16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:08
Salomatlik 👁 301

Mahalla – tarbiya maskani. “SOGʻLOM MUHIT – SOGʻLOM HAYoT” LOYIHASI DOIRASIDA OShKORA MULOQOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Mahalla – tarbiya maskani. “SOGʻLOM MUHIT – SOGʻLOM HAYoT” LOYIHASI DOIRASIDA OShKORA MULOQOT TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Biz hammamiz mahallada yashaymiz. Jamiki orzu-niyatlarimiz, dard-u tashvishlarimiz bilan ana shu goʻzal jamoaviy birlik ogʻushida oʻzimizni erkin, osoyishta his qilamiz. Shuning uchun ham qayerda boʻlishimizdan qatʼiy nazar hayotimizning har bir nurli kuni yakunida, oqshomlarda mahallamiz tomon intilamiz. Uning har bir koʻchasi, charogʻon xonadonlari yuragimizga juda yaqin, sevimli. Ona Yurtga muhabbat, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻusi yuragimizga mahallamizga va demakki, oilamiz va mahalladoshlarimizga boʻlgan cheksiz mehr bilan qorishib, bu soʻlim goʻsha bizni oʻz bagʻriga chorlayveradi. Nazarimda ana shu tuygʻularga hamroh boʻlgani uchun inson shaxs sifatida shakllanadi, feʼl-atvorini odamiylik fazilatlari ila ziynatlaydi. Lekin...

Lekin insonlar hayoti bir tekis, ravon kechmaydi. Chunki inson qanchalik kuchli aql-zakovat egasi, dunyoni oʻzgartirishga qodir qudratli hukmdor boʻlishi mumkin, agar u oʻz hissiyotlarining quliga aylanmasa. Donishmand bobolarimiz bekorga: “hissiyotlarini jilovlay bilmagan inson, agar u hukmdor boʻlsa, nafaqat oʻzini, balki xalqi va mamlakatini ham halokatga yetaklaydi”, deyishmagan.

Insonning mahalladoshlari oldida obroʻ-eʼtiborli, oilaparvar shaxs sifatida gʻurur bilan yashashga monʼelik qilayotgan illatlardan biri bu alkogol isteʼmoli bilan bogʻliq salbiy holatdir. Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 15-49 yoshdagi erkaklar oʻrtasidagi barvaqt oʻlimning 12 foizi, (yaʼni har – 8-9 nafar erkakning bir nafari) aynan alkogol isteʼmoli bilan bogʻliq. Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti monitoringiga koʻra, Oʻzbekistonda soʻnggi oʻn yillar davomida aholi orasida alkogol isteʼmol qilish 35 foizdan ham oshgan. Achinarlisi shundaki, 15 yoshdan katta boʻlgan erkaklar orasida yiliga oʻrtacha salkam 16 litr alkogol ichimliklari isteʼmol qilinishi oqibatida alkogol isteʼmoli bilan bogʻliq zararli odatlar tufayli yurak-qon tomir, rak kasalliklari, qasddan va tasodifiy sodir etilgan ogʻir tan jarohatlari, yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlmoqda. Bundan ham yomoni, ayrim oilalarda notinchlik, ajrashishlar, oʻrtada yarim yetim ulgʻayishiga majbur bolalar soni oshib bormoqda.

Soʻnggi yillarda nafaqat alkogol isteʼmoli, balki giyohvandlik illati butun dunyoni tashvishga solayotgan global muammolardan biridir. Bu illat insonlar sogʻligiga, jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid va xavf-xatar manbaiga aylandi. Bugungi kunda dunyo miqyosida oʻz ehtiroslarini jilovlay olmagan 200 milliondan ziyod odam ushbu illatning quliga aylanib qolgan va BMT maʼlumotlariga koʻra, ushbu ogʻu har yili 200 mingdan ziyod odamning umriga zomin boʻlmoqda. Bundan tashqari, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning salkam 60 foizi giyohvandlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Xoʻsh, oʻz hissiyotlariga qul boʻlgan insonlar, kimlar? Ularni oʻzlari bilib-bilmay tushib qolgan yoqimsiz illatlar komidan qaytarish borasida atrofidagi sogʻlom fikrli insonlar, mahalla faollari, mahalladoshlari, jamoat tashkilotlari masʼullari qanday ishlarni amalga oshirishmoqda?

Amudaryo tumanida oilalar tinchligiga raxna soluvchi yuqoridagi kabi illatlarga qarshi kurashish borasida Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman IIBning hududiy profilaktika inspektorlari, ovul va mahallalardagi xotin-qizlar faoli, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi narkologiya xonasi shifokorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar, tushuntirish-targʻibot uchrashuvlarida aholi vakillari faollari keng qamrab olinmoqda. Xususan, “Oila - muqaddas”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Qiz bola oilaning, er bola elning koʻrki”, “Salomatlik – sogʻlom oila poydevori”, “Alkogol isteʼmoli – oilalar kushandasi” mavzusidagi oshkora muloqot va davra suhbati shaklidagi tadbirlarning mutaxassis shifokorlar, namunali oilalar boshliqlari va bekalari, xotin-qizlar faollari, yoshlar va hududiy profilaktika inspektorlari ishtirokida oʻtayotgani oʻzining samarasini bermoqda.

Joriy yilning 19-iyul sanasida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi namunali tumanlararo markazida boʻlib oʻtgan Amudaryo televideniyesining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant-loyihasi doirasidagi tadbirda ham masʼullar yosh oilalarning notinchligiga, insonlarning barvaqt oʻz sogʻligidan ajralishlariga, hatto hayot baʼzi holatlarda jinoyatlar sodir boʻlishiga olib kelayotgan alkogol isteʼmoli, giyohvandlik, shuningdek, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish borasida soʻz yuritildi. “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi doirasidagi “Oila tinchligi – mahalla va el-yurt osoyishtaligi” mavzusidagi tadbirda Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova, “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant-loyihasi koordinatori, jurnalist Robiya Yoʻldosheva, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi namunali tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva hamda TTB koʻptarmoqli markaziy poliklinika narkologiya xonasi narkolog-shifokori Bahodir Chorshamov, TTB shifokori Jumaboy Yavqashev, ovul va mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda namunali oila bekalari ishtirok etdilar.

Ochiq va oshkora, samimiy muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda Amudaryo tuman xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova oila mustahkamligini taʼminlashda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar boʻlimi huzurida tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida soʻz yuritdi. Unga koʻra, mazkur markazda oila qurayotgan yoshlarga zararli odatlarga berilmaslik, ayniqsa, alkogol isteʼmoli, giyohvandlik illatiga ruju qoʻymaslik xususida keng tushunchalar berib borilayotgani, mazkur markazda har oyda 15 juft oila qurish arafasida turgan kelin-kuyovlar oʻqitilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan jurnalist Robiya Yoʻldosheva “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi doirasidagi bu kabi muloqot tadbirlarining ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar xususida toʻxtalib, statistik maʼlumotlarga koʻra, erta turmush qurgan yoki alkogol isteʼmoli, giyohvandlikka ruju qoʻygan yosh oilalar juda koʻp hollarda erta ajralib ketayotganlari, turmushdagi muammolar yechimini topishda tajribasizliklari tufayli tirik yetimlar safining oshishiga sabab boʻlayotganlarini afsus bilan qayd etdi.

Shuningdek, tadbirda masʼullar hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishining oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qator Farmon va Qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ning tegishli bandlariga asosan ayni paytda Amudaryo tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi surunkali ichkilikbozlikka berilgan 176 nafar shundan 4 nafar giyohvand bemor respublika narkologiya dispanseri hisobida roʻyxatga olingan boʻlib, ularning salomatligi, bundan ham muhimi, oila aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlari doimiy nazoratga olingan. Roʻyxatga olinganlardan 3 nafari ixtiyoriy ravishda, 7 nafari majburiy ravishda Taxiatosh shahridagi Respublika Narkologiya dispanserida davolanishga yuborilgan. Shuningdek, har birining oilasiga borib, oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazildi, zarur maslahatlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻz hissiyotlariga qul boʻlib, oʻziga va oila aʼzolariga tashvishlar keltirayotgan bu kabi shaxslarning hayotlarini toʻgʻri yoʻlga solish yuzasidan maslahatlar, zarur fikrlar bildirdilar. Shu bilan birga mahalla – har bir inson uchun tarbiya maskani ekanligini, shu bois, mahalladoshlar biri-birining taqdirlariga befarq boʻlmasdan, zarur paytda hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, maslahatlar berishlari zarurligini qayd etdilar. Bundan tashqari, erta turmush qurish va qarindoshlar nikohining zararli oqibatlari xususida oʻzaro fikr ashmashdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019