16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:46
Fan va taʼlim 👁 242

OChIQ DARS OʻTKAZILDI

OChIQ DARS OʻTKAZILDI

Butun mamlakatimiz boʻylab maktab oʻquvchilarining har tomonlama bilimli, zehnli, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan unumli foydalana oluvchi avlod boʻlib yetishuvi uchun katta eʼtibor qaratilmoqda. Yosh avlod zamonaviy maktablarda, zamonaviy oʻquv qurollaridan foydalangan holda taʼlim-tarbiya olmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus eʼlon qilingan edi. Birinchi ­­­– tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus esa yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus doirasida aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga eʼtibor qaratiladi. Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

Respublikamizning barcha joylarida ana shu muhim besh tashabbus doirasida vazifalarni amalga oshirish uchun muhim loyihalar amalga oshirilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan, “Besh tashabbus ­– besh imkoniyat!” nomli loyiha asosida aholining maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarning isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, ularni turli zararli illatlardan ishonchli himoya qilish uchun tashkilotlarda, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida, maktablarda turli tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda.

Yaqinda loyiha doirasida Prezidentimiz tomonidan eʼlon qilingan besh muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi doirasida Nazarxon ovuli hududida yashovchi yoshlar uchun 3-sonli maktabda “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.

Aytish joizki, Nazarxon ovuli hududida joylashgan ushbu maktabda yuqori malakali ikki nafar mutaxassis oʻqituvchi informatika fanidan oʻquvchilariga saboq beradi. Zamonaviy sinfxonalarda bilim olayotgan yoshlar ustozlari Qirmizi Kamolova, Gulshod Reypnazarovalardan kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish sirlarini puxta oʻrganmoqdalar.

Loyihaning asosiy maqsadi manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlarga har tomonlama yordam koʻrsatishdir. Loyiha doirasida “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari va Amudaryo televideniyesi tahririyatlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan tadbirlar oʻzining juda katta samarasini bermoqda.

Tashkilot tomonidan loyiha asosida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Men havas qiladigan badiiy qahramon”, “Orol – mening taqdirimda”, “Navroʻz – umumxalq bayrami”, “Mustaqillik – oliy neʼmat” mavzularida insholar tanlovlari, “Ranglarda vatan manzaralari” mavzusida rasmlar tanlovi eʼlon qilinib, tanlov gʻoliblari sovgʻalar, “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi. Tumanning olis hududlarida yashovchi yoshlar uchun teatr tomoshalari, kontsertlar, “Kitoblar karvoni” tashkil etildi.

Maktabda besh muhim tashabbus doirasida turli tadbirlar tashkil qilib kelinmoqda. Jumladan, uchinchi tashabbus doirasida ham kompyuter texnologiyalari vositasida turli musobaqalar, ochiq darslar oʻtkazilmoqda. Zero, hozirgi hayotimizni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun ham maktab oʻquvchilari kompyuter saboqlarini astoydil oʻrganmoqdalar.

Oʻtkazilgan ochiq dars mobaynida maktab oʻquvchilari informatika fani sirlarini puxta egallayotganligini yana bir bor namoyish qildilar.

Oʻrozali REYIMOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019