16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 660

Umumtaʼlim maktabni oltin hamda kumush medallar bilan tugatgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Umumtaʼlim maktabni oltin hamda kumush medallar bilan tugatgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha joylarida boʻlgani singari Amudaryo tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham bitiruvchi sinf oʻquvchilari yakuniy imtihonlarni tamomlab, katta hayotga yoʻllanma olmoqdalar. 2 ming 704 nafar amudaryolik oʻquvchi-yoshlar mehribon ustozlari, qadrdon maktabi bilan xayrlashib, oliy taʼlim dargohlariga hujjat topshirishmoqda.

19-iyun kuni tuman hokimligi binosida 2022-2023 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini oltin va kumush medallar bilan tamomlagan hamda fanlar olimpiadasi va turli tanlovlarda muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, maktab direktorlari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida Amudaryo tumani boʻyicha 36 nafar oʻquvchi maktabni oltin va 11 nafar oʻquvchi kumush medal bilan bitkazdilar. Undan tashqari, 50 nafar oʻquvchi ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha Xalqaro B2, 5 nafar oʻquvchi esa Xalqaro S1 sertifikatini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 1 nafar bitiruvchi asosiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovrindori boʻldi.

Tadbir davomida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, oʻzlari sevgan va tanlagan kasb-hunarlarni va mutaxassisliklarni egallab, Vatanimiz koriga yaraydigan munosib farzand boʻlishlariga ishonch bildirdi.

 Shuningdek, tuman hokimi bilimdon oʻquvchilarning maktab direktorlariga, ularga taʼlim va tarbiya bergan fidoiy oʻqituvchilar hamda ota-onalarga minnatdorchilik bildirib, bundan keyin ham barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishlarida kuch-gʻayrat tiladi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirasi Saida Sadikova bitiruvchi yoshlarni yetuklik shahodatnomalarini olib, katta hayotga qadam tashlaganliklari bilan qutlab, keyingi oʻqish va ishlarida omad tiladi.

40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova esa bitiruvchi yoshlarni yillar davomida qunt bilan bilim olib, ota-onasi, ustozlarining ishonchini oqlagani, oltin, kumush medallar sohib va sohibalari boʻlgani bilan muborakbod etib, taqdirlanayotganlar tumandagi 2 ming 704 nafar bitiruvchilar orasida eng bilimli, zukko oʻquvchilar ekanini taʼkidladi.

31-sonli maktab direktori Nilufar Davletova esa barcha bitiruvchilarning keyingi hayotlarida faqatgina muvaffaqiyatlar yor boʻlishini, yurtimizdagi eng nufuzli korxona va tashkilotlarda ish boshlab, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan kadrlar boʻlib yetishishiga tilakdoshlik bildirdi.

Shundan soʻng, “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” sohibasi Barno Samandarova tengdoshlariga oʻzining erishgan muvaffaqiyatlari, yutuqlari haqida gapirib, maktabni tugatgandan keyin ham oʻqib bilim olishdan aslo charchamasligini, boshqa oʻquvchilar ham Oliy taʼlim talabasi boʻlganidan soʻng, yuqori marralarni zabt etishlariga tilak bildirdi.

Tantanali taqdirlash marosimida oltin medal sohib va sohibalari ham soʻzga chiqib, erishgan muvaffaqiyatlari haqida barcha tengdoshlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbir yakunida oʻquvchilarga oltin hamda kumush medallar, tashakkurnomalar, qimmatbaho sovgʻalar tantanali tarzda topshirildi. 

Bitiruvchilar oʻzlariga bildirilgan bu kabi yuksak eʼtibordan mamnun boʻlib, bildirilgan ishonchni oqlashga vaʼda berdilar.

Oʻylaymizki, yoshlarimiz Prezidentimiz ishonch bildirganlaridek, mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar asosida yetuk mutaxassislar boʻlib, Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qoʻshadilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019