16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Siyosat 👁 230

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 63-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 63-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 25-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 63-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi.

Sessiya kotibligiga 22-Jumurtov saylov okrugidan deputat Baxram Shermanov saylandi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada dastlab hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” tuman dasturining bajarilishi, yoshlar muammolarini hal etish, ularning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar va qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida ijro etilishi toʻgʻrisida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, joriy yilning birinchi yarmida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar sezilarli darajada oʻsgan. Jumladan, sanoat hajmi 368,1 mlrd., xalq isteʼmol mollari hajmi 92,9 mlrd., qishloq xoʻjaligi hajmi 755,4 mlrd., investitsiyalar hajmi 238,7 mlrd., qurilish ishlari hajmi 167,3 mlrd., chakana savdo hajmi 376,3 mlrd., xizmatlar hajmi esa 311,3 mlrd. soʻmni tashkil qilib, barcha sohalarda oʻsish qayd etilgan.

Hududiy investitsiya loyihalari dasturi boʻyicha 2023-yilda tumanda 200,7 mlrd. soʻmlik 65ta loyihalari amalga oshirilishi va 924 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.

Sessiya ishida tuman Fuqarolik ishlari boʻyicha sudi raisi Qayrulla Atamuratov odil sudlovni amalga oshirish borasida 2023-yil 2-yanvardan 30-iyungacha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan ushbu davr holatiga koʻra fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalanishini taʼminlash, ishlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli koʻrib chiqish va aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha qator amaliy ishlar qilindi. Ushbu davrda sud tomonidan 2467ta ish koʻrib tamomlangan.

Tuman Moliya boʻlimi mahalliy byudjet ijrosi va hisobi sektor boshligʻi Abay Sagʻinbayev sessiyada tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarining 2023-yil 6 oyi davomida sarflanishi toʻgʻrisida hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 6 oyi davomida mahalliy byudjetning daromadlar qismi rejasi 35 milliard 429,1 million soʻmga belgilangan boʻlib, 41 milliard 219,7 million soʻmga, yaʼni rejaga nisbatan 116,3 foizga yoki 5 milliard 790,7 million soʻm ortigʻi bilan bajarilishiga erishilgan. Shu bilan birga, byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan oʻzgarishlardan keyin jami 173 milliard 71,5 million soʻmni tashkil qilgan. Ushbu davr mobaynida byudjet mablagʻlari xarajatlari hisobidan jami 154 milliard 766,1 million soʻmlik mablagʻlar sarflangan.

Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan axborot berdi. Axborotda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 31-iyul sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 2463ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 2433tasi koʻrib chiqilgan boʻlib, 1956tasi qanoatlantirilgan, 1209tasi ijobiy hal qilingan.

Sessiyada zahiradagi yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Palvanov hisobot berdi. Hisobotda bugungi kunda «e-auksion» elektron platformasiga qoʻyilgan yer maydonlariga fuqarolar tomonidan hujjatlar taqdim qilinmasdan qayta savdoga chiqarilayotgani, shuni inobatga olib, tumanning baʼzi hududlarida yer maydonlarini 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda kattalashtirib elektron savdolarga chiqarish taklif qilindi. Taklif deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019