16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:47
Fan va taʼlim 👁 345

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYININING TUMAN BOSQIChI QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYININING TUMAN BOSQIChI QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 5 ta muhim tashabbus olimpiadasi doirasida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktab oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Oʻyin hamkor tashkilotlar masʼullari, xususan, “Zakovat” nadavlat notijorat tashkiloti hududiy koordinatori Dilshodbek Jumaniyazov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bshlimi rahbari Sardorbek Ismailov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼul xodimi Zafar Abdullayev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimi Zarifa Soatboyevalar hamkorligida tashkillashtirildi. Unda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 85 ta umumtaʼlim maktablarining 85 ta bilimdonlar jamoalari qatnashib, oʻquvchi-yoshlar maktabda olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Intellektual oʻyin Nizomiga koʻra, barcha jamoalar aʼzolari umumtaʼlim maktablari uchun belgilangan fanlar dasturi boʻyicha olgan bilimlari, shuningdek, epchilliklari va hozirjavobliklarini amalda namoyish etdilar. Bundan tashqari, savollarga javob berishda oʻquvchilarning yuqori darajada aniqlik, mantiqiy fikrlash doirasining kengligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Keskin, muntozarali, shu barobarida qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyinida har bir savoldan keyin bilimdon va mantiqiy fikrlash doirasi keng oʻquvchilar oʻzlarining alohida iqtidorli ekanliklarini namoyon etishib, gʻoliblik sari dadil intildilar.

Oʻyin davomida eng kuchli deb tan olingan 65-sonli, 22- va 29-sonli maktablarning bilimdon oʻquvchilari gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashdilar. Ayniqsa, 65-sonli va 22-sonli maktablarning zakovatli oʻquvchi-yoshlari oʻrtasidagi bahslar yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Oʻzlari taʼlim-tarbiya olayotgan maktab va maktabdoshlari, qolaversa, ustozlari shaʼni, obroʻsi uchun qizgʻin bahslashgan 65-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlari faxrli 1-oʻrinni egallashdi. 22-sonli va 29-sonli maktablarning jamoalari esa zakovat bahslarida biri-biridan qolishmasliklarini namoyon etishib, har ikkala jamoa ham durang natijani qayd etishdi va 2-oʻrin sohiblari boʻlishdi.

Musobaqa gʻoliblari boʻlgan 65-, 22- va 29-sonli maktablarning bilimdonlar jamoalari “Zakovat” intellektual oʻyinining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Gʻolib jamoalar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Shunisi eʼtiborliki, “Besh muhim tashabbus” olimpiadasi doirasida oʻtkazilayotgan mazkur bilimdonlik boʻyicha bellashuvlar oʻsib kelayotgan yosh avlodning yuksak maxnaviyatli, jismonan va axloqan yetuk, shu bilan birga zamon bilan hamnafas, maktab dasturidagi fanlarni mukammal oʻzlashtirishlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026