17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 11:14
Jamiyat 👁 342

QOʻShA QARIGANLAR

QOʻShA QARIGANLAR

Har kishi el uchun tortsa agar ranj,

Oqibat muyassar boʻlar unga ganj.

Majididdin Havofiy hazratlari taʼriflaganlariday, el uchun mashaqqatlardan choʻchimay mehnat qilgan, alal-oqibat yurtdoshlari mehr-muhabbatiga, hurmat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan insonlar koʻp. Mangʻit shahrining Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi Bashir ota Kenjayev, u kishining umr hamdami Umida ona Sariyevalar ana shundaylar sirasidan.

Bashir ota Kenjayev 1937-yilda tugʻilgan. Maktabni tugatganidan soʻng Toshkent Tibbiyot institutini 1961-yilda quloq, tomoq, burun kasalliklari shifokori mutaxassisligi boʻyicha bitirgan.

U mehnat faoliyatini boshlagan davrlarda tumanda shifokorlargina emas, oʻrta tibbiyot xodimlari ham yetishmas, kunduzi boʻlimda bemorlarni davolab, ikki kunlab “Tez tibbiy yordam” boʻlimida navbatchilik qilishlariga ham toʻgʻri kelardi. Safdoshlari Abdulla Madaminov, Gauxman, Sara Isayevna, Jamol Oʻtamurodovlar qatori Bashir ota ham tuman tibbiyotining moddiy texnika bazasi achinarli holatda boʻlishiga qaramay, vaqt bilan hisoblashmay, bemorlar dardiga darmon boʻlishga intildi. “Juda toliqqan vaqtlarimda Abdulla aka Madaminovni esga olardim, u kishi Beruniy tumanidan kelib, shu el odamlariga xizmat qilib yuribdi-ku, men charchashim mumkinmi, deya oʻzimni oʻzim tergab, kuch topib, ishga otlanaverardim” deya eslaydi oʻsha vaqtlarini. Otaxonning oʻsha yillardan xotira boʻlib qolgan bir voqea hech esidan chiqmaydi: oʻsha kuni tez tibbiy yordam boʻlimida navbatchi edi. Kechasi Toʻlqin ovulining qatnov yoʻlga uzoq joylashgan hududiga chaqiruvga binoan yoʻlga chiqqanlarida loy yoʻldan yurolmay, mashinasi botqoqqa botib qolgan. Mashina ham eski boʻlgan-da. Ahvol tang. Biroq bemorga yordam berish kerak. Shunda Bashir Kenjayev bemor ayolni piyoda surishtirib yoʻlga chiqqan va topib borib, oʻrta yashar ayolni orqasiga opichib, uch chaqirimcha masofadan mashinagacha koʻtarib kelgan.

Chaqiruvdan charchab, sovqotib, yarim beligacha loyga botib kelgan shifokorni Gauxman shifoxona boʻlimidagi bir boʻsh karavotga oʻrab, yotqizib qoʻygan.

Shu boʻyicha ertalab ham oʻziga kelmagan Bashir otani turmush oʻrtogʻi, shifoxonada hamshira boʻlib ishlovchi Umida Sariyeva izlab kelgan.

- Koʻzimni ochsam yonimda yangi kiyimlarim turibdi, ayolim ahvolimni koʻrib, uyga borib kiyim olib kelgan ekan, - deya xotirlaydi otaxon.

Bashir ota, Umida onalarning qizgʻin mehnat jarayonida kechgan har bir kuni qahramonlik, ibrat olishga arzigulik. Hammaslak, hamkasblar oilada ham roʻzgʻor yukini baravar yelkalashdi, biri-biriga suyanch boʻlishga intilishdi, qiyinchiliklarni oqillik bilan, sabr bilan yengib oʻtishdi. Ularning ahil oilasida voyaga yetgan farzandlar ham el koriga yarab, turli sohalarda mehnat qilishayapti. Toʻngʻich oʻgʻli Jumaboy oliy maʼlumotli elektr aloqa xodimi, Murotboy tez tibbiy yordam boʻlimida haydovchi, Tamara oʻqituvchi, Poʻlat quruvchi, Klara hunarmand, Yusuf elektr aloqa xizmati, Zulayho bank xodimi.

Elga nafi tegayotganidan, bemorlarga shifo ulashayotganidan koʻngillari osmon boʻlib mehnat qilgan Bashir ota, Umida onalar ana shunday qaynoq mehnat jarayonidan tashqari yetti nafar farzandni voyaga yetkazib, oʻqitib, hayotda oʻz oʻrinlarini topib, oʻzlaridan tingunlarigacha ne bir zahmatlar chekkani faqat oʻzlariga, Yaratganga ayon. 40-yildan ziyod vaqt tumanimiz aholisi sogʻligʻini saqlash yoʻlida 2010-yilgacha ishlagan otaxon va onaxonning turmush qurganlariga 60-yildan oshibdi. 60-yildirki, ular shu moʻʼjaz oilasini, farzandlarini koʻzi qaroqlarida asraydi, qoʻni-qoʻshni, qarindoshlarinikiga borsa ham, hademay oʻz aziz goʻshasiga tezroq qaytgisi kelib talpinadi, shu oshiyon ular uchun eng orombaxsh maskan, umri davomchilarining kamolidan, nevara-chevaralari yayrab ulgʻayayotganidan koʻngli togʻday koʻtariladi, ana shunday ulugʻ neʼmatlar bilan siylagan Zotga toʻxtovsiz hamdu sanolar aytishadi.

Bugungi kunda Bashir ota, Umida onalar nafaqat oʻz oilasida, mahallasida, elida eʼzozli nuroniylardan.

Xalqimiz tilida “Keksalar – yurtimiz fayzi”, “Qarisi bor uyning parisi bor” degan iboralar koʻp ishlatiladi. Chindan-da, yoshi ulugʻ insonlar yashaydigan uyga oʻzgacha havas bilan qaraymiz. Chunki nuroniy otaxon-onaxonlar yosh avlodga mehr-oqibat, yuksak insoniy xislatlar, odob-axloqdan saboq berib, oilalarda, mahallalarda tinchlik-osoyishtalik muhitini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan moʻʼtabar murabbiylardir.

Shu el odamlariga beminnat xizmat qilib, yuksak hurmat-ehtiromga sazovor boʻlgan Bashir ota, Umida onalarga “Mehnatlaringiz rohatini koʻrib, uzoq umr koʻring”, deya tiladik.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026