82- va 87-sonli maktablarning 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan jami 100 nafar oʻquvchilari qamrab olindi.

Shu munosabat bilan 2-iyun kuni maktab oldida tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda tuman hokimi oʻrinbosarlari Mahmud Shermetov, Goʻzal Soburova, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Saida Sodiqova, maktablar direktorlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, dam oluvchi bolalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari Mahmud Shermetov, Goʻzal Soburovalar bolajonlarni oromgohning ochilishi bilan qizgʻin qutlab, bu yaratilayotgan sharoit yurtimizda bolajonlarning barkamol boʻlib voyaga yetishlariga qilinayotgan davlatimizning gʻamxoʻrligining bir ifodasi ekanligini taʼkidladilar. Soʻzga chiqqanlar saf boʻlib, quvonchdan koʻzlari yonib turgan bolalarning koʻngilli dam olishlarini tiladilar.

“Qaldirgʻoch” bolalar oromgohi direktori Zafar Abdullayev yigʻilganlarni oromgohda bolalarning yaxshi dam olishlari, qulay sharoitlarda ovqatlanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Oromgohda bolalarning boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtishi uchun “Besh tashabbus” doirasida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularga malakali oʻqituvchi-murabbiylar ham tayinlanganini barcha havas bilan eʼtirof etdi.

Oromgohning ochilish marosimi hudud sanʼatkorlarining kontsert dasturi bilan davom etdi. Dilrabo kuy-qoʻshiqlar, raqslar bolalarning oromgohga ilk qadam qoʻygan kunining taassurotlarga boy, esda qolarli boʻlishini taʼminladi. Ularning oromgoh bagʻrida oʻtadigan har bir kuni doʻstlari safi kengayib, chiniqib, ilm olishga ishtiyoqi oshishiga xizmat qiladi, albatta. Chunki yozgi taʼtil davrida ish boshlaydigan buningdek maskanlar dam olish oromgohlari sanalsa ham, aslida u yerda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar, tadbirlar bola dunyoqarashini boyitib, ijodiy qobiliyatini yuksaltiradi, bolajonlarning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Zero, bolalar va oʻsmirlarning yozgi dam olish oromgohlari faoliyati taʼlim tizimining bir qismidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026