16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:48
Jamiyat 👁 234

BOGʻChA TARBIYaLANUVChILARIGA YoNGʻINDAN SAQLANISh QOIDALARI OʻRGATILDI

BOGʻChA TARBIYaLANUVChILARIGA YoNGʻINDAN SAQLANISh QOIDALARI OʻRGATILDI

Keksalarning “oʻt balosidan, suv balosidan asragay” deya duo qilishlari bejiz emas. Sababi tilsiz yov – yongʻinlarning har yili qanchadan-qancha davlat va shaxsiy mulklarga ziyon yetkazib, ulkan-ulkan bozorlar rastalari yonib ketayotgani barchaga ayon.

Buningdek koʻngilsizliklarning oldini olish maqsadida joriy yilning 4-avgustida hukumatimizning “Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan muntazam ravishda “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshiriladi.

Unda taʼlim tashkilotlarida yongʻinlarning oldini olish va yongʻin sodir boʻlgan vaziyatda harakat qilish boʻyicha batafsil uslubiy mashgʻulotlar oʻtkazish, davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subʼektlari va boshqa tashkilotlar ish joylarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish, jamoat joylarida, taʼlim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida oʻt oʻchirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻktazish orqali aholining, yoshlarning, bolalarning yongʻindan saqlanish borasida bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsad qilingan.

Joriy yilning 1-sentyabridan Respublikamizning barcha hududlarida keng jamoatchilik jalb qilingan holda “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasini amalga oshirish chora-tadbirlari boshlanib ketdi.

Amudaryo tumanida ham maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida, korxona, tashkilotlarda yongʻindan saqlanish qoidalari keng targʻib qilinayotir, yongʻinlarning oldini olishga hamma va har bir odam masʼul ekanligi, yongʻin xavfining oldini olishga beparvolik qilish ogʻir oqibatlarga olib kelishi aholiga keng tushuntirilmoqda. Shuningdek, kuz-qish mavsumi oldidan xonadonlarda elektr va tabiiy gazdan foydalanishda ishlatiladigan uskunalarning sozligini nazoratdan oʻtkazish lozimligi, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish kerakligi targʻib etilmoqda.

“Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasida belgilangan vazifalar doirasida yaqinda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan 6-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda ushbu tashkilot xodimlari, tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Ularga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining Profilaktika va nazorat boʻlinmasi inspektori Sherbek Erkinboyev, ushbu boʻlinma kichik inspektori Ikrom Bekmurzayevlar yongʻindan saqlanish, ochiq olov bilan oʻynamaslik, elektr, tabiiy gaz uskunalariga teginmaslik lozimligini tushuntirdilar. Shuningdek, bolajonlarga yongʻin va uning salbiy oqibatlari aks etgan rasmlar namoyish etildi va ularga ushbu rasmlarni boʻyash topshirildi. Ushbu mashgʻulot davomida kichkintoylarning yongʻin oqibatlaridan juda taʼsirlangani, buni buyoqlarda aks ettirishga intilishi yaqqol namoyon boʻldi.

Tadbir oxirida tashkilot tarbiyachilari, murabbiylari va tarbiyalanuvchilari ishtirokida yongʻin hodisasi sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish va xavfsiz hududga chiqish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazilib, bolajonlarning mavzu doirasida olgan bilimlari mustahkamlandi.

Buningdek profilaktik tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida muntazam oʻtkazib boriladi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019