16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:42
Salomatlik 👁 300

“SOGʻLOM MUHIT – SOGʻLOM HAYoT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDAGI TADBIR OShKORA MULOQOT VA OʻZARO FIKR ALMAShUVLAR ASOSIDA OʻTKAZILDI

“SOGʻLOM MUHIT – SOGʻLOM HAYoT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDAGI TADBIR OShKORA MULOQOT VA OʻZARO FIKR ALMAShUVLAR ASOSIDA OʻTKAZILDI

Mafkuraviy xurujlar avj olgan, global muammolar oʻz murakkabliklari bilan insoniyat boshiga sinovlar yogʻdirayotgan ayni davrda millat shaʼni, erki va tinchligini saqlash mamlakatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Shu boisdan ham sohalar boʻyicha turli toifadagi rahbarlardan tortib mutaxassis xodimlar, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va yoshlar siyosati boʻyicha masʼullar voyaga yetmagan oʻsmirlar oʻrtasida nazoratsizlik, turli yot gʻoyalarga berilib ketishlarining oldini olish, ayniqsa, hali maktab oʻquvchisi boʻlgan, voyaga yetmagan oʻsmirlarning tungi koʻngilochar maskanlarida yolgʻiz yurishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida amalga oshirilayotgan tarbigʻot-tashviqot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan oʻtkazilayotgan ana shunday mazmundagi tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasida oʻz samarasini bermoqda.

amunews.uz veb-saytining Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi doirasidagi tadbirlari aynan ana shu masalaga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarga barham berishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 16-oktyabr sanasida Navoiy nomli MFYda ham oʻtkazildi. Unda hududiy profilaktika inspektori A.Xudoyberganov, MFY xotin-qizlar faoli Gulbahor Hidirova, 30-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilnoza Fayzullayeva hamda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni Navoiy nomli MFY hududiy profilaktiki inspektori, kapitan Alisher Xudoyberganov ochib, amunews.uz veb-sayti ijodkorlari tomonidan Amudaryo tumanining chekka qishloqlari aholisi, umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari, mahallalar faollari ishtirokida oʻtkazilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari voyaga yetmaganlar tarbiyasida katta taʼsir kuchiga egaligini eʼtirof etdi. Shu bilan birga Navoiy nomli MFYda mahalla faollari, ibratli oilalar sohib va sohibalari, koʻcha boshchilari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning tungi koʻngilochar maskanlarida ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurishlariga, oʻquvchilarning uzrli sabablarsiz dars qoldirishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tez-tez davra suhbatlari, hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda “Xavfsiz tun”, “Tigʻ”, “Oʻquvchi”, “Davomat” reydlari oʻtkazilayotgani oʻzining ijobiy samarasini berayotgani xususida soʻz yuritdi.

Darvoqe, 2023-yil davomida tuman hududi boʻyicha farzand tarbiyasiga befarq qaragan 565 nafar ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar aniqlanib tegishli choralar koʻrilgan.

Amudaryo tumani Navoiy nomli MFY hududida esa 2023-yilning 9 oyi mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 47-moddasi boʻyicha ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida bu kabi holatlar voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelganligi uchun ularning ota-onalariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortish choralari koʻrilgan va olti nafar voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan.

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Bahodir Qodirov, mahalla xotin-qizlar faoli Gulbahor Xidirova, hokim yordamchisi Sanjar Muratov hamda yoshlar yetakchisi Quvvat Yesamurodov profilaktika inspektori A.Xudoyberganovlar birgalikda hududda joylashgan maktablarga kirib, voyaga yetmaganlar bilan tez-tez uchrashib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar yoshlar tarbiyasida ota-onaning, ayniqsa, oilaning oʻrni muhimligini, har bir ota-ona farzandining yurish-turishi, kiyinishi, uning atrofidagi doʻstlari kimligini doimiy nazorat qilib turishi zarurligini alohida taʼkidlab, farzandining oʻqishi hamma narsadan muhim ekanligi, bu borada ota-ona aslo nazoratni boʻshashtirmasligi zarurligi xususidagi fikrlarini bildirdilar.

Tadbir davomida “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi ijodkorlaridan biri jurnalist Robiya Yoʻldosheva ham qimmatli fikrlar bildirib, mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar, voyaga yetmaganlar taʼlim-tarbiyasi xususidagi muammolarni bartaraf etishda taʼlim muassasasi – mahalla – oila va jamoatchilik hamkorligining ahamiyati muhimligini qayd etdi.

Oshkora va samimiy muloqot tarzidagi tadbir voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha oʻzaro fikr almashuvlar va samimiy muloqot tarzida oʻtdi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026