16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:54
Sport 👁 358

“SALOMATLIK SARI 5000 QADAM” OMMAVIY SPORT MAShQLARI OʻTKAZILDI

“SALOMATLIK SARI 5000 QADAM” OMMAVIY SPORT MAShQLARI OʻTKAZILDI

Jismoniy faollik insonga nafaqat salomatlik baxsh etadi, balki kayfiyatini yaxshilaydi, kun boʻyi ishda va oʻqishda tetiklik bilan oʻz faoliyatini yuritish imkonini beradi. Shu bois, butun mamlakatimiz boʻylab, aholi oʻrtasida haftaning maʼlum bir kunida “Salomatlik kunlari”ni oʻtkazish, ushbu tadbirga barcha yoshdagi fuqarolarni keng qamrab olish maqsadida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” piyoda yurish ommaviy sport mashqlari tashkil etilmoqda. Shunisi eʼtiborliki, mazkur tadbir doirasida ertalabki badantarbiya mashqlari ham bajarilayotgani ishtirokchilarda qiziqish uygʻotib, ularga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.

Joriy yilning 17-iyul sanasida Amudaryo tumanining Mangʻit shahri hududidagi mahallalar aholisi ishtirokida ham “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” piyoda yurish ommaviy sport mashqlari tashkil etildi.

Aholining ixtiyoriy ravishda, jipsligi asosida oʻtkazilgan mazkur tadbirda nafaqat Mangʻit shahri, balki shahar atrofidagi ovul va mahallalarda yashovchi aholi vakillari va yoshlar ham ishtirok etishdi.

Ommaviy mashqlarda tumanning Amir Temur nomli, Arna boʻyi, Doʻstlik, Beruniy nomli, Oybek nomli, Bosuv, Yangiobod ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchilari boshchiligidagi mazkur ovul va mahallalar yoshlari faollik koʻrsatdilar.

Tadbirda turli yosh toifasidagi ayol-qizlarning ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ularning birdaniga oʻta faollik bilan tez harakatlanmasliklari, piyoda yurishda asta-sekinlik bilan harakat qilish, yengil qadam tashlash zarurligi tushuntirildi. Shundan soʻng, Boʻston, Gulzor, Olmazor mahallalarining koʻcha boshchi ayollari, barcha yosh toifasidagi xotin-qizlar oʻz mahallalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari boshchiligida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” tadbirida qatnashdilar.

Amudaryo tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi masʼul mutaxassislari, yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, Amudaryo tuman sport maktabi ishchi xodimlari hamda Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi mutaxassis-xodimlari shafʼeligida maroqli oʻtgan piyoda yurish sport mashqlarida ishtirokchilar markaziy oʻyingohdan tuman tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyigacha piyodalar yoʻlakchasidan yurib bordilar.

Tadbir davomida muzey oldidagi shinam, bahavo maydonchada sport maktabi mutaxassislari tomonidan badantarbiya mashqlari oʻtkazildi.

“Salomatlik sari 5000 qadam” piyoda yurish sport mashqlarida jami 168 nafar kishi ishtirok etishdi va tadbir yakunida ularning barchasi piyoda yurish orqali oʻzlarini tetik va bardam his qilayotganliklarini aytishib, piyoda yurishni har kuni, har kim ixtiyoriy ravishda amalga oshirishi zarurligini taʼkidladilar.

Ayniqsa, ertalabki piyoda yurish va badantarbiya mashqlari insonning har tomonlama faollashuviga, turli xil kasalliklarga chalinish xavfini kamaytirishga, shuningdek, keksa yoshdagi kishilarning tayanch, boʻgʻim harakatlaridagi muammolarni imkon qadar kamaytirishiga olib kelishi haqida tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan berilgan zarur tavsiyalardan mamnun boʻldilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026