16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:48
Iqtisodiyot 👁 337

OʻQUV MARKAZIDA XOTIN-QIZLAR TIKUVChILIK VA KASANAChILIKNI OʻRGANIShMOQDA

OʻQUV MARKAZIDA XOTIN-QIZLAR TIKUVChILIK VA KASANAChILIKNI OʻRGANIShMOQDA

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, manzilli daftarlarga kiritilgan, ishsiz ayol-qizlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish borasida qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Amudaryo tumanida ham ishsiz, kam taʼminlangan, ehtiyojmand xotin-qizlarga kasb-hunar oʻrgatish va ularni tadbirkorlikka yoʻnaltirish orqali bandligini taʼminlash maqsadida Navoiy nomli mahalla hududidagi sobiq Bandlikka koʻmaklashish markazi binosidan xona ajratilib, oʻquv markazi tashkil etildi va zaruriy jihozlari bilan taʼminlandi.

Mazkur oʻquv markazida bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlar uchun qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etilgan. Tikuvchilik hamda kasanachilik yoʻnalishida xotin-qizlarga hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyilgan. Markazda hunar oʻrganish uchun tashrif buyurgan xotin-qizlarga “Tamara TEXTILE” tikuvchilik korxonasi rahbari, tadbirkor Tamara Yusupova tikish-bichish ishlarini, tadbirkor Raʼno Murodova esa dekorativ buyumlar, gullar yasashni oʻrgatmoqda.

Ayni paytda markazda hunar oʻrganayotgan ayol-qizlarga yetarli sharoitlar yaratilgan xonalarda mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. Ularga ayollar va erkaklar, bolalar kiyimlarini bichish, mavsumiy kiyimlarni tikish, mato tanlash, chokni mustahkamlab tikish kabilar boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilib, tushunchalari mustahkamlanadi. Bezak yasashga qiziquvchi ayol-qizlarga ham gulqogʻoz tanlash, ranglardan, boʻyoqlardan foydalanish, gulbargchalar tayyorlash kabilar oʻrgatiladi. Oʻquv kursi yakunida tinglovchilarga masus sertifikatlar beriladi va kelgusida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlarida amaliy yordam koʻrsatiladi.

Taʼkidlash joizki, ushbu oʻquv markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentyabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Prezident Qaroriga koʻra tashkil etilgan ushbu markazga tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda oʻtirib qolgan ehtiyojmand ayollar, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, bunday ayollarning bandligini taʼminlash maqsadida ovul va mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlariga yaqindan koʻmaklashilmoqda.

Ushbu markaz faoliyatining asosiy maqsadi ishsiz va band boʻlmagan aholini hududiy hamda mintaqaviy mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga oʻqitishdan iborat. Oʻtgan davr mobaynida oʻquv markazida 83 nafar xotin-qizlar tikuvchilik yoʻnalishida kasb-hunar oʻrganib, sertifikatlarga ega boʻlishdi. Hozirgi paytda shundan 10 nafari oʻz uyida tikuvchilik tsexini tashkil etdi. Shuningdek, koʻplab ayol-qizlar dekorativ buyumlar va turli gullar, savatlar, chiroqlar yasashni oʻrganishdi va elimizning toʻy-bazmlarida xonadonlarini bezaklar bilan bezab, xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishdi.

Kelgusida ushbu oʻquv markazida boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham oʻquv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, ularga chekka hududlardagi ayol-qizlarni koʻproq jalb etish maqsad qilingan. Bu kabi amaliy ishlar tumanda ayol-qizlarning hunar oʻrganishlarida, oʻz-oʻzini ish bilan band qilishi, shu hunarlari orqali doimiy daromadga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026