16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 234

BOLAJONLARNING SEVIMLI BOGʻChA OPASI

BOLAJONLARNING SEVIMLI BOGʻChA OPASI

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻlom, faol, toʻlaqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirishga eʼtibor kun sayin kuchaymoqda. Tizimda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishiga, ularning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini, ularning  boshlangʻich taʼlimga tayyorligini taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, jajji  oʻgʻil-qizlar koʻnglida bir-biriga,  oilasiga, Vataniga mehr-muhabbat hissini shakllantirish, milliy odob-axloq qoidalarini singdirish ham juda muhim. Uzluksiz taʼlimning ilk bosqichidagi taʼlim-tarbiya norasida oʻgʻil-qizlarning kelajakda qanday inson boʻlib voyaga yetishida juda muhim rol oʻynaydi.

Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bugungi kunda 6ta guruhda 180 nafar bolajonlar yayrab-quvnab ulgʻaymoqda. Har bir guruh uchun alohida-alohida mashgʻulotlar xonasi, ovqatlanish xonasi va dam olish xonasi bor. Bolajonlarga 16 nafar malakali pedagog-tarbiyachilar taʼlim-tarbiya berishmoqda.

Tashkilot binosining ostonasidan hatlagan kishi beixtiyor oʻzini bolalar dunyosiga kirib qolgandek his qiladi. Kichikkina supachadan joy olgan “Zumrad va Qimmat” ertagi qahramonlari-yu turli oʻyinchoqlar, bezaklar bilan bezatilgan xonalar, koridorlar ham beixtiyor bolalikning begʻam, betashvish va baxtiyor damlariga yetaklaydi kishi xayolini.

Mazkur tashkilotga 2007-yildan beri tajribali mutaxassis Sharifa Seitova rahbarlik qilib keladi. Tarbiyalanuvchi bolajonlarni nomma-nom taniydigan, har biri bilan xarakteriga mos muomala qiladigan mudira ishni qatʼiy tartib-intizom asosida boshqaradi. Tashkilot tarbiyachilari kasbiy faoliyatiga doir, sanʼat, sport turlari boʻyicha oʻkazilayotgan tanlovlar, musobaqalarda doimo faxrli oʻrinlarni egallashadi. Tarbiyalanuvchilar esa turli bayramlar munosabati bilan tashkillashtiriladigan sayillarda, kontsert dasturlarida munosib ishtirok etib, sanʼatini namoyish etishmoqda.

Dilfuza Yoʻldosheva ana shu tashkilotda 2015-yildan beri tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotir. Sohadagi faoliyatiga esa 22-yil toʻldi. Oʻtgan davr mobaynida Dilfuza necha-necha guruh bolajonlarga tarbiyachilik qildi. Ularning oʻyinlariga qoʻshilib oʻynab, suhbatlariga quloq tutib, savollariga erinmay, batafsil javoblar berib, koʻngli  koʻngillariga tutashdi. Maktabga kuzatib qolgan vaqtlarida goʻyo oʻy-xayoli ular bilan ketardi. U ilk tarbiya bergan jajji oʻgʻil-qizlar hozir turli kasb egalari boʻlib, hayotda oʻz oʻrinlarini topishgan, uchrashib qolgan vaqtlarida ularning  bolalik damlarini qoʻmsab, “bogʻcha opa” deya soʻrashishlaridan zavqlanadi, kasbiga mehri, ixlosi yana ham ortadi.

Ehtimol, shundandir Dilfuza Yoʻldosheva oʻtgan davr mobaynida namunali tarbiyachi sifatida soha xodimlari orasida tanildi. “Yil tarbiyachisi”, shuningdek, sport, sanʼat boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari orasida oʻtkazilgan sinovlarda oʻz iqtidorini namoyish etib, faxrli oʻrinlarni egallab keldi.

Aslida tarbiyachi ishining mashaqqatini his qilmaymiz. Baʼzan oilamizdagi kichkintoylarni parvarishlashda qiynalib qolgan damlarda turli muhitda, turlicha tarbiya olayotgan 25-30 nafarcha bolani birdaniga atrofiga jipslab, taʼlim-tarbiya berish zahmatini his qilganday boʻlamiz.

– Bizning ishimizda eng muhimi har bir bolani tinglab, unga munosib javob bera olish, koʻngliga yoʻl topish, – deydi Dilfuza bu haqda kulib.

Butun bilimi, kuch-gʻayratini bolajonlar taʼlim-tarbiyasiga baxshida etayotgan Dilfuza Yoʻldosheva va sohaning barcha xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab qolamiz.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019