16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Qishloq xoʻjaligi 👁 157

DOʻRMAN OVULIDA IShSIZ YoShLARGA BIR MARTALIK FOYDALANISh UChUN BERILGAN EKIN MAYDONLARDA MOʻL HOSIL YeTIShTIRILMOQDA

DOʻRMAN OVULIDA IShSIZ YoShLARGA BIR MARTALIK FOYDALANISh UChUN BERILGAN EKIN MAYDONLARDA MOʻL HOSIL YeTIShTIRILMOQDA

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini taʼminlashga, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Aholisining 30 foizidan ortigʻini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadigan mamlakatimizda shu sababli ham yoshlarning turmushi farovon boʻlishi uchun gʻamxoʻrliklar kuchaymoqda. Kelajak egalarini har tomonlama komil insonlar qilib voyaga yetkazish, ularning iqtidorini, salohiyatini davlatimiz hamda jamiyatimizni rivojlantirishga yoʻnaltirishga eʼtibor kuchaymoqda, ehtiyojmand yoshlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Amudaryo tumanining Doʻrman ovulida ham yoshlar bandligini taʼminlash, ularning doimiy daromadga ega boʻlishi va hayoti farovonlashuviga erishish borasida koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Joriy yilning oʻzida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 4 nafar talabalarning toʻlov-shartnoma pullari toʻlab berildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Mahliyo Jumamurodovaga imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasi olib berilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashildi. 1 nafar ishsiz yoshga esa uzoq muddatli ijaraga yer olib berildi.

Ovul fuqarolar yigʻini masʼullari uyma-uy yurib, aholi hayotidan xabar olib, turmushidagi muammolarni aniqlashga, ularni imkon qadar joyida hal etishga intiladilar. Ana shunday saʼy-harakatlar natijasida yaqinda yana 24 nafar kam taʼminlangan yoshlar uchun imkoniyat yaratilgan – ularga hududdagi fermer xoʻjaliklarining bugʻdoydan boʻshagan va sugʻorib ekishga tayyorlangan 5 gektarga yaqin ekin maydonlari bir martalik foydalanish uchun ajratib berilgan edi.

Xususan, “Beshboyev Qurbongʻaliy” fermer xoʻjaligidan 5 nafar, “Pirnazarov Toʻraboy” fermer xoʻjaligidan 6 nafar, “Kamoliddin Bekniyoz” fermer xoʻjaligidan 6 nafar, “Xivali ovul” fermer xoʻjaligidan 7 nafar yoshlarga 20 sotixdan yer takroriy ekin ekish uchun ajratilgan edi.

Buniningdek imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilgan yoshlar oʻzlariga belgilangan hududda oilasi roʻzgʻori uchun zarur sabzi, kartoshka va chorva uchun ozuqa ekinlarini ekib, sifatli parvarish qilishmoqda.

Xosiyat Madrahimova ham shulardan biri. U mahalla yoshlar yetakchisiga bandlik masalasida qilgan murojaatiga javoban ajratilgan 20 sotix yeriga oila aʼzolari koʻmagida sabzi ekkan edi. Hozirgi kunda bir tekis unib chiqqan ekin hosilga kiray deb turibdi.

Maʼlumki, yerdan rizq undirish gʻoyat mashaqqatli va zavqli ish. Yetarli parvarish qilingan va tobida oziqlantirilgan ekingina koʻzlangan hosilni beradi. Buni inobatga olgan masʼullar yerlarni yoshlarning yashash hududiga yaqin va qulay maydonlardan ajratishdi.

Yerni moʻl daromad manbai deb biladigan yoshlar oʻzlariga berilgan ekin maydonlarda moʻl hosil yetishtirishga harakat qilishmoqda. Chunki har kim oʻz hayotini farovon va obod qilishi uchun intilmogʻi, mashaqqatlardan choʻchimay mehnat qilmogʻi lozimligini ular yaxshi bilishadi. Yaxshi niyatlar bilan qilingan mehnat esa besamar ketmaydi.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019