17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 11:13
Jamiyat 👁 193

DOʻSTLIK MFYDA “OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA” TAMOYILI ASOSIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

DOʻSTLIK MFYDA “OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA” TAMOYILI ASOSIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida har bir mahallada fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, ularning tinch va osoyishta, hayotdan rozi yashashlari uchun xavfsiz muhit yaratish mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, Prezidentimizning besh muhim tashabbusini yoshlar hayotiga izchil tatbiq etish maqsadida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, mahallalarda hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan “Uch avlod uchrashuvi”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, har xil yoʻnalishlardagi sport-sogʻlomlashtirish tadbirlariga turli toifadagi yoshlarning keng qamrab olinayotgani yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati bilan xalqimizga manzur boʻlmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar Vazirligi, milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining Respublika hududidagi barcha mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini ishlab chiqish va uni mahallalar hayotiga keng joriy etish boʻyicha targʻibot ishlarini oʻtkazish haqidagi qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash borasidagi tadbirlar ham joylarda tobora ommalashib, koʻplab yoshlarni qamrab olmoqda.

Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasi hududidagi 2-sonli Amudaryo kasb-hunar maktabida mahalla yoshlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini, shuningdek shaxmat musobaqasi, mahallaning sportsevar yoshlari hamda uyushmagan yoshlar oʻrtasida mahalla birinchiligi uchun oʻtkazilgan minifutbol musobaqalari ham oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, zakovatli, tafakkur dunyosi keng insonlar qilib tarbiyalash borasidagi ahamiyati bilan koʻpchilikka manzur boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati boshligʻi Umida Qurbonboyeva, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosarlari Zamir Safarboyev, Sharapat Joldasboyev va Doʻstlik MFY masʼullari hamkorligida tashkillashtirilgan mazkur musobaqalarda 2-sonli kasb-hunar maktabi oʻquvchi-yoshlari ishtirokidagi “Zakovat” intellektual oʻyini oʻzining jozibadorligi, iqtidorli yoshlarning oʻz qobiliyatlarini amalda namoyon etish imkoniyati yaratilgani bois, barchaga biri-biridan hayajonli daqiqalarni hadya etdi. Oʻquvchi-yoshlar “Zakovat” intellektual oʻyini orqali oʻzlarining tafakkur dunyosini yanada boyitdilar, shu bilan birga yangi-yangi gʻoyalar ustida ishlash insonga nafaqat bilim, balki maʼnaviy yetuklik sari intilib yashashda kuch ham berishini anglab yetdilar.

Musobaqaning keyingi davrasi shaxmat musobaqalari bilan yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Aql gimnastikasi musobaqalarida aqlan yetuklik sari intilayotgan yoshlar oʻz bilim va salohiyatlarini namoyon etishib, mahalladoshlarining olqishlariga sazovor boʻldilar.

Shu kuni Doʻstlik mahallasi yoshlari va uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportning minifutbol turi boʻyicha musobaqalar ham oʻtkazildi.

Mahalla birinchiligi uchun oʻtkazilgan minifutbol musobaqalarida oʻzaro kuch sinashgan jamoalar gʻoliblik uchun hamjihatlik bilan chiroyli oʻyin oʻtkazishib, musobaqa hakamlari va mahalladoshlari olqishiga sazovor boʻldilar.

Musobaqalar yakunida “Zakovat” intillektual oʻyini, shaxmat va minifutbol musobaqalarining gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026