16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Siyosat 👁 175

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh BOʻYIChA DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Amudaryo tuman hokimining 2023-yil 8-iyuldagi joriy yilning 10-iyul - 10-avgust kunlari oraligʻida tuman hududida “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kun” tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 17-iyul sanasida Amudaryo tumanining Doʻrman ovulida joylashgan “Qaldirgʻoch” bolalar dam olish oromgohida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrgazmali maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Oʻquv mashqiga Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi va fuqaro muhofazasi boʻlinmasi boshligʻi, mayor Bekzod Tajibayev hamda boʻlinma inspektori leytenant Hasan Hayitboyevlar ishtirok etishdi va mashqlarni belgilangan reja asosida olib borishdi.

Ushbu oʻquv mashqini oʻtkazishdan asosiy maqsad oromgoh hududida yongʻin sodir boʻlganda obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining amaliy harakatlarini va koʻnikmalarini oshirish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obʼekt rahbarlar tarkibi hamda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini takomillashtirishdan iboratdir. Shuningdek, tadbirdan boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining kechiktirib boʻlmaydigan yongʻin oʻchirish va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining oʻz majburiyatlarini aniq va toʻgʻri bajarishini amaliyotda sinash va oʻrganish kabi maqsadlar ham koʻzlangan. Maxsus taktik oʻquv mashqi oʻtkazish orqali dam olayotgan oʻquvchi-yoshlarga yongʻinning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tushunchalar berish va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish orqali oʻquvchi-yoshlarning bu boradagi koʻnikmalarini rivojlantirish ham koʻzda tutilgan.

Oʻquv mashqining 1-bosqichida “Qaldirgʻoch” bolalar dam olish oromgohidagi maydonda yongʻinlar bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar roʻy berganda obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasining tezkorlik bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish harakatlari amalda koʻrsatib berildi.

2-bosqichda esa “Qaldirgʻoch” bolalar dam olish oromgohida yongʻin sodir boʻlganda jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda yongʻinni bartaraf etish harakatlari amalda koʻrsatilib, tadbir ishtirokchilariga zarur tavsiyalar taqdim etildi.

Oʻquv-mashqining ikkala bosqichi ham koʻrgazmali vositalar orqali olib borilgani bois, oromgohda dam olayotgan oʻquvchi-yoshlar haqiqatdan ham yongʻin sodir boʻlgan qaltis vaziyatlarda asosan nimalarga eʼtibor qaratish zarurligini, shuningdek, oddiy fuqarolarning yongʻin-qutqaruv xizmati xodimlarining koʻrsatmalariga amal qilishi borasidagi koʻnikmalariga ega boʻldilar.

Oromgohda dam olayotgan bolalar ham yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish boʻyicha dastlabki bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, odatda yongʻin sodir boʻlayotganda bolalar hech kim topa olmaydigan joyga yashirinishadi. Bola xavf haqida xabar bermoqchi boʻlib, qichqirishi mumkin, ammo bunday hollarda ovoz odatda chiqmay qolish mumkin. Shuning uchun bolalarga xavfsizlik qoidalarini kichkinaligidanoq oʻrgatish va yongʻin qanday xavfli ekanini tushuntirish lozim.

Tadbir yakunida oromgohda dam olayotgan oʻquvchi-yoshlar masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va zarur javoblar oldilar.

I.Hosilov, Amudaryo tumani FVB boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019