16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Jamiyat 👁 292

ISTEʼMOLChILARNI IChIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLAShDA MUAMMO BOʻLMAYDI

ISTEʼMOLChILARNI IChIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLAShDA  MUAMMO BOʻLMAYDI

Amudaryo tumani aholisining maʼlum qismi, yaʼni 81,8 ming kishi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Tumanda jami 337,2 km. uzunlikda suv tarmoqlari mavjud boʻlib, 6436 xonadonga maxsus avtotransportlar orqali ichimlik suvi tashib berish yoʻlga qoʻyilgan.

2021-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida Xitoy ovuli hududida 2ta, Jumurtov shaharchasi hududida 2ta hamda Yuqori qishloq mahallasi hududida 1tadan  suv tozalash shoxobchasi qurilib, aholining ichimlik suv taʼminoti yaxshilanishiga sharoit yaratildi.

Bundan tashqari, Amir Temur nomli ovul hududida yangidan suv tarqatish inshooti va 11,2 km. suv tarmogʻi qurildi. Natijada Amir Temur nomli hamda Oq oltin ovullari hududidagi suv tarqatish inshootlari rekonstruktsiya qilinib, 7,9 km. uzunlikdagi yangidan suv tarmogʻini qurish ishlari bajarildi.

Prezidentimizning 2020-yil 11-noyabrdagi tegishli Qaroriga asosan 2022-yilda 35-sonli suv tarqatish inshooti rekonstruktsiya qilinib, 17,3 km. suv tarmogʻi qurildi, natijada Oq oltin ovuli hududidagi yana 559ta xonadonni markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanish imkoni yaratildi.

“Obod qishloq” Davlat dasturi asosida Toʻlqin ovulida 4ta, Ayoqchi mahal-lasida 2ta yuqori quvvatga ega suvni chuchuklantiruvchi stantsiyalar yangidan qurildi hamda 550ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Joriy yilda Namuna MFY hududida yangidan 1ta suvni chuchuklantiruvchi stantsiya qurilishi hamda 8,2 km. suv tarmoqlari tortilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu boradagi ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Mazkur inshootlar qurib, bitkazilgach, 236ta xonadonning ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi.

Shuningdek, Qum yop mahallasi hududida ham yangidan 1ta suvni chuchuklantiruvchi stantsiya qurilishi hamda 10,5 km. suv tarmoqlari tortilishi rejalashtirilgan boʻlib, jami 332ta xonadon ichimlik suv bilan taʼminlanishi kutilmoqda.

Prezidentimizning 2023-yil 30-mart kungi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida belgilangan rejaga koʻra, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida ayni paytda Besh tom mahallasi hududida yangidan 11,4 km. ichimlik suvi tarmogʻi tortish ishlari olib borilmoqda. Mazkur inshootlar ishga tushirilgach, 364ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, tumanda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 2023-2026-yillarga moʻljallangan qurilish ishlari, xususan, Qipchoq ovuli hududida kuniga 40000 kubometr suv tozalash quvvatiga ega inshoot, Kuyuk koʻpir ovuli hududida yangidan suv taqsimlash inshooti qurilishi, Oʻrta qalʼa ovuli hududida RU-1 suv taqsimlash inshootini rekonstruktsiya qilish, Ayoqchi, Xizr eli mahallalari va Qilichboy ovullar hududlarida yangidan ichimlik suv tarmogʻi tortish, Qilichboy suv taqsimlash inshootini rekonstruktsiya qilish, shuningdek, tuman hududida 54,3 km. magistral suv tarmogʻi, 236,5 km. koʻcha suv tarmoqlarini qurish ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, tender savdolariga eʼlon berilishi kutilmoqda.

Joriy yil kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 3ta elektronasos, 2ta transformatorlarda, tuman hududidagi mavjud ichimlik suvi tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Ichimlik suvi tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf qilish uchun ekskavator va kerakli asbob-uskunalar hamda zarur ehtiyot qismlar shay holatga keltirildi.

Hozirgi kunda ichimlik suvi isrof qilinishining oldini olish maqsadida aholi xonadonlari, korxona va tashkilotlar binolariga oʻrnatilgan suv oʻlchagich uskunalari koʻzdan kechirilib, yangidan ichimlik suvi tarmogʻiga ulanayotgan aholi xonadonlari, korxona va tashkilotlar binolariga ichimlik suvini oʻlchash uskunalarini oʻrnatish va ichimlik suvidan oqilona foydalanish hamda isrofgarchilikning oldini olish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xurshidbek JUMANIYoZOV,

“Qoraqalpoq suv taʼminoti” MChJ Amudaryo tumani filiali boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019