17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 15:22
Jamiyat 👁 187

“MAHALLABAY” HUQUQIY TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

“MAHALLABAY” HUQUQIY TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Yurtimizda aholining munosib sharoitlarda mehnat qilishi, yashashi uchun barcha sharoitlar mavjud. Ularning bu imkoniyatlarining qonuniy asosi ham yaratilgan. Kundan kunga obod boʻlib borayotgan hududlardagi koʻrkam hovli- joylar, kishilarning emin-erkin yashayotgani, dasturxoni toʻkinligi farovonlikdan darak beradi. Bularning bari tinchlik-osoyishtalik tufaylidir.

Ha, tinchlik-osoyishtalik bebaho neʼmat. Afsuski, oramizda buningdek dorilomon kunlarning qadriga yetmay, oʻz insoniylik burchini anglamay, turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etishga moyil boʻlib borayotganlar ham uchraydi.

Mavjud holatlar inobatga olingan holda hududlarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik soniga qarab, ovul-mahallalar toifaga ajratilib, jinoyatchilik soni oshgan mahallalarda koʻngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan “mahallabay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan jinoyatlar soni oshgan “qizil” toifadagi hududlar – Mangʻit shahridagi Doʻstlik, Oybek nomli mahallalarda hamda Oʻrta qalʼa va Kuyuk koʻpir ovullarida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “mahallabay” huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazdilar.

Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Nilufar Jumaniyazova tadbir qatnashchilariga tegishli mahalladagi jinoyatchilik holati, sodir etilayotgan jinoiy va maʼmuriy huquqbuzarliklarning kelib chiqishi, oqibatlari haqida maʼlumotlar berib, oʻylamay qilingan noqonuniy harakatlar kelgusida inson hayotiga salbiy taʼsir etishini batafsil tushuntirdi.

Shuningdek, qonun ustuvorligini taʼminlashda aholi keng qatlamining, ayniqsa yoshlarning oʻrni alohida ekanligiga toʻxtaldi. Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, korruptsiya balosiga berilgan har qanday rahbarga javobgarlik muqarrarligi, mansabdor shaxslarning bevosita xalq oldida masʼul ekanligi va avvalo xalqqa xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, davlat organlari byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymay, fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida toʻliq koʻrib chiqishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashi shart ekani alohida qayd etildi. Yigʻilish ishtirokchilariga aholining odil sudlovdan foydalanish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi, aholiga oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilish va roʻyobga chiqarish yoʻlidagi barcha muammolarni qonuniy asosda hal etish kerakligi taʼkidlandi.

Tadbirlarda tuman Adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi Bahrom Sobirov ham soʻzga chiqib, oilaviy nizolarning, xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazishning oldini olish, majburiy va barvaqt nikohning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berdi. Yigʻilganlarga tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalanishning qonuniy asoslari, oilaviy nizolar vaqtida bolalardan foydalanmaslik xususida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali oʻtkazish uchun tashkil qilingan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbirlarda ishtirok etgan fuqarolar huquqshunoslar maʼruzalarini qiziqib tingladilar va huquqiy sohaga oid savollar berib, batafsil javoblar oldilar.

 Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026