16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 257

GʻOʻZA DEFOLIATsIYaSINI SIFATLI OʻTKAZIShGA OID KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

GʻOʻZA DEFOLIATsIYaSINI SIFATLI OʻTKAZIShGA OID KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Yurtimiz dehqonlari va qishloq xoʻjaligi mutaxassislari uchun gʻoyat masʼuliyatli va mashaqqatli mavsum – paxta yigʻim-terimi mavsumi yaqinlashmoqda. Barcha fermer xoʻjaliklarida ushbu mavsumni qisqa muddatlarda sifatli oʻtkazish, yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayapti.

Har yili respublikada paxta yetishtirish, hosildorlikni oshirish borasida ilgʻorlar safida boʻladigan amudaryolik paxtakorlar joriy yilda ham paxta dalalarida moʻl hosil toʻplashga erishdilar. Ayni kunlarda gʻoʻza soha fidoyilari gʻoʻza parvarishini nihoyasiga yetkazishib, yigʻim-terimga tayyorgarlikni boshlab yubordilar. Dalalar atroflari tekislanib, terilgan hosilni tashib ketuvchi traktorlar yurishiga va defoliatsiya ishlari sifatli ado etilishiga sharoit yaratildi.

Joriy yilda tumanimiz boʻyicha 347ta fermer xoʻjaliklariga qarashli 15201 gektar ekin maydonga chigit ekilgan va fermer xoʻjaliklari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-toʻqimachilik klasteri oʻrtasida shartnomalar imzolangan. Ushbu maydonlarning 3903 gektariga “Ravnaq-2” navi, 10858 gektariga “Sulton” navi, 440 gektariga “Buxoro-102” navlari ekilgan. Mavjud paxta maydonlarining 72 foizidan ortigʻiga qator orasi 60 santimetrdan, 27 foizidan ortigʻiga esa qoʻshqatorlab urugʻ ekildi.

Ayni kunlarda barcha paxta maydonlarida boʻliq koʻsaklardan oppoq momiqday paxtalar ochilib, yigʻim-terim mavsumi yaqinlashayotganidan darak berib turibdi.

23-avgust kuni Toshyop ovulidagi “Bekman Allamberganov” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimi oldidan oʻtkaziladigan muhim agrotexnik tadbir – gʻoʻza dafoliatsiyasiga bagʻishlangan koʻrgazmali kengash boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Daryabay Qaypov, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining qishloq xoʻjaligi texnikalari holatini nazorat qilish shoʻʼbasi bosh mutaxassisi Davron Bobojonov, tumandagi qishloq xoʻjaligi masʼullari, sektorlar rahbarlari, fermerlar ishtirok etdilar.

Mutaxassislar yigʻilganlarga gʻoʻzalarni defoliatsiya qilish uchun texnikalarning tayyorlanishi, defoliantlarni qoʻllash boʻyicha keng tushunchalar berdilar.

Shuningdek, defoliatsiyaning gʻoʻza koʻsaklari barvaqt ochilishi va yigʻim-terim mavsumini qisqa muddatlarda oʻtkazishdagi ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlandiki, gʻoʻzalarni defoliatsiya qilishning qulay muddati nihollar koʻsaklarining yarmidan koʻpi ochilgan vaqt hisoblanadi. Defoliatsiya tufayli barglari toʻkilgan gʻoʻzalarning qolgan koʻsaklari ham 10-12 kunda ochiladi. Bu mavsumni qisqa muddatda oʻtkazishga, paxta hosilining birinchi navga topshiriladigan qismi oshishiga, paxta dalalari hosildan boʻshab, kuzgi qishki ishlarni barvaqt boshlashga imkon yaratadi.

Shunisi eʼtiborliki, tumanda gʻoʻza defoliatsiyasini sifatli oʻtkazish boʻyicha 15ta otryadlar shakllantirilib, ularga 47 OVX agregatlari biriktirilgan. Ushbu texnikalar yordamida tumanimiz paxta dalalarining urugʻlik paxta ekilgan 2349 gektaridan tashqari barchasida defoliatsiya tadbiri amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Seminarda bu boradagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbirda gʻoʻza defoliatsiyasini belgilangan muddatlarda sifatli oʻtkazish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shundan soʻng 2-sektor rahbari – tuman prokurori Aziz Roʻzmetov boshchiligida 2-sektorga qarashli hududdagi fermer xoʻjaliklari raislari masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida boʻlishib, mavsumga shay holatga keltirilgan texnikalar bilan tanishdilar. Shuningdek, fermerlar paxta-toʻqimachilik klasterida xom ashyoni qayta ishlash jarayoni, yaqindagina ishga tushirilgan yogʻ-moy zavodida esa paxtadan ajralib olingan chigitdan yogʻ ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Aytish joizki xom-ashyoni sotishdan koʻra, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish har tomonlama foydali. Qolaversa, chigitdan yogʻ-moy ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishi bilan 100 nafar atrofidagi ishsiz fuqarolar doimiy ish bilan taʼminlandilar.

Yaqin kunlarda tumanimiz fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan paxta chigitidan ushbu zavodda ishlab chiqarilgan sifatli paxta yogʻi savdoga chiqarilishi fermerlarni yana ham unumli ishlashga chorladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019