16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Sport 👁 234

AMUDARYoDA STOL TENNIS BOʻYIChA QORAQALPOGʻISTON ChEMPIONATI OʻTKAZILDI

AMUDARYoDA STOL TENNIS BOʻYIChA QORAQALPOGʻISTON ChEMPIONATI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida sportning stol tennis turi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionati boʻlib oʻtdi.

2-4-avgust kunlari davomida tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabning yozgi sport maydonchasida 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu chempionat musobaqalarida Respublikamizning barcha tumanlaridan kelgan sportchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Chempionatning dastlabki kunida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida sportchi-yoshlar bilan birga Amudaryo tumani Sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov, sport murabbiylari, tumanlardagi Sport maktablarining stol tennis boʻyicha trenerlari ham qatnashishdi. Ochilish marosimiga bagʻishlangan mazkur tadbirda Sport maktab direktori Chorsham Tajimurodov soʻzga chiqdi va chempionat musobaqasini ochib berdi.

U oʻz soʻzida mazkur chempionatdan koʻzlangan asosiy maqsad, iqtidorli yosh tennischilarni saralash, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash ekanligini aytib, mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jumladan, stol tennisi boʻyicha mahoratli sportchilar kamol topishlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi. Chempionat musobaqalarida ishtirok etish uchun kelgan yosh tennischilar orasidan kelgusida Osiyo va Olimpiya oʻyinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan mohir sportchilar yetishib chiqishiga umid bildirib, barchasiga omad tiladi.

Tantanali ochilish marosimidan soʻng, ishtirokchilar qizgʻin bahslarga kirishishdi. Ushbu musobaqalarda 15 ta tumandan tashrif buyurgan 75 nafar oʻgʻil bolalar va 56 nafar qiz bolalar ishtirok etishdi. Tennischilar yakkalik, juftlik va jamoaviy tarzdagi bahslarda oʻzaro raqobatlashdilar. Oʻyin davomida yosh sportchilar chaqqonlik, abjirliklarini koʻrsatib, trenerlardan oʻrgangan stol tennis sirlarini mohirona qoʻllab, gʻolib boʻlishga harakat qildilar. Yosh sportchilarning bu intilishlari besamar ketmadi va chempionat gʻolibligini qoʻlga kiritishga erishishdi.

Yakkalik bahslarida oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1-,2-,3-oʻrinlarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi jamoasi qoʻlga kiritdi. Juftlik bahslarida esa Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi 1-oʻrin sohibi boʻldi. Shuningdek, 2-oʻrin Chimboy tumani, 3-oʻrin Amudaryo tumani yosh sportchilariga nasib qildi. Jamoalar oʻrtasidagi bahslarda 1-oʻrinni Qonlikoʻl tumani, 2-oʻrinni Chimboy tumani, 3-oʻrinni Amudaryo tumani va Ellikqalʼa tumani tennischilari qoʻlga kiritishdi.

Qizlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida 1-,2-,3-oʻrinlarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi tennischilari, juftlik bahslarida 1-oʻrinni nukuslik tennischilar, 2- va 3-oʻrinlarni amudaryolik tennischilar, 3-oʻrinni Taxiatoshlik tennischilar egallashdi. Jamoaviy bahslarda esa 1-oʻrinni Qonlikoʻl tumani, 2-oʻrinni Taxta koʻpir tumani, 3-oʻrinni Taxiatosh tumani, 3-oʻrinni Nukus tumani sportchi yoshlari qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Chempionat yakunida barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻtgan bahslarda gʻolib boʻlgan sportchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari, chempionat kubogi tantanali tarzda topshirildi. Musobaqalarda 1-oʻrin gʻolibi boʻlgan yosh tennischilarga sport jamlanmasidan iborat sumkalar sovgʻa qilindi.

Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun yurtimizda qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz esa oʻzlari uchun sevimli boʻlgan sport turlari bilan shugʻullanib, yuksak marralar sari olgʻa bormoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019