16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:31
Siyosat 👁 185

30-SONLI MAKTABDA “HILPIRAYVER, BAYROGʻIM!” NOMLI ADABIY-MUSIQIY TADBIR OʻTKAZILDI

30-SONLI MAKTABDA “HILPIRAYVER, BAYROGʻIM!” NOMLI ADABIY-MUSIQIY TADBIR OʻTKAZILDI

Bayroq har bir davlatning muqaddas ramzlaridan biri, xalqning gʻurur va iftixoridir. Shu bois, 18-noyabr – davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimizning barcha goʻshalarida keng nishonlanadi.

Ushbu sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 30-sonli maktabda ham “Hilpirayver, bayrogʻim!” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbirdan oldin maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umida Rahimboyeva 8-“v” sinfning maʼnaviyat soatida davlat ramzimiz boʻlmish bayrogʻimiz haqida davra suhbati oʻtkazib, oʻquvchilar bilan davlat ramzlari haqidagi tushunchalarini rivojlantiruvchi fikr almashuvlar tashkil etdi. Nazariy maʼlumotlar asosida ushbu tushunchalarni toʻliqtirdi. Shuningdek, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berib, bayrogʻimizni ulugʻlovchi taqdimotni namoyish etdi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar davlatimizning muqaddas ramzlari bilan bezatilgan maktab sahnasida oʻz iqtidorlarini namoyon etishdi. Xususan, Oʻzbekiston bayrogʻi qabul qilingan sana, oʻzbek davlatchiligi tarixi, olis oʻtmishda xalqparvar, vatanparvar ajdodlarimiz davlat bayrogʻini qanday asraganlari, bayroqning xalqni buyuk marralar sari ruhlantirishdagi beqiyos katta ahamiyati haqida maʼruzalar qilishdi. Chunonchi, ulugʻ janhongashta bobomiz Amir Temur davlatchiligi davridagi bayroq, undan oldin Jaloliddin Manguberdi bobomizni boshi uzra baland koʻtarib oʻz ona yurtini himoya qilishga undagan davlat bayroqlarining tarixiy ahamiyati xususida oʻzaro fikr almashdilar.

Tadbirda oʻquvchilar vatanparvarlik ruhidagi, shuningdek, bayrogʻimizni madh etuvchi sheʼrlardan namunalar aytishdi, milliy musiqalarga raqslar ijro etishdi.

Bundan tashqari, tadbir davomida “Bilimdonlik bahsi” ham oʻtkazilib, bunda bayroq boʻlakchalaridan yaxlit rasm hosil qilish, berilgan bayroq rasmlari qaysi davlatga tegishli ekanligi haqidagi oʻquvchilarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Bellashuvda oʻquvchilar oʻzlarining bilimlarini sinash bilan birgalikda jamoa boʻlib harakat qilish, oʻzaro doʻstona munosabat tuygʻularini ham rivojlantirdilar.

Bu kabi tadbirlar orqali oʻquvchilarga davlat ramzlari haqida kengroq tushuncha berish, bu ramzlarga nisbatan hurmat tuygʻusini oshirish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan.

Chunki davlat bayrogʻiga nisbatan hurmat – ona Vatanga, xalqimizga hurmat va ehtirom namunasidir. Buni sportda, ilm-fan, adabiyot va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan yoshlarimiz boshi uzra davlatimiz bayrogʻi koʻtarilgan lahzalarda chuqur his etamiz va qalblarimiz gʻurur va iftixorga toʻladi. Albatta, xalqaro maydonda davlatimiz ramzi – bayrogʻimizning hilpirashi jonajon Oʻzbekistonimizga nisbatan xayrixohlik va hurmat-eʼtiborning oshib borayotganidan dalolatdir.

Tadbir yakunida oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston bayrogʻini boshlari uzra baland koʻtarib, mustaqil Vatanimizga sodiq farzandlar boʻlishga, ona Vatanimizning yanada gullab-yashnashi uchun xizmat qilishga qodir insonlar boʻlib voyaga yetishga soʻz berdilar. Tadbir barchaga zavq-shavq, gʻurur bagʻishladi.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019