16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 308

FERMER XOʻJALIGI BOShLIGʻINI OʻZGARTIRISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIB-QOIDALARI XUSUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

FERMER XOʻJALIGI BOShLIGʻINI OʻZGARTIRISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIB-QOIDALARI XUSUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq toʻlovlari boʻyicha yengilliklar, shuningdek, fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subʼektlarining rasmiy hujjatlarini yuritish tartib-qoidalari yuzasidan tadbirkorlar ishtirokidagi davra suhbatlari, ochiq va samimiy muloqot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 7-noyabr sanasida Amudaryo tumani Adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi binosida “Tadbirkorlarga huquqiy maslahat” doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida ham aynan ana shu mazmundagi masalalar boʻyicha tadbirkorlarga keng tushuncha va tavsiyalar berildi.

Davra suhbatida Amudaryo tuman hokimligi mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari, tuman fermer, dehqon va tomorqa xoʻjaliklari Kengashi masʼullari hamda Adliya boʻlimi DXM yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan ilmiy-nazariy va uslubiy qoʻllanmalarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha belgilangan rejaga muvofiq oʻtkazilgan mazkur davra suhbatida “Fermer xoʻjaligining boshligʻini oʻzgartirish va rasmiylashtirish tartibi” toʻgʻrisida soha masʼullari tomonidan zarur tushuntirishlar olib borildi. Unda Amudaryo tuman Adliya boʻlimi DXM yetakchi mutaxassisi Husniddin Ibodullayev davra suhbati ishtirokchilariga fermer xoʻjaligining boshligʻini oʻzgartirish asoslari, talablari va shartlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berdi.

Xususan, fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etganligi munosabati bilan yer ijara shartnomasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tuman hokimligiga beriladigan ariza namunasi, yer ijara shartnomasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha kelishuvning namunaviy loyihasi, fermer xoʻjaligining boshligʻi almashganligi munosabati bilan yer ijara shartnomasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tuman hokimligiga beriladigan ariza namunasi, yer ijara shartnomasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha uch tomonlama kelishuvning namunaviy loyihalari koʻrsatib berildi.

Shuningdek, Husniddin Ibodullayev fermer xoʻjaligining boshligʻini oʻzgartirish – bu majburiyat emas, balki bevosita fermer xoʻjaligining boshligʻi va fermer xoʻjaligini boshqarishni oʻz zimmasiga olayotgan oila aʼzolaridan birining huquqi ekanligini misollar orqali tushuntirib, bu boradagi zaruriy hujjatlar haqida tavsiyalar berdi.

Davra suhbati davomida masʼullar tomonidan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli moddalari xususida ham ishtirokchilarga zarur tushunchalar berildi. Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga koʻra, fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonunchilikka muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtishi va bu tegishli tartibda rasmiylashtirilishi, shuningdek, mazkur 13-moddaga muvofiq, yer uchastkasini fermerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijaraga olish huquqini yer ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish orqali oʻz oila aʼzolaridan biriga yer ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berish uchun asos boʻladigan holatlar, xususan, pensiya yoshiga toʻlganligi, mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi, muddatli harbiy xizmatga chaqirilganligi, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi oʻqishga qabul qilinganligi, saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi kabi holatlardan biri yuz berganda fermer xoʻjaligi boshligʻi xohishiga koʻra, oila aʼzolaridan biriga fermer xoʻjaligi boshligʻi vazifasini oʻtkazishi mumkinligi boʻyicha kerakli maʼlumotlar taqdim etildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026