16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:26
Adabiyot 👁 260

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA IJODKOR ODIL ShOMURODOVNING “OILA MUQADDAS” KITOBI TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA IJODKOR ODIL ShOMURODOVNING “OILA MUQADDAS” KITOBI TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan tadbirlarda ularning tafakkuri, maʼnaviy dunyosi boyitilmoqda. Boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtkazilib, kitobxonlikka jalb etilmoqda, shu hududdagi ijodkorlar bilan, ularning yangi asarlari bilan tanishtirib borilmoqda. Shu bilan birga intellektual salohiyati oshirilib, milliy, umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhi shakllantirilib borilmoqda.

11-avgust kuni grant loyihasi doirasida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatida ijodkor Odil Shomurodovning yangi nashrdan chiqarilgan “Oila muqaddas” deb nomlangan kitobi taqdimotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Oʻrozali Reyimov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi xodimlari, taniqli ijodkorlar Tursunboy Abdullayev hamda Ahmad Nafasovlar, shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Adabiyotchi yoshlar” toʻgaragi oʻqituvchilari va oʻquvchi-yoshlari qatnashishdi. Shuningdek, ijodkor Odil Shomurodovning oila aʼzolari, yaqinlari ham tashrif buyurishdi.

Tadbirda Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi. Fuqarolar yigʻinlarida yoʻlga qoʻyilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yosh kitobxonlar, ijodkorlar haqidagi koʻrsatuvlar, tuman hududidagi kutubxonalarga tashkil etilayotgan sayohatlar barchaga birdek manzur boʻlayotgani, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan maqola va xabarlar, lavhalar xususida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Oʻrozali Reyimov Odil Shomurodovning ijodiy faoliyati haqida soʻzladi. “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarida yoritilayotgan sheʼr, hikoyalari oʻz muxlislarini topayotgani, yangi nashrdan chiqqan “Oila muqaddas” deb nomlangan kitobi ham kitobxonlarning qalbidan joy olgani haqida gapirib oʻtdi. Ijodkorning yangi nashrdan chiqqan kitobining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga keng toʻxtaldi.

Odil Shomurodov 1966-yilda Amudaryo tumanining Oʻrtaqalʼa ovulida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatganidan soʻng, Oqmangʻit pedagogika bilim yurtida tahsil olgan. Bilim yurtini tugatganidan keyin 1988-yilda Ellikqalʼa tumanidagi maktablardan birida oʻqituvchi boʻlib ish faoliyatini boshladi. Oʻtgan yillar davomida yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish bilan birga turli mavzularda ijod qildi. Ijod namunalari tuman, respublika matbuotida yoritilib bordi.

Tahririyat xodimlari ijodkorning oʻz ijod namunalari bilan yaqindan tanishib borayotgani, uning “Qoraqalpoqman”, “Amudaryom – joʻshqindaryom”, “Oʻzbekistonim”, “Oila muqaddas” kabi sheʼrlari muxlislarga juda manzur boʻlgani, uning sheʼr va hikoyalari chuqur maʼno-mazmunga, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi, Vatanga muhabbat, yurtga sodiqlik kabi ezgu tuygʻularni yaqqol his qilish mumkinligini soʻzlab oʻtishdi. Shu bilan birga Odil Shomurodovga ijodiy barkamollik tilab, undan yangi ijod namunalarini kutib qolishini aytishdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan elda taniqli ijodkorlar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar ham tumanda ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, natijada qobiliyatli, adabiyotsevar va kitobxon yoshlarning safi ortayotgani, ularga qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirib, kitob muallifini ushbu yutuq bilan tabriklashdi. Shuningdek, mazkur kitobning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga, tafakkurini oshirishga xizmat qilishini ham taʼkidlab oʻtishdi.

Tadbirga tashrif buyurgan yoshlarga ushbu kitobni batafsil oʻqib chiqish, ijodkorning sheʼriyati bilan yaqindan tanishish tavsiya qilindi.

Kitobga boʻlgan muhabbat — bu, eng avvalo, Vatanga, oilaga boʻlgan muhabbatdir. Odil Shomurodov kabi ijodkorlarni maʼnaviyat targʻibotchilari desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Ular oʻz ijod namunalari bilan har bir inson qalbiga chuqur kirib boradi va ezgu tuygʻularni shakllantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi, maʼnaviyatini boyitadi.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ijodkor Odil Shomurodovning “Oila muqaddas” deb nomlangan kitobi taqdimotiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir ijodkorlar va kitobxonlarga juda manzur boʻldi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019