16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:26
Siyosat 👁 432

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 62-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 62-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 21-iyul kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 62-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 23-Bobur saylov okrugidan deputat Shavkat Yangibayev saylandi.

Sessiyada dastlab mahallalarda ehtiyojmand oilalar boʻyicha ijtimoiy daftarlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektorlar masʼullarining hisobotlari tinglandi.

1-sektor hududida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida Amudaryo tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Rashid Salayev hisobot berdi. Hisobotda keltirilib oʻtilganidek, birinchi sektor hududida yashovchi 597 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgan boʻlib, ularga 1,3 mlrd. soʻmlik moliyaviy koʻmak berilgan va ushbu oilalarning 587 tasi doimiy daromad manbaiga ega boʻlib, daftardan chiqarilgan.

Undan tashqari, 1-sektor hududida “Ayollar daftari”ga 1 182 nafar xotin-qizlar kiritilgan boʻlib, shundan 935 nafariga amaliy yordamlar koʻrsatilgan. “Yoshlar daftari”da turuvchi 117 nafar yoshlarga turli yordamlar koʻrsatilib, 99 nafari daftardan chiqarilgan.

Mazkur masala yuzasidan tuman prokurorining katta yordamchisi Sharyar Joldasov hisoboti berdi. Hisobotda taʼkidlanganidek, 2-sektor hududida “Bandlik” dasturiga muvofiq joriy yilning 5 oyi davomida Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 171 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan. Shulardan 118 nafari yoshlar, 53 nafari xotin-qizlardir. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 2-sektor xududida 5-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinib, yarmarkaga 35 ta korxona va tashkilotlardan 133 boʻsh ish oʻrinlari taklif qilingan. Ushbu ish oʻrinlariga 120 nafar fuqaro ishga joylashtirilib, 41 nafar shaxsga ishga yoʻllanma berildi. 2-sektor hududida ishsizlik darajasi va norasmiy bandlar sonini kamaytirish maqsadida, 158 nafar fuqaro jamoat ishlariga jalb qilindi.

Shundan soʻng, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupovning kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda taʼkidlanishicha, “Temir daftar”da roʻyhatda turuvchi 814 nafar extiyojmand oilalarning 790 nafariga turli yordamlar koʻrsatilib, daftardan chiqarilgan. Shuningdek, 3-sektor hududida oila aʼzolari daromad topishga, kasb oʻrganishga xarakat qilayotgan 466 ta xonadonlar aniqlanib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hokim yordamchilari tomonidan 357 nafar fuqaroga 2,5 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan.

Sessiya ishida kun tartibidagi masala yuzasidan 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitovning ham hisoboti tinglandi. Qayd etilganidek, 2023-yilning 6 oyi davomida sektor rahbari tomonidan 29 ta sayyor qabullar oʻtkazilgan. Ushbu sayyor qabullarda jami 277 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 197 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 35 ta murojaat oʻrganish jarayonida.

Sessiya kun tartibida tumanda sogʻliqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamning koʻrsatilishi boʻyicha tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari Hakimjon Sobirovning hisoboti tinglandi.

Qayd etib oʻtilganidek, tuman tez tibbiy yordam boʻlimi yil boshidan boshlab Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpogʻiston filiali tarkibiga kiritildi. Boʻlimning tarkibida 1 ta markaziy podstantsiya va 11 ta shaxobcha mavjud boʻlib, jami 16 brigada ishlamoqda. 2023-yilning 6 oyi davomida tez tibbiy yordam boʻlimiga kelib tushgan barcha murojaatlar soni 25 952 tani tashkil qilgan boʻlsa, 25 776 nafar bemorga tez tibbiy yordamlar koʻrsatilgan.

Sessiya ishida Amudaryo tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan ham joriy yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham hisobot tinglandi. Shoʻʼba rahbari Jahongir Xolmurodovning hisobotida taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-yarim yilligi davomida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarga 10 ta vasiylik va 12 ta homiylik tayinlandi, farzandlikka berilganlar esa 18 tani tashkil qildi. Bugungi kunda tuman Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasining nazoratida boʻlgan jami 102 nafar bolaning 39 nafari chin va ijtimoiy yetim bolalardir.

Sessiya ishida Amudaryo tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Axborotda keltirilib oʻtilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 30-iyun sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan 2042 ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 2007 tasi koʻrib chiqilgan. Ushbu murojaatlardan 1638 tasi qanoatlantirilgan hamda 990 tasi ijobiy hal qilingan. 633 tasiga esa huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yuzasidan ham axboroti tinglandi.

Qayd etilganidek, tumandagi hokim yordamchilarining amaliy koʻmagi natijasida shu kungacha jami 279 ta tadbirkorlik subʼektlari yangidan tashkil etilgan. Shulardan 127 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻlsa, 152 tasi yuridik maqomdagi tadbirkorlardir.

Sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqilib, barcha masalalar yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026