16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:35
Fan va taʼlim 👁 247

Yosh avlod tarbiyasi ishonchli qoʻllarda

Yosh avlod tarbiyasi ishonchli qoʻllarda

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻz oʻrni bor. Boisi, bu maskanning koʻp yillik shonli yoʻli va ana shu yoʻlni bosib oʻtib, hayotda oʻz oʻrnini topgan bir qator “qaldirgʻoch”lari bor.

Barno Xudoyberganova rahbarlik qilayotgan ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti tuman hokimining 2010-yil 19-yanvardagi 22-sonli qarori asosida tashkil qilingan.

Mazkur muassasa binosi 2018-yilda tubdan qayta rekonstruktsiya qilindi. Maxsus loyiha asosida 70-oʻringa moʻljallab qurilgan va 2019-yil fevral oyida qayta ishga tushirilgan muassasa binosi 2 qavatdan iborat.

Tashkilot tarbiyalanuvchilarining – oʻsib kelayotgan bolajonlarning toza havodan nafas olishlari hamda bu yerga tashrif buyuruvchilarga estetik zavq ulashish maqsadida binoning tevarak-atrofida turli xil manzarali daraxtlar ekilgan. Muntazam ravishda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, kichkintoylarning qish faslida issiq va shinam xonalarda tarbiya olishlari, mashgʻulotlarni oʻtashlari uchun isitish tizimi sifatli qilib oʻrnatilgan.

Aytish joizki, oldingi maktabgacha taʼlim tizimi bilan bugungi tizimni solishtiradigan boʻlsak, bir-biridan tubdan farq qiladi. Endilikda ota-onalar farzandini bogʻchaga berishlari uchun oylab navbat kutmaydi. Idorama-idora yurib sarson boʻlmaydi. Bu esa yurtimizda yosh avlodning taʼlim-tarbiyasiga va kelajagiga boʻlgan eʼtiborning yorqin namunasi ekani shubhasiz.

Bolajonlarning ikkinchi uyiga aylangan ushbu maskanning bagʻri keng, hozirgi kunda tashkilotda roʻyxat boʻyicha 240 nafar bola, 3 ta asosiy guruhning har birida 30 nafardan jami 90 nafar, shuningdek, 4 ta qisqa muddatli guruhda 80 nafar bola, 2 ta majburiy guruhda esa 50 nafar kelajagimiz egalari tarbiyalanmoqda.

Suvni qanday shakldagi idishga solsangiz suv oʻsha idishning shaklini oladi. Niholning kelajagi esa, shubhasiz, uni tarbiyalayotgan bogʻbonga bogʻliq. Bugun Amudaryo tumanidagi 7-sonli MTTda farzandi tarbiyalanayotgan ota-onalarning farzandi tarbiyasidan koʻngli toʻq, sababi ular ishonchli qoʻllarda.

Tashkilotda hozirda jami 25 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shulardan 13 nafari tarbiyachi va 9 nafari yordamchi tarbiyachilardir.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti tumandagi eng namunali tashkilotlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy uslubda qurilgan bino loyiha boʻyicha 3ta guruhga moʻljallangan. Undan tashqari, oshxona, tibbiy xizmat boʻlimi, omborxona, musiqa va sport xonalari, bolalar maydonchalari va ayvonchalar mavjud.

Bogʻcha inson kamoloti yoʻlida bunyod boʻlajak qoʻrgʻonning katta hayotga qoʻyiladigan mustahkam poydevordir. Shu sabab u yerdagi taʼlim-tarbiyadan tashqari, yaratilgan shart-sharoitlar ham bolaning kelajagini belgilab beradi.

Tashkilot Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maxsus qarori asosida zamonaviy mebel jihozlari, televizor bilan jihozlangan. Guruhlarda 5ta rivojlantiruvchi markazlar hamda “Maʼnaviyat” va “Sport” burchaklari tashkil qilingan. Shuningdek, 2022-2023 oʻquv yili davomida asosiy yil vazifalarini bajarish maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish, sogʻlomlashtirish, pedagoglarning bola tarbiyasidagi bilimlarini kengaytirish va salohiyatlarini oshirish maqsadida koʻpgina ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Masʼuliyat bor joyda ishning unumi boʻladi. Tajriba bor joyda esa ishning sifati yaxshilanadi. Agarda unga bolafeʼllik, xushmuomalalik kabi goʻzal fazilatlar ergashsa nur ustiga aʼlo nur. Kichkintoylarga ana shunday sifatlarga ega xodimlar tarbiya berayotgan ushbu dargohdan kelajakda komil insonlar yetishib chiqishiga umid bogʻlagimiz keladi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026