16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:16
Fan va taʼlim 👁 728

FIDOYI MUALLIMA VA ELIM, YuRTIM DEGAN TADBIRKOR

FIDOYI MUALLIMA VA ELIM, YuRTIM DEGAN TADBIRKOR

Hayotda yaxshi inson va yaxshi mutaxassis boʻlish uchun el-yurt manfaati yoʻlida oʻzni safarbar etish, xalqqa manzur ishlar qilish, oʻz atrofingdagilarning qalblariga xotirjamlik baxsh etib yashash kerakki, toki el-u yurting sendan rozi boʻlsin. Elni rozi qilib, koʻpning duolarini olib yashash esa hammaga ham nasib etavermaydi.

Agar taʼbir joiz boʻlsa, Choykoʻl ovulida istiqomat qiluvchi Muyassarxon Matkarimova oʻzining fidoyiligi bilan el-yurtga chin dildan qayishib, koʻplab insonlarning hurmat va eʼtirofiga sazovor boʻlgan, pirovardida  el duosini olib yashayotgan insonlardan.

Asli kasbi til va adabiyot oʻqituvchisi boʻlgan Muyassarxon Matkarimova 22 yillik pedagogik tajribaga ega. Tabiatan bolajon, yangilikka intiluvchan boʻlgan Muyassarxon oʻzining asosiy kasbiy faoliyatidan ajralmagan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanishga qaror qildi. Choykoʻl ovulining “Choqcha” aholi punktidagi qarovsizlikdan xaroba holatga kelib qolgan, bir vaqtlar bolalar bogʻchasi, keyinchalik qishloq shifokorlik punkti vazifalarini oʻtagan binoning 2020-yilda kim oshdi savdosiga qoʻyilayotganini eshitib, oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻldi. Omadi kelib, binoni kimoshdi savdosida yutib olgan Muyassarxon binoning haqiqiy holati bilan tanishgach, hatto: “bekor oldimmikan?” – deya ikkilanib ham yurdi. Unga qaynotasi Yangiboy ota Oʻrozaliyev va umr yoʻldoshi Maqsudjon yaqin masalahatgoʻy hamda koʻmakchi boʻlishdi. Maqsudjon tadbirkor emasmi, bino taʼmiri uchun 1 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ ajratdi. Joriy rekonstruktsiyadan soʻng “chiroyi” ochilib qolgan binoni quvona-quvona jihozladi. Zamonaviy divan-karavotlar, yumshoq mebellar toʻplamlari, 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan oʻyinchoqlar olib kelib, binoning ichkarisi va hovlisini ertak qahramonlarining rasmlari, haykalchalar bilan bezatdi. 2022-yilda 50-oʻringa moʻljallangan “Shirintoy” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.

Nihoyatda koʻrimsiz holga kelib qolgan binoda “Shirintoy” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida ikki yildan ortiq vaqt yelib-yugurgan Muyassar Matkarimovaning uddaburonligidan, “choqcha”lik yosh oilalar uchun yaratib bergan sharoitidan, nodavlat MTTdagi namunali taʼlim-tarbiya muhitidan eldoshlari bugun mamnun.

Eʼtiborlisi shundaki, mazkur nodavlat MTT tashkil etilishi bilan choykoʻlllik 8 nafar ayol-qizlarning doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi. Farzandini MTTga berish uchun oylab navbat kutadigan yosh onalar uchun qulaylik yaratildi, bolajonlari shundoq oʻzlari yashab turgan mahallaning oʻzida, koʻzlari oldida taʼlim-tarbiya olish imkoniga ega boʻldilar.

Qolaversa, onalar oʻz farzandlarining har tomonlama qulay shart-sharoitlarga ega muassasada tarbiyalanishlarini xohlashadi. “Shirintoy” nodavlat MTTda ana shunday qulay maʼnaviy-maʼrifiy muhit yaratilgan. Farzandlarini mazkur muassasaga berish istagida boʻlgan onalar safi kun sayin oshib borayotganini hisobga olgan Muyassarxon shartnoma asosida bolalarni muassasaga xavfsiz olib kelish va olib ketish boʻyicha xizmatni ham yoʻlga qoʻydi. Endilikda ikkita “Damas” rusumli atomoshinada ovulning olis mahallalaridagi yosh onalarning xotirjam ishlashlari uchun bolajonlar MTTga har kuni oʻz vaqtida olib kelinadi va kechqurun ularni ota onalariga beminnat olib-borib topshirishadi.

Muyassarxonning rejalari koʻp. Kelajakda nodavlat MTTda yasli guruhini ham ochish niyatida. Bundan tashqari, bolajonlar uchun ingliz, rus tili, sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali maktabgacha tayyorlov guruhida tarbiyalanayotgan bolajonlarning til oʻrganish va jismoniy chiniqish koʻnikmalarini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim guruhini tashkil etib, alfavitni va karra jadvalini oʻzlashtirgan bolajonlarni tarbiyalash orzusini roʻyobga chiqarish uchun fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.

- Maqsadim, har tomonlama yetuk va bilimga intiluvchan bolajonlarni tarbiyalash orqali mamlakatimiz taʼlim-tarbiya sohasiga oʻz hissamni qoʻshish – deydi Muyassarxon Matkarimova.

Biz esa tinib-tinchimas fidoyi oʻqituvchi, el-yurt farovonligi, oilalar xotirjamligini taʼminlash yoʻlida beminnat xizmat qilayotgan tadbirkor Muyassarxon Matkarimovaga tolmas kuch-quvvat, ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019