16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 233

Bayram oldidan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi

Bayram oldidan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi

Mamlakatimizda har yili eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – istiqlolga erishilgan kun va Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va mahsulotlar tannarxining barqarorligini saqlash uchun oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari oʻtkaziladi. Yurtimizning barcha shahar, tumanlari markazlarida hamda aholi zich yashaydigan hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilishi yurtdoshlarimizga ulkan qulaylik yaratmoqda.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizning “Mangʻit dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi “Mangʻit-bozor erkin xarid” MChJ tomonidan ham arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgani mustaqillik bayrami arafasida tumanimiz aholisi quvonchiga quvonch qoʻshdi. Muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan birovni yoʻqlash, yaqin qarindoshlar, birodarlarni mehmonga chaqirib siylash, dildan suhbat qurib, quvonchini baham koʻrish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardandir. Aslida ham qachonki uyimizga mehmon kelsa, koʻnglimiz quvonchdan yayrab, ularni eng mazali mevalar bilan siylagimiz keladi, dasturxonga shirin taomlar tortish orqali mehmonga hurmat-ehtiromimizni ifoda etamiz.

Shunday qutlugʻ kunlarda ichki istʼmol bozorini toʻldirish, narxlarni barqarorlashtirish maqsadida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi nur ustiga aʼlo nur boʻlayapti.

Mangʻit Dehqon bozori oldida tashkil etilgan yarmarkada mahsulotlar serob ularni plastik kartalar orqali ham xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan. Shu yilning 15-avgustidan 15-sentyabrigacha davom etadigan yarmarkada tumanimiz aholisi har kuni soat 8:00dan 20:00gacha oilasi ehtiyoji uchun asosiy oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishlari mumkin, Savdo yarmarkasini hududiy taʼminot korxonalari, tumandagi dehqon, fermer xoʻjaliklari sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlab turishibdi. Savdo nuqtalarida sotuvchilar uchun ham zarur sharoitlar yaratilganligini ham eʼtirof etish joiz.

Yarmarkada har kuni 18ta savdo oʻrnida qoramol goʻshti, qaymoq, un, paxta va kungaboqar yogʻlari, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, qovun, tarvuz, baqlajon kabi mahsulotlar uzluksiz sotilmoqda.

Eʼtiborli jihati yarmarkadagi un va paxta, kungaboqar yogʻi va tovuq goʻshtidan tashqari barcha mahsulotlar tumanimiz mehnatkashlari mehnatlaridan yaratilgan mahsulotlardir. Tovuq goʻshti hozircha Xorazmdan, “Urganch, Umid yulduzlari” xususiy korxonasidan keltirilayapti. Yaqin kunlarda tumanimizning parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari yetishtirayotgan parhez goʻshtlari savdoga chiqariladi.

Yoz oxirlab borayapti. Oʻtayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz mustaqillikka erishgan qutlugʻ sana – 1-sentyabrga yaqinlashtirayapti. Butun yurtimiz boʻylab istiqlol shukuhi kezib yurgan bugungiday quvonchli kunlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi shu aziz Vatanda inson qadri ulugʻ ekanligidan dalolat bermoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019