16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 250

Sugʻorish tizimiga yangicha yondashuv boʻyicha fermer xoʻjaligi raxbarlari, suvchi irrigatorlar, bank xodimlariga oʻquv seminar tashkil etildi

Sugʻorish tizimiga yangicha yondashuv boʻyicha fermer xoʻjaligi raxbarlari, suvchi irrigatorlar, bank xodimlariga oʻquv seminar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-aprel kuni suv xoʻjaligida amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazgan edi. Yigʻilish avvalida suv yoʻqotilishi, nasos stantsiyalarining energiya isteʼmoli koʻpligi, suv zaxiralari kamligi hamda suv tejovchi texnologiyalar bilan bogʻliq boʻlgan 4 ta katta masala muhokama qilindi. Yigʻilishda kanallarning foydali ish koeffitsiyenti pastligi va ichki tarmoqlarda suv koʻp yoʻqotilishi oqibatida qishloq xoʻjaligida yiliga 4 milliard 800 million dollar kam daromad olinayotganligi taʼkidlanib, yangicha sugʻorish tizimini joriy qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Agrobank, Suv xoʻjaligi vazirligi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida Suvchilar maktabi tashkil etilib Respublikamizning barcha tumanlarida joylarga chiqqan holda fermer xoʻjaligi rahbarlari, suvchi-irrigatorlar, bank xodimlarini oʻqitish vazifasi yuklatildi.

Amudaryo tumanida ham Suvchilar maktabining tajribali oʻqituvchilari tomonidan tumandagi fermer xoʻjalik raislari, bank va irrigatsiya boʻlimi xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi. Oʻquv seminarda Suvchilar maktabini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va maktabning asosiy vazifalari xususida batafsil maʼlumot berildi.

Sektorlar kesimida guruhlarga boʻlingan ishtirokchilarga 3 kun davomida malakali mutaxassislar sohaga oid bilim va koʻnikmalarni berdilar.

Taʼkidlab oʻtilganidek, yildan yilga havo haroratining va aholi sonining oshishi, yogʻin miqdorining keskin kamayib ketishi hisobiga suv zahirlariga boʻlgan talab ham tobora ortib bormoqda.

Qolaversa, sugʻorma dehqonchilikda foydalanadigan suv zaxiralarimizning 80 foizi transchegaraviy daryolar hisobiga toʻgʻri kelishi, chegara hududlarda joylashgan qoʻshni davlatlarda ham suvga boʻlgan talabning oshib borishi suv zaxiralarining keskin kamayishiga sabab boʻlmoqda.

Seminar davomida yaqin kelajakda oldimizda kutib turgan mazkur muammolarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, buning uchun zamonaviy sugʻorish usullariga oʻtilishi lozim. Zamonaviy sugʻorish usullaridan biri sifatida yopiq quvurli sugʻorish tizimini joriy qilish va uni tajribada sinab koʻrish koʻzda tutilmoqda.

Ayni kunlarda ushbu loyiha xarajatlarini qisqartirish, yopiq quvurli sugʻorish tizimini joriy qilish boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqilmoqda. Prezidentimiz oʻzining videoselektor yigʻilishida uzoq dalalarga suv nasos stantsiyalari yordamida yetkazilishi, ularning aksariyati eskiligi tufayli elektr energiyasi isteʼmoli juda yuqoriligini, hali birorta ham yirik nasos stantsiyasi muqobil energiya manbaiga oʻtkazilmaganini, shu bois nasos stantsiyalarini xususiy sheriklikka berish, samarali loyihalarga qulay shartlarda kreditlar ajratilishi yoʻlga qoʻyilishini aytib oʻtgan edi.

Shuningdek, videoselektor yigʻilishida sel suvlarini kichik manbalarda jamgʻarish mumkinligi, bu borada tashabbuskorlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlangan edi.

Albatta, respublikamizdagi barcha fermer xoʻjaliklari ommaviy ravishda zamonaviy sugʻorish metodlariga oʻtayotgan bir jarayonda agrotexnik tadbirlar, moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelishi tabiiy.

Suvchilar maktabi tomonidan tashkil etilayotgan oʻquv seminarlari fermer xoʻjaliklarining yuqoridagi kabi muammolarga duch kelmasliklari va sugʻorish tizimida yangicha yondashuvlarni tatbiq etishlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Fotima Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019