17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 08:38
Jamiyat 👁 217

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Yurtimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, jismoniy sogʻlom qilib tarbiyalash, ularni barcha sohalarda izchillik bilan tatbiq etilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ular ongiga Vatanga sodiqlik va kelajagi uchun daxldorlik hissini singdirish, qalbida yot gʻoya va qarashlarning salbiy taʼsiriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga hissa qoʻshish, ekstremizm va terrorizmning buzgʻunchi gʻoyalariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish juda muhim.

Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarininggina emas, keng jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkilotlarining ham vazifasidir.

Amudaryo televideniyesi buningdek ulugʻvor maqsad ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondi taʼsis etgan “Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” yoʻnalishidagi davlat granti tanlovida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Shu yilning 23-noyabrida voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning tungi vaqtlarda koʻngilochar maskanlarda ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurishlariga, oʻquvchilarning uzrli sabablarsiz dars qoldirishlariga yoʻl qoʻymaslik borasida yaxshi natijalarga erishayotgan tumandagi ovul – mahalla fuqarolar yigʻinlari tajribasini ommalashtirish maqsadida mazkur grant loyihasi doirasida Amudaryo telekanali ijodiy jamoasi Toʻlqin ovulida boʻldi.

Mazkur ovulda uchta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 3ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida voyaga yetmaganlarga taʼlim-tarbiya berilmoqda. Ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va davrimizga munosib boʻlib voyaga yetishlari yoʻlida taʼlim-tarbiya muassasalari fuqarolar yigʻini, profilaktika inspektori va Ichki ishlar boʻlimidagi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining voyaga yetmaganlar masalalari bilan shugʻullanuvchi hududiy inspektor-psixologi bilan hamkorlikda tizimli saʼy-harakatlar olib borishayapti. Natijada hududda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik, nazoratsiz bemahal koʻngilochar joylarda yurish holatlariga yoʻl qoʻyilmadi.

Oʻquvchilarning turli ijodiy tanlovlarda, bilimlar va sport bellashuvlarida yuqori natijalarni qayd etayotgani barchani quvontiradi. Maktablar oʻquvchilari orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichi gʻoliblari ham bor. Bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari yildan yilga oshmoqda. Erishilayotgan natijalarga qaramasdan voyaga yetmaganlar xulq-atvorini yetarli nazorat qilib, ularni qunt bilan oʻqib-oʻrganishga va salohiyatini rivojlantirishga ragʻbatlantirish juda muhim.

Bu haqda ovul fuqarolar yigʻini faollar zalida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ham batafsil soʻz yuritildi. Unda Amudaryo telekanali ijodiy xodimlari, fuqarolar yigʻini masʼullari, profilaktika inspektori, hudud inspektor-psixologi, ovul faollari, ota-onalar, yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni ovul xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotoyeva ochdi va olib bordi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan hudud inspektor psixologi Husniddin Safarboyev, 32-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xudoyor Xoʻjamurodov, ovul faollaridan Gulchehra Tillayeva, Dilbar Matyoqubova, Nabijon Yusupovlar soʻzga chiqdilar. Ular yosh avlod kamoli yoʻlidagi ovulda olib borilayotgan ishlarga keng toʻxtaldilar. Shuningdek, bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, ularning qiziqishlariga eʼtibor berib, qoʻshimcha oʻqishlari uchun kitoblar bilan taʼminlash zarurligini taʼkidladilar.

Tadbirda bu boradagi ishlarni yana ham jonlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026