16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 284

BOGʻ-QATOR ORALARIGA DUGA USULIDA TOʻQSONBOSTI EKINLAR VA KOʻKATLAR EKISh BOʻYIChA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

BOGʻ-QATOR ORALARIGA DUGA USULIDA TOʻQSONBOSTI EKINLAR VA KOʻKATLAR EKISh BOʻYIChA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Amudaryo tumanida kuzgi ekin ekish ishlarini yanada samarali oʻtkazish, bogʻ-qator oralariga duga usulida toʻqsonbosti va koʻkatlar ekish boʻyicha seminarlar oʻtkazilib kelinmoqda. Seminarlarda mutaxassislar, tajribali dehqonlar tomonidan ekinlarni ekish va parvarishlash boʻyicha tegishli tavsiyalar, maslahatlar berilib, tajribalar almashilmoqda. Shu oʻrinda aytish joizki, Amudaryo tumanida 2024-yil hosili uchun bogʻ-qator oralariga 789 gektar yer maydoniga toʻqsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz hamda koʻkatlar ekish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Shu paytga qadar 126 gektar yer maydoniga toʻqsonbosti ekinlari ekilgan.

30-oktyabr kuni Qangli ovuli hududidagi “Bahodir Hamdam” agrofirmasi dalasida boʻlib oʻtgan ana shunday seminarda tuman hokimi oʻrinbosari Anvar Yoʻldoshev, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovlar ishtirok etishdi. Seminarda “Bahodir Hamdam” agrofirmasiga qarashli dalada 0,3 gektar yer maydoniga toʻqsonbosti usulida bogʻ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda koʻkatlar ekish rejalashtirilgani, ushbu ekinlarni ekish texnikasi, unib chiqqanidan keyin agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish lozimligi toʻgʻrisida soʻz yuritilib, taklif va maslahatlar berildi. Shundan soʻng, ajratilgan maydondan yer tayyorlandi va piyoz urugʻlari sepildi.

Qipchoq muqobil mashina traktor parkiga qarashli bogʻda davom ettirilgan seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman hokimi oʻrinbosari Anvar Yoʻldoshev, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovlar qatnashishdi. Masʼullar ushbu bogʻda toʻqsonbosti usulida bogʻ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda koʻkatlar ekish rejalashtirilgan 0,8 gektar yer maydonini koʻzdan kechirishdi. Seminar davomida yetishtirilgan sabzavotlarni ekishdan to pishib yetilgunigacha boʻlgan jarayon haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda ochiq maydonlarga va bogʻ-tok qator oralariga toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini navlar boʻyicha ekish va parvarishlash borasida tajriba almashilib, koʻrsatmalar berildi.

Seminar Toʻlqin ovuli hududidagi “Ahmedov Rajapboy” fermer xoʻjaligi bogʻida davom ettirildi. “Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligi tomonidan rejaga koʻra 1,8 gektar yer maydoniga toʻqsonbosti usulida bogʻ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda koʻkatlar ekilgan. Ayni kunlarda unib chiqa boshlagan ushbu ekinlarni parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda. Seminarga tashrif buyurgan masʼullar yurtimiz aholisini ertaki sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida hosildan boʻshagan maydonlarga sovuqqa chidamli ekinlardan shu kunlarda piyoz, sarimsoqpiyoz, noyabr-dekabr oylarida esa toʻqsonbosti ekinlaridan sabzi, osh lavlagi, koʻkatlardan – kashnich, petrushka, salat, rediska va karam ekib yetishtirish yaxshi foyda keltirishini taʼkidlashdi.

Shundan soʻng, seminar ishtirokchilari Choykoʻl ovuli hudududagi “Mangit omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli uzumchilik xoʻjaligi bogʻida amalga oshirilayotgan kuzgi ishlar bilan tanishishdi. Ushbu bogʻda 2,8 gektar yer maydoniga toʻqsonbosti usulida bogʻ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda koʻkatlar ekish rejalashtirilgan. Seminar davomida tajribali dehqonlarning yoʻl-yoʻriqlari tinglanib, oʻzaro tajriba almashildi, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Tumanda kuzgi ekin ekish ishlarini yanada samarali oʻtkazish, bogʻ-qator oralariga duga usulida toʻqsonbosti va koʻkatlar ekish boʻyicha tashkil etilgan seminar boshqa hududlarda ham davom etdi va kelgusi yil hosili uchun bogʻ-qator oralarni shudgorlash, hudud iqlim sharoitiga koʻra ekinlarni oqilona joylashtirish, toʻqsonbosti ekinlarini ekish borasidagi masalalar muhokama etildi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019