16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Fan va taʼlim 👁 431

ILMIY-AMALIY OʻQUV SEMINARIDA QORAQALPOQ TILI VA ADABIYoTI HAMDA GEOGRAFIYa FANLARI OʻQITUVChILARI MAHORATIGA BAHO BERILDI

ILMIY-AMALIY OʻQUV SEMINARIDA QORAQALPOQ TILI VA ADABIYoTI HAMDA GEOGRAFIYa FANLARI OʻQITUVChILARI MAHORATIGA BAHO BERILDI

Mamlakatimizda umumtaʼlim fanlarini oʻqitishni zamon talablari darajasida rivojlantirish, fan oʻqituvchilarining taʼlim-tarbiya sohasida erishayotgan yutuqlarini ragʻbatlantirish maqsadida soha vazirligi tomonidan tashkillashtirilayotgan ilmiy-amaliy va oʻquv seminarlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar orqali umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshishiga ijobiy taʼsir oʻtkazib, iqtidorli oʻqituvchilar tomonidan taklif etilayotgan dars ishlanmalari, uslubiy qoʻllanmalar sohaga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.

Joriy yilning 31-oktyabr sanasida Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Ogʻzaki nutq koʻnikmalarini muvofiqlashtirish usullari: bilish, qoʻllanish, fikrlash” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy oʻquv seminarida ham ishtirokchilar qoraqalpoq tilida dars oʻtish, oʻquvchilarda ushbu fanga nisbatan bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish orqali ularning qoraqalpoq tili boyligini yuksaltirish borasidagi ilgʻor metodik tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi hamda vazirlikning Amudaryo tuman boʻlimi hamkorligida tashkillashtirilgan mazkur ilmiy-amaliy oʻquv seminaridagi asosiy mavzu – “Ogʻzaki nutq koʻnikmalarini muvofiqlashtirish usullari: bilish koʻllanish va fikrlash” mavzusida Respublika taʼlim Markazi uslubchisi Zulfiya Ismoilova maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida oʻquvchining ogʻzaki nutqini zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalarni qoʻllash, xususan qoraqalpoq tilida suhbatlashish, qiziqarli dialoglar, qoraqalpoq xalq maqol va matallari orqali rivojlantirish, oʻquvchining fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazish usulidan foydalanish vositasida badiiy til bilan qoraqalpoq ogʻzaki til (sheva)ning oʻziga xos xususiyatlarini bir-biriga muvofiqlashtirgan holda mashgʻulotlar olib borish toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berdi.

Shundan soʻng, ilmiy-amaliy oʻquv seminari ishtirokchisi, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Aptabida Abdumuratova 8-A sinf oʻquvchilariga “Ustozlik qilgan zoriqmas” mavzusida samimiy suhbat tarzidagi ochiq dars oʻtkazdi. Ochiq dars jarayonida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning “Oʻrtoq muallim” poemasi asosida oʻquvchilar bilan dildan suhbatlashdi va xalq shoirining oʻz asarida soʻz qoʻllash sanʼati, uning inson maʼnaviyatini yuksaltirishdagi katta ahamiyati yuzasidan oʻquvchilarning oʻzaro fikr almashishlari uchun sharoit yaratdi.

Ilmiy-amaliy oʻquv seminari davomida 40-sonli umumtaʼlim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zamira Xudoyberganova 5-sinfda qoraqalpoq tilidan “Boʻgʻin va boʻgʻin koʻchirish” mavzusida ochiq dars oʻtkazdi. U oʻz darsida qoraqalpoq tili darslarida boʻgʻin koʻchirish borasida oʻquvchilar tomonidan yoʻl qoʻyiladigan imlo xatolarga barham berish yuzasidan qimmatli fikrlar bildirdi.

Seminar ishtirokchilari oʻtkazilgan har ikkala ochiq darsni ham yuqori baholadilar. Shu bilan birga mazkur ochiq darslar orqali qoraqalpoq tili va adabiyot fanini oʻqitish boʻyicha katta tajribaga ega Aptabida Abdumuratova hamda 40-sonli maktabning qoraqalpoq tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zamira Xudoyberganovalar tomonidan ochiq dars jarayonida ilgari surilgan innovatsion gʻoyalar muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.

Ilmiy-amaliy oʻquv seminari ishtirokchilari oʻtilgan ochiq darslar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga masʼullar va tajribali oʻqituvchilar tomonidan javoblar taqdim etildi.

Seminar yakunida Aptabida Abdumuratova va Zamira Xudoyberganova Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Shu kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Geografiya darslarida yangi uslublardan hamda xaritalar (atlas va kontur)dan foydalanib dars oʻtish usuli va amaliy masalalar bilan ishlashish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari oʻquv seminari oʻtkazilib unda Qoraqalpogʻiston taʼlim Markazi uslubchisi Rita Qalilayeva, mazkur Markazning uslubiy xizmat koʻrsatish boʻlimi uslubchisi Jamolatdin Oʻtepbergenovlar oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy oʻquv seminarining ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil maʼlumot va tushunchalar berdilar.

Seminar davomida maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Zokir Rahimov hamda 47-sonli maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Gulbanu Almambetovalar tomonidan namunali ochiq darslar oʻtkazildi.

Ilmiy-amaliy oʻquv seminari yakunida oʻtkazilgan har ikkala ochiq dars ishtirokchilar tomonidan tahlil etilib, oʻqituvchilarning bilim va mahoratlariga dars oʻtishdagi oʻziga xos uslublariga yuqori baho berildi. Amudaryo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi uslubchisi Rayhon Yakubova boʻlib oʻtgan ilmiy-amaliy oʻquv seminari taʼlim sifatini oshirishga ijobiy taʼsir qiluvchi omil boʻlganini alohida taʼkidladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019