17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 12:32
Jamiyat 👁 319

SAYYoR SUDDA AJRAShISh ARAFASIDA TURGAN OILA YaRAShTIRILDI

SAYYoR SUDDA AJRAShISh ARAFASIDA TURGAN OILA YaRAShTIRILDI

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Yangiobod mahallasi hududida joylashgan Amudaryo muhandislik texnikumi binosida boʻlib oʻtgan ushbu sayyor sud majlisida tumandagi mahallalardan birida yashovchi oila tomonidan berilgan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizasi koʻrib chiqildi. Sud ishida sud masʼullari bilan birgalikda tomonlarning himoyachilari, fuqarolar yigʻinlari masʼullari, xotin-qizlar faollari, koʻchaboshchilar va yoshi ulugʻ keksalar ishtirok etishdi.

Sud majlisida mazkur oila tomonidan berilgan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizasi, ajrashish sabablari, oilaviy muhit, oila aʼzolari oʻrtasidagi bir-birlariga boʻlgan munosabat keng muhokama etildi.

Soʻzga chiqqanlar oilalar mustahkam boʻlsa, jamiyatda ham osoyishtalik hukm surishini, baxtli oilalar tufayli yurtimiz yanada fayzga toʻlishini, oʻzaro mehrli boʻlgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon boʻlishini eʼtirof etishdi. Ammo jamiyatimizda arzimagan sabablar, tushunmovchiliklar, uchinchi shaxsning aralashuvi natijasida ayrim oilalar ajralish yoqasiga kelib qolayotgani, bunday oilalarning farzandlari koʻngli yarim boʻlib ulgʻayishini, hatto tarbiyasiga taʼsir qilib, nosoz yoʻllarga yurib ketishini alohida taʼkidlashdi. Kattalar oʻrtasida bir-birini tushunmaslikdan kelib chiqadigan janjal va mojarolarning ham bola tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishini, maʼnan sogʻlom, odob-axloqli farzand tarbiya qilish uchun er va xotin turmushda sabrli, turli sinovlarga bardoshli boʻlishi, oilaviy muammolarni birgalikda, hamjihatlikda hal qilishga harakat qilishi kerakligini aytib oʻtishdi.

Majlis davomida fuqarolar yigʻinlari masʼullari, xotin-qizlar faollari oʻz hududlarda notinch oilalarni yarashtirish, ajrashishlarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi. Shuningdek, ajrashish arafasida turgan oilalarni yarashtirish, yuzaga kelgan nizolarni tinch yoʻl bilan bartaraf etish borasida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hamda har bir mahalla fuqarolar yigʻini qoshida tashkil etilgan yarashtiruv komissiyalari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini maʼlum qilishdi.

Nikohdan ajratish boʻyicha sudga murojaat qilishning sabablari tahlil qilinib, bunga asosan moddiy jihatdan qiynalganlik, farzandsizlik, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish va boshqalar sabab boʻlishi, mazkur arizalar bilan sudga murojaat qilganlarning koʻp qismi yosh oilalar, aksariyatini 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlganlar tashkil qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudiga ajrashish uchun daʼvo ariza bilan murojaat qilgan mazkur oilada yuzaga kelgan mojarolarning sabablari tahlil qilindi. Masʼullar tomonidan ajrashish arafasida turgan ushbu oila bilan induvidual suhbatlar oʻtkazilib, ularni yarashtirish choralari koʻrildi. Har biriga oila muqaddasligini, uni asrab-avaylash kerakligini, hayot tashvishlarini birgalikda yengishga harakat qilish, bir-biriga yelkadosh boʻlish kerakligini tushuntirishdi.

Mahalladagi yoshi ulugʻ keksalar ham oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, pand-nasihatlar berishdi. Nikohning muqaddasligi, ajrimlarning asl sabablari va mohiyati haqida ham soʻz yuritishdi. Shuningdek, yoshlarga uzoq yillar birga tinch-totuv yashagan, hayotning turli sinovlaridan matonat va sabr bilan yashab kelayotgan piru-badavlat oilalar, nuroniylar va kayvoni onalar yoshlarga oʻrnak qilib koʻrsatildi.

Oʻtkazilgan suhbatlar besamar ketmadi. Ochiq sud majlisida taraflar yarashtirilib, ajrashish arafasidagi bir oila saqlab qolindi.

Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026