16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 247

Fermer xoʻjaliklarida gʻalladan boʻshagan yer maydonlariga takroriy ekinlar ekilmoqda

Fermer xoʻjaliklarida gʻalladan boʻshagan yer maydonlariga takroriy ekinlar ekilmoqda

Maʼlumki, gʻalladan boʻshagan maydonlarga sabzavot, poliz, kartoshka ekinlarni ekib, takroriy ekin sifatida yetishtirish aholining kuz-qish mavsumlari hamda kelasi yilning may oyigacha boʻlgan muddatlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, mahsulotni eksportga chiqarish, qish mavsumiga saqlash hamda bozorlarda narxlarning barqarorligini taʼminlash imkoniyatini beradi. Qolaversa, fermer xoʻjaliklarida va tomorqa yerlardan oqilona foydalanish orqali 2-3 marotaba hosil olish va kattagina daromad olish mumkin.

Amudaryo tumanida yerdan unumli foydalanib, har yili moʻl hosil olish orqali oʻz oilasining va hamqishloqlarining dasturxonlari toʻkinligiga, qolaversa, bozorlarimizda narx-navoning barqaror boʻlishiga hissa qoʻshayotgan mirishkor dehqonlar, tajribali tomorqachilar va ishbilarmon fermerlar juda koʻp. Ularning fidoyi mehnatlarining samarasi sifatida bugun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yilning toʻrt faslida ham savdo rastalari va doʻkonlarda maqbul narxlarda sotilmoqda.

Amudaryo tumanidagi “Allaberganov Izzatjon” fermer xoʻjaligi raisi Umidjon Allaberganov 2015-yilda yaxshi niyatlar bilan fermer xoʻjaligini tashkil etdi. Xoʻjalikning umumiy ekishlik yer maydoni 60 gektar boʻlib, 25 nafar pudratchi va 10 nafar ishchi faoliyat yuritadi. Tajribali fermer har yili gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarga va ishsiz yoshlarga ularning xohishiga qarab ajratib beradi.

Shunday yoshlardan biri fermerdan yer olib, oʻz mehnatsevarligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan Diyorbek Ashirovdir.

Fermer xoʻjaligida ayni kunlarda asosan sabzi, osh lavlagi, gulkaram, piyoz, turp, sholgʻom, bodring, sarimsoqpiyoz, koʻkatlar, sabzavot hamda kartoshkalar ekilmoqda. Ijtimoiy himoya daftarlarida turuvchi aholiga fermer tomonidan yer maydonlari ajratib berilgani ularning daromad manbaiga ega boʻlishiga, qolaversa bozor rastalarining arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanishiga katta hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

2002-yilda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan tajribali fermerlardan biri –“Beshboyev Qurbongʻali” fermer xoʻjaligi rahbari Qurbongʻali Beshboyev ham fermer xoʻjaligidagi 73 gektar ekishlik yer maydonining 47 gektariga paxta, 14 gektariga gʻalla ekkan edi.

Endilikda fermer gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turuvchi ishsiz fuqarolarning 50 nafariga shudgorlatib, ekin ekishga tayyor holatda ajratib berdi. Bandligi taʼminlangan aholi oʻzlariga koʻrsatilgan bu kabi eʼtibor va daromad topishlari uchun yaratilgan sharoitdan mamnun boʻlib, dalalarda javlon urib mehnat qilishmoqda.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bugungi kunda poliz ekinlaridan qovun, tarvuz, tariq, mosh, loviya, sabzavotlardan qalampir va boshqa kabi ekinlarini ekib yetishtirish avvalo takroriy ekin hilma-xilligini, ushbu ekinlarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga zamin boʻlmoqda. Qolaversa, aholining bandligi taʼminlanishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019