17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 11:14
Jamiyat 👁 212

INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Obod mahallam” nomli grant loyihasi ish rejasiga asosan tumanning barcha joylarida uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va turli mavzularda tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shu yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida tashkilot “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorati bilan hamkorlikda tumanning Oq oltin, Bobur nomli ovullari va Jumurovul mahallasi hududlarida joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mustaqil yurtimning obod mahallasi” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazgan edi.

Insholar tanlovining ishtirokchilari oʻzlarining ekologiyaga oid bilimlari yuqori darajada ekanligini yana bir bora namoyon qildilar. Tanlovga kelib tushgan insholar badiiy kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, gʻoliblar aniqlandi.

Unga koʻra 71-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Hulkaroy Abdurahmonova “Mavzuga oid eng yorqin fikrlari uchun” 1-oʻringa, 45-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Latofat Haydarova “Ezgulik targʻibotchiligi uchun” 2-oʻringa, 48-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Hulkaroy Yusupova “Shaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uchun” 3-oʻringa munosib deb topildilar.

Shuningdek, 86-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Surayyo Jumamurodova va 50-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Shahzoda Tojiboyevalar insholar tanlovidagi “Faol ishtiroki uchun” sovrindorlar safidan joy oldilar.

Gʻoliblar va faol ishtirokchilarga tanlov tashkilotlari tomonidan tayyorlangan sovgʻalar, “Faxriy yorliq”lar tantanali ravishda topshirildi.

Aytish joizki, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qoʻyish, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkamzorlashtirish, atrof muhofazasiga hissa qoʻshish – loyihaning bosh maqsadidir.

Loyiha doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish, fuqarolar yigʻinlari huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilashga koʻmaklashish, soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirokida oʻquv seminarlari tashkil qilish kabi ishlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Grant loyihasi doirasida aholi, ayniqsa yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yashil tabiatni asrash – oʻz qoʻlimizda”, “Koʻchat ekish – ezgu anʼana”, “Men ekkan nihol”, “Hashar – elga yarashar”, “Tabiat va biz”, “Mahallam jamoli” mavzularidagi insholar tanlovlari yoshlarni ona tabiatni asrashga chorlayotgani bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻrozali REYIMOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026