16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Salomatlik 👁 259

Yoshlar kamoliga xizmat qilayotgan tashkilot

Yoshlar kamoliga xizmat qilayotgan tashkilot

Yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish ishlariga hissa qoʻshish maqsadida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – yurt kelajagi” nomli grant loyihasi doirasida tumandagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Loyiha hamkorlaridan biri “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti aʼzolarining bu boradagi saʼy-harakatlari ayniqsa eʼtiborga sazovor. Qariyb sakkiz yildan beri faoliyat yuritib, tumandagi iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularning iqtidorini yuksaltirishga va oʻzligini namoyon etishiga xizmat qilib kelayotgan tashkilot aʼzolari soni kundan kunga koʻpayayotgani uning nufuzi oshayotganidan darak beradi.

Bugungi kunda tashkilot qoshida faoliyat yuritayotgan kutubxona oʻsmirlar, yoshlarning sevimli maskaniga aylangan desak, xato boʻlmaydi. Bu bejiz emas. Tashkilot raisi, iqtidorli jurnalist, matbuot faxriysi Oʻrozali Reyimov tumanimiz maktablarida, ovul, mahallalarida boʻlib, iqtidorli yoshlarni izlab topishga, ular bilan suhbatlashishga hech erinmaydi, talantli yoshlarni tashkilotga birlashtirib, turli adabiy tadbirlar uyushtiradi.

Ayni kunda tumanda 200 nafarga yaqin turli yoshdagi ijodkorlarning roʻyxati Oʻrozali Reyimovning ish stolida turibdi. Yosh ijodkorlar sheʼr, hikoyalari jamlangan “Ummondan terilgan marjonlar” toʻplami 2022-yilda yorugʻlikka chiqdi.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umumminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, kelajagimiz egalarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning zararli taʼsirlaridan himoya qilish borasida ham tashkilot tomonidan aytishga arzigulik ishlar amalga oshirilayapti. Bu borada maktablar oʻquvchilari orasida turli mavzularda oʻtkazilayotgan insholar, rasmlar tanlovlari, yosh ijrochilarning kontsertlari va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish borasida “Kitobxon yoshlar” tanlovlarini aytib oʻtish joiz.

Shu yilning 19-iyulida tumandagi 41-sonli maktabdagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining yosh rejissyor, jurnalist va notiq toʻgaragi aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan “Kitoblar karvoni” tadbirida tashkilot qoshidagi kutubxonaning maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan kitoblaridan namunalar namoyish etildi va oʻquvchilar kutubxonaga aʼzo boʻlishga, ularni olib oʻqishga daʼvat etildi.

Shuningdek tadbirda"Barkamol avlod" bolalar maktabining 41-sonli maktabdagi yosh rejissyor, jurnalist va notiq toʻgarigi rahbari Ziyoda Sadaddinova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti aʼzosi Oygul Rajabovalar ham oʻquvchilarni kitoblar mutolaasiga chorlab, undan olinadigan bilimning inson hayotidagi ahamiyatiga keng toʻxtaldilar. Ular kitob oʻqish odamni hayotda oʻz oʻrnini topishiga, yuksak axloq-odobni oʻz xarakterida shakllantirishga va hurmat-eʼtibor qozonishiga zamin boʻlishini taʼkidladilar.

Tashkilot tomonidan kitob mutolaasini targʻib etuvchi buningdek tadbirlar tez-tez oʻtkazib turiladi. 5-marta turli tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirildi.

Tashkilotda ayni kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi sharafiga bugungidek dorilomon kunlar qadrini yoshlar ongiga singdirishga ularni shu aziz Vatanimizning munosib farzandlari boʻlib yetishishga daʼvat qiluvchi tadbirlar oʻtkazishga saʼy-harakatlar boshlanib ketdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019