16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 396

AMUDARYoDA A.HAITOV IShTIROKIDA KUZGI EKINLARNI TOʻQSONBOSTI USULIDA EKISh BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

AMUDARYoDA A.HAITOV IShTIROKIDA KUZGI EKINLARNI TOʻQSONBOSTI USULIDA EKISh BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumaniga Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov tashrif buyurib, tuman hududidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida kuzgi ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

19-oktyabr kuni Toʻlqin ovulidagi “Ilhom Matluba” fermer xoʻjaligi dalasida koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Seminarga tashrif buyurganlar ushbu xoʻjalikda ajratilgan 3 gektar dalada ekilgan toʻqsonbosti ekinlarining parvarishi bilan qiziqdi.

Seminarda Aktam Haitov toʻqsonbosti ekinlarni parvarishlash boʻyicha maslahat va tavsiyalar berib oʻtdi. Shuningdek, mamlakatimiz aholisining ertangi sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida hosildan boʻshagan maydonlarga sovuqqa chidamli ekinlardan piyoz, sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida esa sabzi, osh lavlagi, koʻkatlar, rediska va karam kabilarni toʻqsonbosti usulida ekib, yetishtirish muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi. Undan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun hozirdan harakat qilish kerakligini aytib, toʻqsonbosti ekinlarini oʻz vaqtida ekish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.

Taʼkidlash joizki, tumanda joriy yilda 2024-yil hosili uchun piyoz va sarimsoq piyoz ekinlarini toʻqsonbosti usulida ekish rejasi fermer xoʻjaliklari tomonidan 110 gektar, dehqon xoʻjaliklari tomonidan 766 gektar, tomorqa yer egalari tomonidan 876 gektar qilib belgilangan. Bugungi kunda tumanimizning barcha hududlaridagi xoʻjaliklar dalalarida ekinlarni mazkur usulda ekish ishlari yakuniga yetib bormoqda.

Seminar ishtirokchilari ovuli hududidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻqsonbosti usulida ekilgan ekinlar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlarida amalga oshirilayotgan koʻchat ekish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilar ushbu hududlarda yetishtirlayotgan iqlimga mos boʻlgan manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlarini parvarishlash boʻyicha tajriba oʻrganib, oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar.

Shundan soʻng, Aktam Haitov Choykoʻl ovuli hududidan oʻtuvchi katta Qipchoq yoʻli boʻyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi 49ta mahalla fuqarolar yigʻinlari beshligi ishtirokida oʻtkazilayotgan koʻchat ekish ishlarida ham qatnashdi.

Seminar Arnaboʻyi mahallasi hududidagi “Kamalov Gulmirza” fermer xoʻjaligi dalalarida davom ettirildi. Ushbu xoʻjalikda dala chetlarida shpaller usulida uzum ekilgan. Shuningdek, hududdagi 5 gektar dalada 30ta fermer xoʻjaliklari birlashgan holda toʻqsonbosti ekinlarini ekib parvarish qilishmoqda. Ushbu ishlarni koʻzdan kechirgan seminar ishtirokchilari, qishloq xoʻjaligi xodimlari, tajribali dehqonlar toʻqsonbosti ekinlarini ekish ishlarini tizimli tashkil qilish va mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish boʻyicha fikr almashishdi.

Tadbir ishtirokchilari Kuyuk koʻpir ovuli hududidagi “Oʻrozaliyev Xoʻjaahmed” hamda Namuna mahallasi hududida “Muzaffar Yeshchanov” fermer xoʻjaliklari dalalarda jadal davom etayotgan ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tuman hududi boʻylab Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Haitov ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur seminarlarda dehqonchilikning toʻqsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai boʻlish bilan birga, aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish imkonini berishi alohida taʼkidlandi. Shu sababli agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazishni taʼminlash masalalarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi aytilib, tumanda toʻqsonbosti ekinlarni yetishtirish hajmini oshirish boʻyicha tavsiyalar, zarur maslahatlar berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019