16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:50
Qishloq xoʻjaligi 👁 240

“YeRGULOBOD” FERMER XOʻJALIGIDA KUZGI IShLAR JADAL DAVOM ETMOQDA

“YeRGULOBOD” FERMER XOʻJALIGIDA KUZGI IShLAR JADAL DAVOM ETMOQDA

Kuz faslining oxirgi oylarida dehqonlar hosilni yigʻib-terib olish bilan birga dalalarda kelasi yilgi dehqonchilik ishlariga ham tayyorgarlik koʻrishadi va moʻl hosilga zamin hozirlashadi. Amudaryo tumanining Oʻrtaqalʼa ovuli hududidagi “Yergulobod” fermer xoʻjaligida ham ayni kunlarda ob havoning ochiqligidan unumli foydalanilib, kuzgi ishlar qizgʻin davom ettirilmoqda.

Gulmurod Boboniyozov raislik qilayotgan mazkur fermer xoʻjaligi tasarrufida 88 gektar yer maydoni mavjud boʻlib, joriy yilda 52 gektarida “Sulton” navli paxta, 25 gektarida esa “Antonina” navli bugʻdoy yetishtirildi. Xoʻjalikda 21 nafar ishchi mehnat qilib, tumanimizning qishloq xoʻjaligi rivojiga oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda. Bu yil paxtadan moʻl hosil toʻplashga erishilib, hosildorlik 34 tsentnerga yetkazildi va reja oshirib bajarilib, xirmonga 188 tonna “oq oltin” topshirildi.

Ish unumini oshirishda xoʻjalikdagi 1ta “Orion” rusumli surum, 2ta “MTZ – 80X” rusumli traktorlari, 1ta kombayn, 1ta ekskavator va LC – 100 lazerli yer tekislovchi texnikalardan foydalanilmoqda. Xoʻjalikda kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlaridan boʻshagan yer maydonlarni sifatli shudgorlashga kirishilib, shu paytga qadar 30 gektar yer maydonida surim ishlari yakunlandi. Suriladigan yer maydonlarga fosforli mineral oʻgʻitlarni ajratish, surimdan oldin berish hamda ushbu ishlarni toʻliq konturlarda amalga oshirishni taʼminlash, dala chetlari, simyogʻoch atroflarini shudgorlashga alohida eʼtibor berilmoqda.

Xoʻjalikning tajribali dehqonlari kuzgi shudgor muddatini toʻgʻri belgilash katta ahamiyatga ega boʻlgani sababli, bu ishlarni eng yuqori samara beradigan oktyabr-noyabr oylarda amalga oshirishga harakat qilishmoqda. Chunki, bu muddatlarda haydalgan yer dehqonchilik uchun muhim boʻlgan tuproqdagi nam zahirasini yaxshi saqlashga, yogʻin-sochindan unumli foydalanishga imkon beradi.

Fermer xoʻjalik hududida 25 gektar yer maydoniga ekilgan kuzgi bugʻdoy parvarishi ham eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq. Unib chiqqan bugʻdoy maysalarini oziqlantirish maqsadida gektariga 300 kg.dan mineral oʻgʻit berildi, 2-marta qondirib sugʻorildi. Buning natijasida nihollar rivoji yaxshilandi va kelasi yilgi moʻl hosildan darak berib, sovuq tushishidan oldin bachkilashga ulgurdi.

Xoʻjalikda 4 gektar yerda bogʻ ham barpo etilgan boʻlib, olma, nok, olxoʻri, uzum kabi 800 tupga yaqin mevali daraxtlar ayni paytda hosilga kira boshladi. Ushbu bogʻdagi mevali daraxtlar ham xoʻjalik ishchilari tomonidan parvarishlanib kelinmoqda. Ayni paytda ham ishchilar uyqu davriga kira boshlagan mevali daraxtlarning shoxlarini butab, shakl berishmoqda, tanasidan oʻsib chiqqan bachkilarini olib tashlashmoqda. Noyabr oyida daraxtlarga yaxob suvi berish juda foydali boʻlgani uchun bogʻ qator oralariga suv qaratishmoqda.

“Yergulobod” fermer xoʻjaligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bogʻ yaratish, obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda oqava suv kelishini yaxshilash maqsadida hududdagi ariqlar yovvoyi oʻt-oʻlanlardan tozalanmoqda. Ariqlar chetlariga tut koʻchatlari oʻtqazilmoqda. Shu paytga qadar 600 tupga yaqin tut koʻchatlari ekildi. Shuningdek, yana qoʻshimcha 1 gektar yer maydoni ajratilib, yangidan mevali daraxtlar koʻchatlari koʻchirilmoqda. Dala chetlariga shu paytga qadar oʻtqazilgan uzum koʻchatlari esa 150 tupdan oshdi. Bogʻ qator oralaridan 0,50 sotix yerga ekilgan toʻqsonbosti ekinlaridan piyoz va sarimsoq piyoz ham unib chiqa boshladi.

Xoʻjalik raisi Gulmurod Boboniyozov xoʻjalik ishchilari, tajribali dehqonlar bilan hamjihatlikda kelgusi dehqonchilik yilida paxta hosildorligini 50 tsentnerga, gʻallani esa 80 tsentnerga yetkazishni rejalashtirishgan. Shuningdek, bogʻdan ham moʻl hosil yetishtirib, oʻz xonadonlari va el dasturxonini toʻldirishni niyat qilishgan.

Dalalarda sifatli oʻtkazilgan kuzgi ishlar kelgusi yil hosiliga puxta zamin hozirlaydi. Buni tajribada koʻrgan “Yergulobod” fermer xoʻjaligi ishchilari ochiq ob-havoli kunlarni gʻanimat bilib, bor kuch-gʻayratini kuzgi ishlarni yakunlashga qaratishmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019