16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 295

“Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida Amudaryo tumaninnig tuproq-iqlim sharoitida qanday turdagi daraxtlarni ekish kerak?

“Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida Amudaryo tumaninnig tuproq-iqlim sharoitida qanday turdagi daraxtlarni ekish kerak?

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, BMT TD  va GEJning “Koʻllar, botqoq yerlar va qirgʻoq boʻyi tukaylarini  saqlash va barqaror boshqarish, yerning degradatsiyasiga qarshi kurashish va neytral holatga keltirish orqali Orol dengizi havzasi landshaftida barqaror hayotni qoʻllab-quvvatlashga erishish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumani tuproq-iqlim sharoitida qanday turdagi daraxt va butalar ekish kerakligi oʻrganib chiqildi.

2023-yil kuzida va 2024-yil  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzbekistonda 200 million tup, shu jumladan Amudaryo tumanida joriy yilning kuz oylarida 488 ming tup koʻchat ekish rejalashtirilgan. Issiq va qurgʻoqchil iqlimga ega boʻlgan Amudaryo tumani aholisi uchun  daraxtlar va yashil maydonlar nihoyatda muhim. Ular nafaqat salqinlik va kislorod bilan taʼminlaydi, yerning shoʻrlanish darajasini kamaytiradi, balki changni va ular bilan birga korxonalar va transport vositalaridan ajraladigan toksinlarni ham ushlab turadi. Masalan, 1 gektar yashil daraxtzorlar har yili havoni 60- 70 tonna  changdan tozalab, uning kontsentratsiyasini 25 -45 foizgacha pasaytiradi. Yaproqli daraxtlarning shox-shabbalari shovqin energiyasini 70 foizgacha yutadi. Fanning isbotlashicha, daraxtli joylarda daraxtsiz joyga nisbatan bakteriyalar 300-marta kam boʻladi. 1 gektar archazor 1 sutkada 30 kg fitontsid moddasi ajratib chiqaradi va kasallik tarqatuvchi bakteriyalarga qiron keltiradi.

Amudaryo tumani daraxtlar oʻsish sharoitlarining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ekish uchun turlarning toʻgʻri barqaror assortimentini tanlash oson ish emas. Shuning uchun quyida tuman markaziy koʻchalari va qishloqlarini obodonlashtirish uchun tavsiya etilgan ayrim daraxt turlarining biologik va ekologik hususiyatlarining qisqacha tavsifi keltiramiz.

Shumtol – Oʻzbekistonda shumtolning 10 ga yaqin turi uchraydi.  Qoraqalpogʻistonda eng keng tarqalgan va qimmatli turlariga pensilvaniya va yashil  shumtol turlari kiradi. Ular noqulay sharoitlarga, jumladan, shoʻrlanishga, qurgʻoqchilikka va sovuqqa eng chidamliligi bilan ajralib turadi, tuproq tanlamaydi.

Oddiy qayragʻoch -  balandligi 25-30 metr, tanasi diametri-50-60 sm.gacha  yetadigan daraxt. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka juda chidamli. Tuproqqa kam talabchan.  Choʻl hududlarida yaxshi va tez oʻsadi. Qayragʻochning noqulay ekologik sharoitlarga juda yuqori chidamliligi, uni Oʻzbekistonda yetishtirish uchun ajralmas turga aylantirdi, ayniqsa shoʻrlanishga chidamlidir. U toshli tuproqlarda ham yaxshi oʻsadi. Turli tuproq sharoitlarida 1-2 yoshli nihollaridan ekib koʻpaytiriladi. Shoʻrlangan yerlarda 18 yoshli daraxtlarining balandligi  8-10 metrga yetadi. Uning eng chiroyli sharsimon shakli “Sada qayragʻoch”, “Gujum” choʻl hududlaridan tortib togʻlik xududlargacha joylashgan shahar va qishloqlarni obodonlashtirishda qadim-qadim zamonlardan beri keng qoʻllanilib kelinadi.

Goʻzal katalpa. – vatani Shimoliy Amerika. Oʻzbekistonda -27 darajagacha sovuqqa chidaydi. Qishki haroratning pasayishiga qarshiligi, uning bu davrda chuqur uyqudaligiga bogʻliq. Yorugʻsevar. Tuproq shoʻrlanishiga chidamli. Katalpa beor daraxt koʻchatlari ekilganda yaxshi tutadi va osongina ildiz otib, tez oʻsadi.

Oq akatsiya – vatani Shimoliy Amerika. Oʻrta Osiyoga 1880-yilda kirib kelgan va tez tarqala boshlagan. Bu daraxt turi tuproqqa, qurgʻoqchilikka va yuqori haroratga chidamli.

Dala zarangi -   koʻkalamzorlashtirishda keng qoʻllaniladi. Boʻyi 15-20 metrga yetadi. Yogʻochi kurilishda, mebelsozlikda, kadimda ota-bobolarimiz yogoch koshik, yogoch tovok, choʻmich va kuvilarni aynan shu daraxt yogochidan ishlaganlar shu bois zarang koshik deb atalgan. Shahar muhitida juda barqaror. Sovuqqa chidamli, yaxshi oʻsadi.

Gledichiya (Tikan daraxti)- Vatani Shimoliy Amerika.   Oʻzbekistonda sugʻoriladigan va lalmi yerlarda ihota daraxtzorlari barpo etishda keng qoʻllaniladi. Shamolga chidamli. 5 yoshdan 15 yoshgacha tez oʻsadi. Juda yorugʻsevar. Qurgʻoqchilikka, kasallikka va zararkunandalarga chidamli.

Yapon saforasi – koʻkalamzorlashtirishda keng qoʻllaniladi. Tuproqqa kam talabchan,  shoʻrlanishga va qurgʻoqchilikka chidamli va shu bilan birga tez oʻsishi bilan diqqatga sazovor.  Amudaryo tumani sharoitida yoz davomida suv yetishmovchiligi boʻlsa 2-3-marta sugʻorish yetarli hisoblanadi.

Bulardan tashqari oq, koʻk terak, jiyda, kora, ok tol, kanada argʻuvoni, oq, qora tut, butalardan yapon behisi, amorfa, biryuchina, suriya atirguli, malva, summax, igna bargli daraxtlardan sharq biotasi, virgin archalarini ekish, shoʻrlanish kam boʻlgan yerlarda qrim qaragʻayi va chinorlarni ekish tavsiya etiladi.

Yuqoridagi koʻchatlarni ekishdan oldin hudud turli chiqindi, toshlar, ildizlar, oʻsimliklar qoldigʻi va toʻnkalardan tozalanib, yer tekislanadi.

Koʻchatlarni ekishdan oldin  ildizlar uchi kesib yangilanishi va  ekish paytida oldindan chirigan goʻng, tuproq va suv aralashmasidan tayyorlangan “Sharbatga” botirilib keyin ekilishi maqsadga muvofiq.

Koʻchatlarni ekish paytida sugʻorish va ildiz ustiga tuproq tortib boʻlingandan soʻng oyoq bilan bosib zichlashtirish zarur. Koʻchat ekishda ildiz boʻgʻzi koʻmilib ketmasligi kerak hamda yer betidan yuqoriga ham chiqib ketishi kerak emas. Koʻchatlar ekib boʻlingandan keyin daraxt atrofiga aylanasi 1 metr masofada ariq olinadi va koʻchat ekilgandan soʻng sugʻoriladi. Birinchi sugʻorilganda tuproq choʻkadi, ildizi ochilib qolish mumkin, qoʻshimcha tuproq solinib,  yorilgan joylari kayta koʻmiladi.

Oʻgʻitlar bahorda ildizlarning intensiv oʻsishidan oldin yoki kuzda yer muzlamaydigan qatlamiga beriladi. Azotli oʻgʻitlarning berilishi daraxtlarning iyun-iyul oylarida ham oʻsishini taʼminlaydi. Shu davrda oʻsimliklarning jadal oʻsishi paytida  fosforli va kaliyli oʻgʻitlarni berilishi daraxtlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi.

Organik oʻgʻitlarni kuzda solish maqsadga muvofiq. Daraxtlar tagi yumshatilib oʻtlardan tozalanib oʻgʻit beriladi va keyin sugʻoriladi.

Bahorda azotli oʻgʻitlar, yozda esa fosforli-kaliyli oʻgʻitlar beriladi.

Shuni unutmaslik kerakki, shoʻrlanish darajasi yuqori boʻlgan yerlarga ekilgan koʻchatlarga kaliy-xlorid ishlatilmaydi.

Qadrli yurtdoshlar, “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida har bir fuqaro faol qatnashib, tumanimiz yashilligini oshirishga, ekologiyamizning yaxshilanishiga va kelajak avlodga sogʻlom boʻlishlari uchun kislorodga boy bogʻ-rogʻlar, goʻzal tabiat qoldirishga oʻz hissamizni qoʻshaylik!

X.TALIPOV, Ekologiya vazirligi, BMT TD  va GEJning “Koʻllar, botqoq yerlar va qirgʻoq boʻylarini saqlash va barqaror boshqarish,

yerning degradatsiyasiga qarshi kurashish va neytral xolatga keltirish orqali Orol dengizi havzasi landshaftida

barqaror hayotni qoʻllab quvvatlashga erishish” loyiha maslahatchisi, biologiya fanlari nomzodi.
R. DOSMANOV, Loyixaning Amudaryo tumani boʻyicha koordinatori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019