16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Qishloq xoʻjaligi 👁 185

“RAJAPOV OMONBOY” FERMER XOʻJALIGI DEHQONLARI HOSILGA HOSIL QOʻShISh HARAKATIDA

“RAJAPOV OMONBOY” FERMER XOʻJALIGI DEHQONLARI HOSILGA HOSIL QOʻShISh HARAKATIDA

Dehqonlar avgust oyini hosilga hosil qoʻshiladigan gʻanimat davr deyishadi. Ayniqsa, paxta hosilining moʻl va erta muddatlarda pishib yetilishi, uning sifati yuqori boʻlishi ayni shu oyda qilingan mehnat natijasi bilan oʻlchanadi. Shu kunlarda dehqonlar gʻoʻza agrotexnikasini talablarga muvofiq yuqori darajada bajarib, hosilning barakasini oshirishga harakat qilishmoqda.

Qilichboy ovulidagi “Rajapov Omonboy” fermer xoʻjaligida ham ushbu masʼuliyatli oyda har bir ishga jiddiy yondashilib, gʻoʻzani qondirib sugʻorish, kultivatsiya qilish, gʻoʻza qator oralarini yumshatish, zararli hasharotlardan ishonchli himoya qilish, gʻoʻzalarni chilpish va shu kabi qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xoʻjalik ishchilari gʻanimat damlardan unumli foydalanib, ertangi moʻl hosilga zamin hozirlashmoqda.

Omonboy Rajabov rahbarligidagi ushbu xoʻjalikda 50 gektar yer maydoni mavjud boʻlib, bu yilgi mavsumda uning 40 gektarida “Ravnaq” navli paxta yetishtirilmoqda. Asosan urugʻchilikka yoʻnaltirilgan xoʻjalik yerlarining qolgan 10 gektar qismiga esa gʻalla ekilib, mavsumda 25 tonna bugʻdoy topshirildi. Xoʻjalikda 1 ta surim, 2 ta MTZ-80 rusumli transport, 2 ta TTZ-80-11 rusumli chopiq qiluvchi traktorlar yordamida ish unumi yanada oshirilmoqda. Barcha texnikalar taʼmirlanib, har bir mavsumga shay qilib qoʻyiladi. Dala chetlariga mosh, sabzi va makkajoʻxori kabilar ham ekilib, ulardan ham moʻl hosil undiriladi.

Chigit ekish ishlari oʻz muddatida bajarilgani, unib chiqqan gʻoʻza nihollari astoydil parvarish qilingani natijasida xoʻjalik dalalarida gʻoʻzadan moʻl hosil toʻplanishiga sharoit yaratilmoqda. Ayniqsa, hosilga hosil qoʻshiladigan avgust oyida barcha paxta maydonlarida gʻoʻzani sugʻorish va ishlov berish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Oʻtgan oy boshlarida dalalardagi har tup gʻoʻzada 1-3 donagacha koʻsak, 15-20 donagacha gul va shona shakllandi. Ammo zararkunanda hasharotlarning koʻpayib ketgani, ayniqsa, suv yetishmasligi xoʻjalik ishchilariga ancha qiyinchilik tugʻdirdi. Shunga qaramasdan, 2021-yilda xoʻjalikda ekinlarni tomchilatib sugʻorish yoʻlga qoʻyilgani va kunni tunga ulab mehnat qilayotgan 32 nafar ishchining tinimsiz saʼy-harakatlari tufayli paxta hosilini saqlab qolish va koʻpaytirishga zamin yaratildi.

Ayni kunlarda ishchilar joriy yil hosili uchun ekilgan gʻoʻza maydonlarida zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishmoqda. Gʻoʻza nihollarida uchraydigan oʻrgimchakkana, koʻsak qurti singari zararkunanda hasharotlar hosildorlikka jiddiy zarar yetkazishini yaxshi anglagan dehqonlar asosan kunning ertalab va kechki paytlarida ularga qarshi biologik usulda kurashish tadbirlarini amalga oshirishmoqda.

Maʼlumki, avgust oyida bajariladigan muhim agrotexnik tadbirlardan biri gʻoʻzaga suv olishdir. Bu ish yaxshi, maromida bajarilsa, “sharbat” usulidan foydalanilsa, yanada yuqori samara beradi, boshqacha aytganda, hosildorlik oshadi. Xoʻjalikning tajribali dehqonlari, gʻoʻzalarni suvga qondirib, koʻsaklar tezroq toʻlishib, vazni ortishini taʼminlashdi. Sugʻorilgan maydonlar tuprogʻi tobga kelishi bilan qator oralarini tezda kultivatsiya qilishdi. Natijada tuplar orasida havo almashinuvi yaxshilanib, koʻsaklar tez yetila boshladi va koʻsaklar ochilib, paxta hosilining ilk nishonalari koʻzga tashlana boshladi.

Gʻoʻza parvarishida uyushqoqlik va hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli “Rajapov Omonboy” fermer xoʻjaligi ishchilari har bir ishni tajribali dehqonlar bilan bamaslahat holda birgalikda olib borishadi. Xoʻjalikdagilar hosil taqdiri hal qilinadigan ayni kunlarda ham har bir daqiqani gʻanimat bilib, yetishtirilayotgan “Ravnaq” navli urugʻlik paxta sifati va salmogʻini oshirishga harakat qilishmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019